Reja: Maromlar haqida tushuncha



Download 23,2 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2022
Hajmi23,2 Kb.
#509030
  1   2
Bog'liq
Biologik maromlar


Maromlar haqida tushuncha
Reja:

  1. Maromlar haqida tushuncha

  2. Tashqi ekzogen maromlar

  3. Fotoperiodizm

Yer yuzudagi iqlimning asosiy tiplari va ularning bir – birlari bilan bog’liqligi yer bilan quyoshning turushi, ta’siri asosida kelib chiqadi.Ularning bog’liq holda joylashishida materiklar joylashishiga ta’siri va okeanlar, shamol va dengiz oqimlarining hosil bo’lishi, ulardagi tirik organizmlarning rivojlanishi, o’zgarishi va taqsimlanashi yuzaga keladi.
Yer yuzuning u yoki bu hududining iqlimini issiq, sovuq, quruq deb tavsiflash mumkin.Lekin har bir hudud iqlimining davriy o’zgarishlari, astronomik davriy voqeliklar natijasida, ya’ni yerning o’z o’qi atrofida aylanishidan bir kunlik muhit sharoiti yuzaga keladi.Oyning Yer atrofida aylanishi dengiz suvlarining ko’tarilishi yoki pasayishi, Yerning quyosh atrofida aylanishi yil davomida vaqt, fasllar almashinishini keltirib chiqaradi.Oy har 26,5 kunda to’lib, yangi fazaga o’tadi.Qadimgi xalqlar tuproqning har xilligi, hosilning mo’l bo’lishi, hayvonlarning yaxshi ko’payishi, ular sonining ortishi, insonlarning tug’ulishi, oyning fazoda turush holati bilan ifodalangan.
Organizmlarda bo’lib o’tadigan maromlar, asosan, yil davomida yorug’lik va harorat, kun va tunning almashinuvida namlik o’zgarishlari bilan bog’liq.Shunga qaramasdan, har bir hayvonda bo’lib o’tadigan o’ziga xos va uning ichki (endogen) maromlari ancha murakkabdir.Shunday ritimlarning ayrimlari oyning harakati bilan, ayniqsa, dengiz to’lqinlarning ko’tarilishi va pasayishi bilan bog’liqdir.Dengiz hayvonlari suvning ko’tarilib yoki pasayib turushiga moslashgan.
Yer yuzudagi o’simlik va hayvonlarning hayot – faoliyatida harorat, yorug’lik, namlik, bosim, magnit maydoni, shamol va boshqa ekologik omillar muhim ahamiyatga ega.Ularning fasllar bo’yicha o’zgarishi Yerning quyosh atrofida aylanishida kelib chiqadi.Ekologik omillar, geografik hududlar va ularning iqlimi fasllar bo’yicha o’zgaradi.
Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kunduz va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar  quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi  oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.
Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.
Bioritm organizmning vaqtni seza bilishi bo’lib, bu holat “biologik soat” deb aytiladi. Organizm kunlik o’zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha marakkab giofizik o’zgarishlarga ham oriyentirovka qilinadi.
Fotoperiodizm. Yerning quyosh attofida harakat qilishida yorug’likning qonuniy, davriy o’zgarishi hamda uning natijasida yil davomida kun va tunning uzunligi kelib chiqadi. Yorug’likning bunday o’zgarishlarini o’simliklar ko’pchilik hayvonlar juda tez sezadi va kun davomidagi yorug’lik harakati, o’zgarish vaqtini o’zlaricha “o’lchaydi”. Organizmlarning kun va tun uzunligini sezishi, qabul qilishi va ularning o’zgarishi fotoperiodizm (yorug’lik davri) deb ataladi.
Kunning uzunligini aniqlaydigan va o’simliklarning gullash davrida o’tishu uchun zarur bo’lgan fotiperiodik reaksiyaga bog’liq holda o’simliklar 3 ta guruhga bo’linadi:
1. Qisqa kunli 2. uzun kunli 3. fotodavrga neytral (befarq) o’simliklar
O’simliklarda ko’p biomassa- organik moddalar uzoq yorug’lik kunlarida hosil bo’ladi. Bunday kunlar Moskva atrofida 17 soat, Arxangelsk kengliklarida 20 soatdan ham ortiq, O’rta Osiyo yozining eng yorug’ kunlari 14-15 soatdan ortmaydi.
O’simlik urug’larining tinchlik davrini to’xtatib, unish, o’sish boshlanishi bo’yicha ular 3 turga bo’linadi: tabiiy, majburiy va indutsiranli tinchlik davrlarini o’tadi.
Ayrim hollarda uzoq qizil (736 nm) va yaqin qizil (660 nm) nurlar ta’sirida ham urug’lar tinchlik davriga o’tishi mumkin. Qizil nurlar daraxt va o’simliklar yaproqlari oralaridan o’tib, tuproq ustiga, urug’larga ta’sir qiladi. Yaproqlar tushib, yer beyiga nurlar ko’p va to’g’ri tushgandan keyingina urug’lar tinchlikdan chiqadi, unish va o’sish boshlanadi.
Hayvonlarda ham o’simliklardagi kabi tashqi muhit ta’siriga javoban “tinchlik davri” ni o’tadi. Hayvonlarda noqulay sharoit yuzaga kelganda quyidagicha moslashishi:
Hayvonlarning qulay sharoit paydo bo’lishini tezda sezishi;
Noqulay sharoit yuzaga kelganda uyquga ketishlari orqali bo’ladi.
Ko’pchilik sut emuzuvchi hayvonlar yashash sharoiti yomonlashishi bilan ma’lum tayyorlanish fazalarini o’tadi. Uxlash davrida ular tanasi ancha “turg’unlik” ka ega bo’ladi, ya’ni tana harorati pasayishi bilan modda almashinishi, nafas olish, moddalar sintez qilishi, sekinlashishi va umumiy energiya tejalishi kuzatiladi.
Tabiatdagi organizmlarda chegaralangan tinchlik davri, chuqur va majburiy tinchlik davrlari ma’lum, ya’ni o’simliklar mevalari, yer osti tuganaklari (kartoshka) kuzda yuqoro issiqlik bo’lsa- da ko’karmaydi; chuqur tinchlik davri o’simliklarning sovuqqa chidamlligi bo’lsa, majburiy uzoq qish, qalin qor ularning o’sishini to’xtatib turadi. Bu evolutsion rivojlanish va muhitga moslashish yo’lidir.
Atrof-muhitdagi turli xil o’simlik va hayvohlarni bir –biridan farqlash va aniqlashning kaliti – ularning turli iqlim sharoitlardagi hayotiy formalari bo’yicha ajratishdan iboratdir. Jumladan, o’simliklar klimaksida cho’l bioiqlimlari – cho’l boshoqdoshlar guruhlari va shu boshoqdoshlar boshqa iqlim klimakslarida ham uchraydi, ya’ni dasht hududida o’t o’simliklar asta –sekin o’rmon daraxtlari bilan almashadi. O’simlik, hayvonlarning morfologik ko’rinishlari, muhitga eko –fiziologik moslashishlari evolutsion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan va bu morfologik moslashish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning tashqi tuzulishlari turlarning yashab qolishi rivojlanishiga imkon bergan.Suv muhiti tirik organizmlarning tana tuzulishlari, uning harakat qilishiga moslashgan. Suv hayvonlarning formalari suvda tez harakat qilishiga, suvning pastki va yuza qatlamlariga tushib – chiqib turushiga (plankton organizmlar) moslashgan.

Tirik tabiatning muhini xususiyatlaridan biri ..unda sodir bo‘lib turuvchi jarayonlarning uzluksizligi yoki izchilligidir. Barcha tirik organizmlar hayoti(hujayradan tortib biosferagacha) 


malum bir tartibda sodir bo‘lib turadi. Barcha o‘simlik va hayvonlarda uzoq tabiiy tanlanish natijasida anatomo-morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlar va belgilar vujudga keladi hamda shular orqali ular muaan sharoitga moslashadi.Har bir tur yil va yil fasllari davomida o‘z hayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb. organizmlar hayotining yil davomida qafiy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek. maTum vaqt oralig‘ida qanaydir bir jarayon yoki hodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tishi hamda qayta tiklanishi tushuniladi.
Marom materiya harakatining umumiy hususiyatlaridan bin bo‘lib, dunyo uning qonunlari asosida mavjud. Biologik marom esa bir-birini inkor qiluvchi ikki o‘zaro dialektik bog‘lanishdagi hayot jarayonining, ya"ni tiklanish va yemirilishlardan iborat hayotiy jarayonlarning bir maromda borishi va o‘zqo‘zidan qayta tiklanishiin ta"minlashni ifodalaydi. Maromlar odatda ikki xil, ya"ni ichki va tashqi maromlardan iborat.
Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega va ular organizmdagi endogen fiziologik jarayonlarda kuzatiladigan maromlardir. Nafas olish. yurakning urishi, tana harakati kabilar asosida bir necha maromiy jarayonlar yotadi. Organizmdagi har qanday funksiya maromiy xarakterga ega bo‘ladi. DNK. va RNK. ning sintezi, oqsil sintezi, hujayra organoidlarining ish faoliyati, hujayraning bo‘linishi kabilar va Jiokazo.
Tashqi maromlar Yeming Quyosh atrofida aylanishi va yer bilan Oy o‘rtasidagi bog‘lanishlar natijasida saoradagi ko‘pchilik ekologik omillar qonuniy ravishda o‘zgaradi. Organizmlaming hayot faoliyatidagi qator o‘zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy o‘zgarishlar bilan bog‘langan bo‘lib, moslanish xarakteridagi biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha-kunduz davomida sutkalik suvning ko‘tarilishi va pasayishi, shuningdek. bir oyiik va bir yillik maromlardir.Odamlar va yuksak tuzilishdagi hayvonlarda faollik va tinim. tetiklik va uyqu holatlari asosiy sutkali marom hisoblanadi. Odamda 100 dan ortiq sutkali o‘zgarishlar bilan bog‘langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va uyqu davrining almashinishi kunduzgi 
Фaol va tungi faol turlarmng ajralishiga sabab bo‘Iadi. Kunduzi faol hayot kechiradigan hayvonlar bo‘lib uy tovuqlari, chumchuqsimonlaming ko‘pchilik vakillari, yumronqoziqlar. chumolilar, ninachilar va boshqalar hisoblansa, tunda esa ko‘rshapalaklar. tipratikanlar, boyo‘g‘li. yowoyi cho‘chqalar, mushuksimonlaming vakillari, baqalar. suvaraklar va boshqalar faol bo‘ladi.Sutkali maromlar har xil omillarga sezilarli o‘zgarishi mumkin. Kunning birinchi yarmida odam organizmining sovuq haroratga sezgirligining ortishi, kunning ikkinchi yarmida esa yuqori haroratga ortishi aniqlangan. Cho‘lda yashovchi eshakqurtlar yoki qora dog‘li qo‘ng‘izlarning faolligi tuproq yuzasida harorat va namlikning o‘zgarishiga qarab surilishi mumkin.
Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ulaming gullari bir kecha-kunduz davomida davriy ravishda ochilib yopiladi. Bunday o‘simliklarga qarab vaqtni
aniqlash mumkin. Shuning uchun ham ular «biologik soatlar» deyiladi. ertalab qoqio‘t, bo‘ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin sachratki, na"matakning gullari ochiladi. Kechga tomon 
xushbo‘y tamaki, nomozshomgullar ochilib, changlatuvchi hashorotlami o‘ziga jalb etadi. KTinney turli o‘simliklaming gullashiga asoslanib flora soatini yaratdi.
Dengiz va okeanlarda suvning ko‘tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta hamda oyning boshi va oxirida kuzatiladi. Ushbu maromlarga qirg‘oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan. Molyuskalar suvning pasayishi vaqtida pallalarini yopib oladi. Aterina deb atalgan baliq rivojlanishi davrida oy davomidagi suvning eng yuqori ko‘tarilib tushishidan foydalanadi. Suvning ko‘tarilishi kuzatilishi vaqtida o‘rg‘ochisi qum ostiga uvildirig‘ini qo‘yib, oradan 15 kun o‘tgandan so‘ng ulardan yosh baliqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko‘tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi.
Biz oyga teng bo‘lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. Yorug‘likga javob rcaksiyasi. Kuchsiz magnit maydonita'sirida yoki mo‘lal olish tezligi kabilaming hayvonlarda oylik marom bilan bog‘liqligi aniqlangan.
Yillik maromlar.
Ular organizmlaming umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, respublikamiz viloyatlanda yillik harorat maromiga ko‘ra organizmlaming rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fcnologik hodisalar ro‘y beradi, yer yuzasidan qorlar erib, bahor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o‘rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o‘tlar, o‘simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi. Yoz o‘rtalarida harorat noqulay bo‘ladi, daraxtlar va boshqa ko‘pchilik o‘simliklarnin o‘sishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi, qushlaming ko‘payish davri tugaydi.
Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko‘pchilik o‘simliklarning meva va urug‘Iari pishadi, to‘qimalarida ozuqa moddalar to‘planadi. Shunday qilib, qishga taorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog‘ochlanadi. Qushlar galalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga hozirlana boshlaydi. o‘similklarda xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hashorotlar va umurtqasiz hayvonlar uchramay qoladi.
Sovuq boshlanishidan awal tana haroratini boshqara olmaydigan organizmlar tinim holatiga o‘tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarning qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi. Qushlar pat chiqaradi. Qishda yetarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar, ko‘rshapalaklar, kemiruvchilarning ko‘pchilik vakillari, bo‘rsiqlar, ayiqlar uyg‘uga keladi.

Download 23,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish