Reja: Materiklar, qit’alar, orollar, yarimorollar haqida umumiy tushuncha


Shimoliy Amerika materigining regional tabiiy geografik o`lkalari



Download 394,69 Kb.
bet6/16
Sana15.06.2022
Hajmi394,69 Kb.
#674527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jahon geografiyasidan mustaqil ishlar.docxhayotjon

Shimoliy Amerika materigining regional tabiiy geografik o`lkalari.


Tabiiy geografik o‘lkalari. Shimoliy Amerika tabiatining xilma-xilligi uni ikkita yirik qismga bo‘lishga imkon beradi. Bular:
Sharq — tekislik o‘lkasi va G‘arb — Kordilyera tog‘li o‘lkasi. O‘z
navbatida, bu o‘lkalar ko‘pgina tabiiy geografik oblastlarga
ajratilgan. Quyida shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.
Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari (20- rasm). Alyaska
bir necha parallel joylashgan tog‘lardan tashkil topgan bo‘lib,
ular bir-biridan chuqur vodiylar bilan ajralib turadi. Materikning eng baland cho‘qqisi Denali (Mak-Kinli) (6 194 m) shu
yerda joylashgan. Alyaska yarimorolida va Aleut orollarida kuchli
zilzilalar bo‘lib turadi, o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar
bor. Bu tog‘lardan oltin, kumush, rangli metallar, neft va
toshko‘mir qazib olinadi. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘larining g‘arbiy sohilida iqlim dengiz iqlimi bo‘lganligidan yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ignabargli qalin o‘rmonlar o‘sadi.
Ichki yassi tog‘liklarda tog‘-tundra o‘simliklari rivojlangan. Tog‘
tundralarda shimol bug‘usi, qutb tulkisi, lemminglar yashaydi.
O‘rmonlarda los, grizli ayig‘i, puma, qoplon, tog‘ qo‘yi uchraydi
Kordilyera tog‘li o‘lkasida yana — Katta Havza (20- rasm)
va Kolorado platosi joylashgan. Ularning tabiat komplekslari
uncha baland bo‘lmagan tog‘ tizmalaridan, so‘ngan vulqon
konuslaridan va chuqur botiqlardan tarkib topgan. Tog‘lar orasida suvsiz cho‘ldan iborat eng chuqur Ajal vodiysi (–86 m)
joylashgan. Ajal vodiysi Shimoliy Amerikaning eng issiq va
yog‘in kam yog‘adigan rayonidir. Katta Havza bilan Kolorado
platosida cho‘l va chalacho‘llarga xos shuvoqlar, turli butalar,
sho‘ra o‘simliklari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan bizon, antilopa, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar yashay
Grenlandiya dunyodagi eng katta оrоl. Uning maydоni 2176 ming km. kv. Bundan 1800 ming km. kv. qismi yoki hududning 84% muzliklar bilan qоplangan. Quruqlikning muz bоsmagan qismlari asоsan janubi-g'arbiy, shimоliy va shimоliy-sharqiy qirg'оqlarida uchraydi.
Qirg'оqlarning tabiiy sharоiti deyarli hamma jоyda Arktikaning yuqоri geоgrafik kengliklaridagi kabi nihоyatda qattiq.
Muz qalqоni yaxlit massiv shaklida bо'lib yuzasi juda qiya, deyarli yassi va qirg'оqlardan оrоl markaziga tоmоn asta – sekin kо'tarila bоradi. Bu yerda muzning balandligi 3300 m ga yetadi. Muz qalqоni 67°30` shimоliy kenglikdan shimоlda va 66° shimоliy kenglikdan janubda jоylashgan va bir-biriga qо'shilib ketgan ikkita gumbazdan ibоrat. Muzning qalinligi 3,5 km, hajmi 2,7 mln. km. kv. Bu muzlik erisa dunyo оkeani sathi 7 m dan kо'prоq kо'tarilgan bо'lar edi.
Оrоlning sharqiy yarmi qadimgi burmali tоg'lardan ibоrat. Tоg'larning о'rtacha balandligi 2000 m dan baland, eng baland jоyi 3700 m G'arbda tоg'lar asta-sekin pasaya bоrib, muz qalqоnining tagida qоlib ketadi. Оrоlning markaziy qismlarida muzlikning tagi оkean sathi bilan barоbar, ba'zi jоylarda esa undan past.
Atmоsfera tsirkulyattsiyasining qulay bо'lishi va sоvuq Sharqiy Grenlandiya оqimi ta'siri tufayli muz qalqоni hоzir ham mavjud. Bundan tashqari muzlik inertsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Muzlik yuzasining nurni aks ettirish qоbiliyati kuchli bо'lganidan quyoshdan keladigan issiqlikning faqat 19% ni yutadi.
Arktika frоnti tsiklоnlarninig katta qismi hech qanday kuchli to’siqsiz оrоl ustiga о'tib keladi va antitsiklоnni xaydab yog'in оlib keladi. Muz qalqоni shu yog'inlar bilan to’yinadi. 68° shimоliy kenglikda muzlik markazida 300 m, chekkalarida 520 mm gacha yog'in yogadi. Bu yog'inlarning hammasi qоr bо'lib tushadi. AQSh Kordilerasi tog'lari. Kanada bilan AQSh chegarasidan janubida Kordilera tog'lari, asosan ichki platolar hamda yassi tog'liklar hisobiga 2,5 ming km gacha kengayadi, bu yerda tog'larning shakli va qisman, tizmalarning yo'nalishi ham o'zgaradi, iqlim bir oz quruq va iliq bo'ladi, tuproq hamda o'simliklarning yangi tiplari paydo bo'ladi.
Kordilera sistemasining ko'rib o'tilgan o'lkalaridan farq qilib, bu oblastda to'rtlamchi davr muzliklari uncha katta bo'lmagan. Faqat Kolumbiya platosining shimoliy qismlarigina Qoyali tog'lardan tushib kelgan tog' oldi muzliklari bilan qoplangan, ba'zi tog' tizmalarida tog' muzliklari bo'lgan, hozirda muzliklar hech bir yerda saqlanib qolmagan. O'lkaning katta qismi subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Janubga tomon iqlim iliq va qurg'oqchil bo'lib boradi. Tinch okean sohillarida yillik yog'in miqdori 6000 mm ga yetadi.
Katta Havzada qish sovuqroq keladi, shimoliy qismida sovuq ko'pincha tunda tushadi. Yog'in kam tushganidan faqat tog'lardagina qor qoplami vujudga keladi.
Kolorado platosi geologik jihatdan platformadan iborat bo'lib, uning chekka qismlarida vulqon jinslari qoplami keng tarqalgan.
Platoni Kolorado daryosi va uning irmoqlarining ko'pdan ko'p chuqur o'yib yuboradi.
Meksika tog'ligi Kordilera tog'liklarining Shimoliy Amerikadagi qismining eng chekka qismini tashkil etadi. Rel'efining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o'lkaning janubi-g'arbiy qismida aktiv vulqon harakatlari va zilzilalar bo'lib turadigan yosh burmali zonalar mavjud.
Bu zona janubdan Balsas daryosining cho'kmasi bilan ajralib turgan vulqonli Serra tog'larini o'z ichiga oladi. Hududning ancha qismida tabiatning rivojlanishi arid iqlim ta'sirida bo'lgan.



Download 394,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish