Termiz Davlat Universiteti Milliy Libos va San’at fakulteti Rang tasvir (dasgohli) yo’nalishi
1-kurs 121-guruh talabasi Xolboyeva Shahloning Falsafa
fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Fan o’qituvchisi: Shoimov Alisher.
Reja: 1. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalari 2 Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi
Mavzu:Allomalar din to’g’risida .”Islom nurli ma’rifat dini”
Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosidataraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom diniArabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviyqabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha anchaustun bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdanrivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir
ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro vaBahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlami eslash kifoyadir. Ulaming nomlaributun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikkaerishilgach, O'zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilikdavrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlamingnomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoyaxayrli siyosat olib bormoqda.
Imom al-Buxoriydan islom olamida juda qadrlanadigan «Al-jome’ as- sahih», «At-tarix» nomli asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom al-Buxoriy butun umrini hadislar to‘plashga va ishonchlilarini ajratishga sarflagan. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to‘plagan olim va uning shoh asarlari «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad» kabilar hisoblanadi. Imom al-Buxoriyning xalqimiz madaniy hayoti tarixidagi xizmatlari shundan iboratki, u faqat hadislar to‘plash bilan cheklanib qolmagan, balki o‘z davrida odamlar orasida mehr-muhabbat, saxiylik, ochiqqo‘llik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptirishga oid yo‘l-yo‘riqlar va o‘gitlar ham ishlab chiqqan.1998 yil 1 sentabrda buyuk alloma tavalludining 1225 yilligi keng nishonlanishi va unga bag‘ishlangan majmuaning yaratilishi bejiz emas. Imom al-Buxoriy merosi islom niqobida yuruvchi g‘araz niyatli kimsalardan xalqimiz ma’naviyatini qalqon misoli himoyalaydi, mustaqilligimizni mustahkamlashga, yosh avlodni ajdodlarimizning ibratli hayoti ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqlihissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida engnufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibnIsmoil al-Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu IsoMuhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud SulaymonSijistoniy (817-880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830-915), Imom Abu AbdullohMuhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-886) kabi siymolardir. Bu olti allomaichida hadis ilmida amir al-mo’miniyn degan sharafli nomga sazovor bolganImom al-Buxoriyalohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |