Friktsion mexanizm
U zatmada harakat bir valdan ikkinchi valga ish yuzalaridagi siqish kuchi natijasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi hisobiga o‘tkazilsa, bunday uzatmalar friksionuzatmalar deb ataladi.
4- rasm.
4-rasimni a) ko‘rsatilgan friksion uzatma yordamida parallel vallardagi harakatni uzatishda foydalaniladi. 4-rasimni b) Agar o‘zaro kesishuvchi vallarning biridan ikkinchisiga harakat uzatish lozim bo‘lsa, u holda, konussimon g‘ildiraklardan foydalaniladi.
Friksion uzatmalarning afzalliklari: tuzilishi oddiy, xarakat bir tekisda shovqinsiz uzatiladi; ishlash jarayonida uzatish sonini ma’lum chegarada uzgartirish mumkin; yuklanish chegaradan oshsa, ish yuzasida sirpanish hosil bulib, gildiraklarni sinishdan saqlaydi.
Egiluvchan zvenoli mexanizm
Hozirgi zamon texnikasida egiluvchan zvenolarni (arqonlar, tasmalar, zanjirlar, troslar va boshqalar) o’z ichiga oluvchi mexanizmlar ham ko’p ishlatiladi
Egiluvchan zvenoli mexanizmlar yordami bilan o’qlari yetakchi zveno o’qiga parallel va ayqashib o’tuvchi zvenolarga harakat uzatiladi. Bunday mexanizmlar to’qimachilik sanoatida, og’ir industrial sanoatda, qishloq xo’jalik mashinalarida va boshqa joylarda qo’llaniladi.
5-rasm.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fani fanining maqsad va vazifari nimadan iborat?
2. Mashina yoki mexanizmlarni yaratishda qaysi parametrlar asosiy omillardan hisoblanadi?
3. Mexanizmlar va mashinalar nazariyasida qanday ikkita muammo hal qilinadi?
4. Mexanizmlarning asosiy turlarini sanab bering.
5. Richagli mexanizmlarni ta’riflang
6. Kulachokli mexanizmlarning richagli mexanizmlardan farqi nimada?
7. Kulachokli mexanizmlarning necha turi mavjud?
8. Tishli g‘ildirakli mexanizmlarningtuzilishi va ishlash haqida ma’lumot bering.
Test:
1. Hozirgi vaqta mashinalarni nechta katta guruhga bo‘lish qabul qilingan.
A. Hozirgi vaqta mashinalarni 2ta katta guruhga bo‘lish qabul qilingan.
B. Hozirgi vaqta mashinalarni 3ta katta guruhga bo‘lish qabul qilingan.
C. Hozirgi vaqta mashinalarni 4ta katta guruhga bo‘lish qabul qilingan. D.Hozirgi vaqta mashinalarni 6ta katta guruhga bo‘lish qabul qilingan.
2. Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi.
A. Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra sharnir-richagli, tishli, friksion, vintli va kulachokli turlarga bo‘linadi.
B. Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra sharnir-richagli, tishli, friksion, vintli va turlarga bo‘linadi.
C. Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra sharnir-richagli, tishli va kulachokli turlarga bo‘linadi.
D. Mexanizmlar tuzilishiga ko‘ra sharnir-richagli, tishli, vintli va kulachokli turlarga bo‘linadi.
3. Richag - turli harakatarni qanday masofada uzatish uchun xizmatt qiluvchi tegishli uzunlikdagi detal.
A.Richag - turli harakatarni ma’lum masofada uzatish uchun xizmatt qiluvchi tegishli uzunlikdagi detal.
B. Richag - turli harakatarni kichik, o’rta masofada uzatish uchun xizmatt tegishli uzunlikdagi detal.
C.Richag - turli harakatarni o’rta, uzoq masofada uzatish uchun xizmatt tegishli uzunlikdagi detal.
D. Richag - turli harakatarni qisqa, o’rta masofada uzatish uchun xizmatt tegishli uzunlikdagi detal.
4. Richag - qanday shakldagi detal.
A.To‘g‘ri, egri shakldagi detal.
B.To’g’ri , aylana shakldagi detal.
C.Egri , aylana shakldagi detal.
D. To’gri,egri ,aylana shakldagi detal.
5.Rasimda qaysi son bilan tekis tolkatel ko’satilgan.A-3.B-1,2.C-1,2.D-2,3.
Do'stlaringiz bilan baham: |