11-mavzu.Mashina,mexanizm elementlari va turlari.
Reja:
1. Mashina tushinchasi.
2. Mashina elementlari.
3. Mashinalarning asosiy detallari.
4. Vintli mexanizm.
Hozirgi vaqta mashinalarni ikkita katta guruhga bo‘lish qabul qilingan. Bular mashina qurollar va mashina dvigatellardir. O‘z navbatida, mashina-qurollar ichida texnologik mashinalar, transpor mashinalari va tashuvchi mashinalar va elektromashinalar bo’ladi.
Mashinalar klassifikatsiyasi va konstruksiyasi turlicha bo‘lgan mashinalar qanchalik turli-tuman bo‘lmasin, ular umumiy jihatlarga ega .
Har birv mashina ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun yaratiladi,buning natijasida talab etilgan sifatida mahsulot olishi kerak.Shuning uchun mashina xizmat vazifasining tarkibida,avvalambor,ishlab chiqarishikerak bo’lgan mahsulot to’g’risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak:ko’rinishi,sifati va soni.
Mashinaning xizmat vazifasiga,talab etilgan sifati va soni mahsulot chiqarish uchun va mashina ishlash uchun kerak bo’lgan sharoyit nomlari kiritilishi kerak. Mashinaning ishlash sharoiti mahsulot tayyorlash texnologok jarayonining tavsifidan olinadi,bularga kompleks ko’rsatkichlar,ruxsat etilgan og’ishlari bilan boshlang’ich mahsulot sifatini tasiflovch,qabul etiluvchi energiyasi,mashinaning ish rejimlari va tashqi muhit holatlari kiradi.
Mashinaning xizmat vazifasi tasifining tuzilish qismiga iqtisodiy tejamkorligiga qo’yilgan talab,ishonchligi va mashinang unumdorligi kiritiladi. Mashinaning talab etilgan unumdorligi mahsulot tayyorlash texnologik jarayni yaratilishi va texnik – iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi.Bundan tashqari, mashinaning xizmat vazifasi tasifiga qo’shimcha talablar kiritiladi.Ular mashina loyixalash va tayyorlashda hisobga olinadi:tashqi ko’rinish, ishlash xavfsizligi, qulayligi va xizmat ko’rsatish va boshqarish soddaligi,shovqin darajasi,foydali ish koeffitsiyenti va boshqalar. Mashinaning boshlang’ich xizmat vazifasi buyurtmachi tomonidan tavsiflangan bo’ladi.Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoniyaratilishi natijasida va mashinani loixalash uchun buyurtma berilganda xizmat vazifasi batafsil aniqlashtiriladi.
Konstruktor uchun mashina xizmat vazifasining tavsifi boshlangich hujat tariqasida xizmat qiladi. Loyixalash oxirida ular tomonidan mashina chizmasiga ilava qilinadi. Yoki jadvallarni tuzish stanokning bosh prinsipini aniqlash, harakat manbaining ish organlari holatini aniqlash, harakat ketma-ketligini aniqlash, kinematik sxemalarning shartli belgilaridan foydalanib harakat manbai yoki yetakchi valning oraliq vallarning yetaklanuvchi vallarning nisbiy joylashuvini, ularning bog‘lanishini hamda ishlashini hisobga olgan holda ko‘rsatib berish, mexanizmlardagi mavjud uzatmalar asosida vallar orasidagi grafik bog‘lanishni ko‘rsatib berish, mashina korpusini konturini berishni talab etadi.
Sanoatda, turmushda har xil mexanizm va yig‘ilish birikmalaridan iborat bo‘lgan turli-tuman mashinalar ishlatiladi. Mexanizm va uzellar ko‘pincha xossalari har xil bo‘lgan mayda hamda yirik detallardan tuzilgan komplekslardan iborat bo‘ladi.
Mashina o’zaro birgalikda ishlaydigan qismlardan iborat bo‘lgan va energiyani, material yoki informatsiyani o‘zgartirish uchun muayyan maqsadga muofiq harakatlarni amalga oshiradigan mexanik qurilmadir. Bajariladigan ishlarga ko‘ra mashinalarni mashina dvigatellariga, mashina qurollariga, tashish mashinalariga va yangi klass hisoblangan boshqa mashinalarga ajratish mumkin.
Mashinalar dvigatellari-issiqlik, elektr va boshqa har qanday energiyani mexanik ishga aylantirishga xizmat qiladi. Ularga bug‘ mashinalari, gidrodvigatellar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar kiradi.
Mashina generatorlar-maxanik energiyani boshqa energiyaga aylantiradi. Ular jumlasiga kompressorlar, dinamomashinalar va boshqalar kiradi.
Mashina qurollar-texnologik operatsiyalarni, ya’ni turli materiallarga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash operatsiyalarini bajarish, har xil buyumlar, mashina qismlari va boshqalarni tayyorlashda mashina dvigatellarini mexanik ishdan foydalanadigan mashinalardir. Mashina qurollarga avtomatik liniyalar, tokarlik va randalash stanoklari, presslar kiradi.
Tashish mashinalar- ko‘prik kranlar, avtokranlar, konveyerlar, turi buyumlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish uchun xizmat qiladigan mashinalardir.
Mashina dvigatellar – uzatish mexanizmlari va mashina qurollari birgalikda mashina agregatini hosil qiladi.
Boshqarish mashinalari-murakkab agregatlarni, sistemalarni yoki tarkibida bitta yoki bir nechta hisoblash qurilmalari yoxud elektron hisoblash mashinalari bo‘lgan o‘zaro bog‘liq obyektlar majmuini boshqarish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan komplekslardan iborat.
Detal-yig‘ish operasiyalaridan foydalanishda yaxlit materiallardan yasalgan buyumlar hosil qilinqdi. Oddiy mayda buyumlar ham (masalan, vint, gayka, shayba) murakkab shakllari yirik buyumlar ham masalan, stanina, dvigatel korpusi, turbina va shunga o‘xshashlar detal hisoblanadi.
Mexanizm-berilgan kuchlar ta’sirida maqsadga muvofiq harakatlanadigan ko‘zlanuvchan qilib biriktirilgan qismlar mexanizmlar deb ataladi.
Mashina elementlari. Odamlar mehnatini yengilashtirish, uning unumi va sifatini oshirish maqsadida turli mehnat harakatlari har xil mashinalardan foydalanilgan holda bajariladi. Mashinalar mehnat harakatlari bajaradigan qurilmalardir. Ular mehnat harakatlarini odamlarga nisbatan tez va katta quvvat bilan uzluksiz ravishda ko‘p vaqt davomida bajaradilar. Mashinalar quvvat bilan ta’minlovchi va har xil quvvatlarni bir turdan boshqa turga almashtirishga xizmat qiladi.
Bular dvigatel, motor yoki quvvat manbai deb ataladi. Ularga elektr quvvatini aylanma harakatdan iborat mexanik quvvatga va aksincha qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa yoqilg‘ilardan yoqishda hosil bo‘ladigan issiqlik quvvatini to‘g‘ri yoki egri chiziqli harakatga aylantirishdan iborat. Mexanik quvvatni suv oqimi, uning yuqoridan pastga tushishi, shamol va turli bosim kuchlari hosil qiladi va kerakli elektr quvvatga aylantiradi. Kimyoviy ta’sirlar jarayonida hosil bo‘ladigan quvvatning elektr, issiqlik yoki mexanik quvvatga: purjina, rezina va boshqa jismdagi elastik kuchi hosil qiladigan quvvatni boshqa turdagi almashtiruvchi va shu kabi ishlar kiradi. Bunday mashinalar hamma turdagi ishchi mashinalarni harakatlanishi uchun quvvat hosil qiluvchi asosiy qismi hisoblanadi. Ishchi mashinalar o‘zlariga yetkazib beriladigan quvvatlar hisobiga har xil mehnat harakatlarini bajarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |