Reja: Ma’rifatchilik va konstitutsiya uchun harakatning paydo bo‘lishi. «Yangi usmoniylar»



Download 3,71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.01.2023
Hajmi3,71 Mb.
#902134
Bog'liq
Ma\'rufxonov B YANGI USMONIYLAR JAMIYATI VA ULARNING FAOLIYATI



YANGI
USMONIYLAR
JAMIYATI VA
ULARNING
FAOLIYATI
Jabborov Alisher


Reja:
Ma’rifatchilik va konstitutsiya uchun harakatning paydo bo‘lishi.
«Yangi usmoniylar».
«Yosh turklar» to‘ntarishi va «Midxat konstitutsiyasi». 


Mamlakatda feodal qoldiqlarning saqlanib qolayotganligiga qaramasdan burjua
munosabatlari ham rivojlana boshlagan, bozor munosabatlari aholining ko‘plab
qatlamini qamrab olayotgan edi. Ammo burjua munosabatlarining jadal
rivojlanishi uchun feodal qoldiqlar, sanoatni egallab olgan chet el kapitali,
komprador burjuaziya to‘siq bo‘layotgan edi. 1870-yillari jamiyatning ilg‘or
qatlamlari orasida mavjud holatga qarshi norozilik kayfiyati shakllana boshladi.
Kelib chiqishi feodal bo‘lsada, g‘oyasi burjuacha bo‘lgan ziyolilar bu
norozilikning ifodachilari bo‘ldilar. Mahmud II islohotlari va tanzimat
dunyoviy ta’limga, siyosiy va madaniy hayotning rivojlanishiga, 1860-yillari
turk adabiyoti va publisistikasining paydo bo‘lishiga yo‘l ochdi. 


Shakllanayotgan yangi turk adabiyotining ko‘zga ko‘ringan
vakillari – Ibrohim Shinasi, Namiq Kemal, Ziyo-bey va boshqalar
birinchi turk ma’rifatparvarlari bo‘ldilar. Ular «Usmoniylar
ma’rifat jamiyati» va «Kitobsevarlar jamiyati»ni tashkil qildilar.
Bu ma’rifatchilik tashkilotlari, shuningdek, Ibrohim Shinasi
tashkil qilgan «Tasvar iefkyar» («G‘oyalar ifodachisi») gazetasi
jamiyatni yangi g‘oyalar va tushunchalar bilan tanishtirdi. Bu
jumladan, turk adabiy tilida «vatan», «millat», «vatanparvarlik»,
«inqilob» kabi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishida ham aks etdi.
Umuman olganda, bu o‘zgarishlar turk aholisidan burjua
millatining shakllanish jarayoni boshlanganidan, milliy ongning
o‘sganligidan dalolat beradi
Ibrohim Shinasi
Namiq Kemal


1865 yili Istambulda maxfiy siyosiy tashkilot tuzilib, o‘z oldiga Turkiyada
konstitusion tuzum joriy qilinishiga erishishni maqsad qilib qo‘yadi.
Tashkilot 250 ga yaqin a’zoga ega bo‘lib, ularning orasida dramaturg Namiq
Kemal hamda boshqa yozuvchi va jurnalistlar vakillari bilan bir qatorda
amaldorlar, ofiserlar va savdo burjuaziyasi vakillari ham bor edi. Tashkilot
a’zolari o‘zlarini «yangi usmoniylar» deb atadilar. Yevropada bu tashkilot
«Yosh Turkiya», uning ishtirokchilari – «yosh turklar» nomini oldilar. 


«Yosh turklar» sulton
Abdul Azizni
konstitutsiya qabul
qilishga ishontirish
yoki majbur qilish
umidida edilar. 1865
yili ular
tashkillashtirgan fitna
tez orada fosh qilindi.
«Yosh turklar»ning bir
qismi qamoqqa olindi,
ba’zilari chet elga
qochib ketdi. Ularga
xayrixoh bo‘lganlar
ham ta’qib va
qatag‘onga uchradilar.


1870-yillarga kelib usmoniylar hukumatining navbatdagi
islohotchilik kursi ham puchga chiqqanligi aniq bo‘lib
qoldi. Barcha harakatlarga qaramasdan XIX asrning
oxirgi choragiga kelib Turkiya yarim mustamlaka, chet
el kapitaliga qaram mamlakatga aylangan edi. Agar
Fransiya-Prussiya urushigacha Turkiya asosan Angliya
va Fransiya nazorati ostida bo‘lsa, endi Usmoniylar
merosi masalasiga Germaniya bilan Avstro-Vengriya
ham qo‘shildi.
Inqiroz ayniqsa Bolqon yarimorolida, uning turklar qo‘l
ostidagi viloyatlarida keskin namoyon bo‘ldi. Bu
yerlarda milliy-ozodlik harakatlari ancha kuchli edi.
1875 yil yozda Gersegovinada, keyin esa Bosniyada
xalq qo‘zg‘oloni boshlanib ketdi. Turkiya hukumati jazo
otryadlarini jo‘natib, bu yerda qirg‘in uyushtirdi.
Qo‘zg‘olonni bostirish uchun ketgan xarajat moliyaviy
inqirozga olib keldi: 1875 yil oktyabrda hukumat
moliyaviy bankrotlik e’lon qildi. Usmoniylar hukumati
mamlakatda o‘sib borayotgan xalq noroziligini
musulmon fanatizmi o‘zaniga yo‘naltirishga harakat
qildi va xristian aholini qirg‘in qilish uchun ig‘vo
uyushtirdi. Tartibsizliklar chog‘ida Salonikida fransuz va
nemis konsullari o‘ldirildi.


Qo‘zg‘olon, qirg‘inlar va Salonikidagi
voqealardan G‘arb davlatlari
Usmoniylar imperiyasiga navbatdagi
bosim o‘tkazish maqsadida
foydalandilar. 1856 yilgi Parij traktatini
imzolagan davlatlar 1876 yil yanvarda
Turkiyadan Bosniya va Gersegovinada
zudlik bilan islohot o‘tkazishni talab
qildilar. Sulton hukumati bu talabni
qondirishga rozilik bildirdi. Ammo
davlatlarning da’volari chuqurlashib
bordi. Natijada vujudga kelgan sharoit
faqat Usmoniylar imperiyasida ichki
inqiroz emas, xalqaro inqirozni ham
keltirib chiqardi.


1871 yili sulton Abdul Azizning bosh vaziri 

Maxmud Nadim posho «yosh turklar»ning 
avf etilishiga erishdi. Aslida bu 
chalg‘ituvchi fitna bo‘lib, «yosh turklar»ni 
chet ellardan qaytarish va ular ustidan 
nazorat o‘rnatish uchun o‘ylab topilgan edi.
1873 yili jamiyat legal holatga o‘tishi bilan 
yana tor-mor qilindi, Namiq Kemal va 
boshqa a’zolari qamoqqa olindi.
Maxmud Nadim posho 


1876 yili mayda yosh turklar yana faollashib 
qoldilar. Ular murojaat e’lon qilib, vakillar 
palatasini yig‘ish va Abdul Azizni boshqa 
sulton bilan almashtirishga chaqirdilar. Bundan 
bir qator boy doiralarning vakillari ham 
manfaatdor edilar va ular o‘z tomoniga davlat 
arboblaridan biri – Midxat poshoni og‘dirishga 
erishdilar. Midxat posho liberal pomeshchiklar 
va shakllanayotgan burjuaziya manfaatlarini 
ifoda etardi. U Usmoniylar imperiyasini saqlab 
qolish uchun chuqur islohotlar o‘tkazish 
zarurligini tan olardi va xalq ommasiga 
nisbatan terrorni keng qo‘llashga ham tayyor 
edi.
Midxat posho 


1876 yil 22 mayda Istambulda juda katta
namoyish boshlandi. Unda musulmon diniy
maktablarining o‘quvchilari, savdogarlar,
hunarmandlar va shahar kambag‘allari qatnashdi.
Sulton saroyi oldida 40 mingdan ziyod
namoyishchilar yig‘ildi va ular talabi ostida
sulton buyuk vazir Nadim posho va bir qator
hukumat a’zolarini almashtirishga majbur bo‘ldi.
Yangi hukumat tarkibiga Midxat posho ham kirdi.
Xalq harakatining ko‘lami faqat sultonni emas,
«yosh turklar»ning o‘zlarini ham qo‘rqitib
yubordi. Xalqning yangi inqilobiy chiqishlari
oldini olish maqsadida «yosh turk»lar saroy
to‘ntarishi taktikasini qo‘lladi.


1876 yil 30 may kechasi Abdul Aziz taxtdan ag‘darildi va 
keyin o‘zini o‘zi o‘ldirdi deb e’lon qilindi. Bir oz vaqt taxtda 
Midxat poshoning odami hisoblangan ruhiy kasalmand 
Murod V o‘tirdi. Keyin yangi kelishuvga erishildi: taxtga boy 
feodallar va ruhoniylarga ma’qul bo‘lgan Abdul Hamid keldi
Midxat posho esa buyuk vazir lavozimini egalladi va 
bo‘lg‘usi konstitutsiya loyihasini tayyorlashga ruxsat oldi. 
Yosh turklarga bunday yon berish imperiyaning og‘ir
ahvolidan kelib chiqqan edi. Sulton Abdul Hamid ham shu
sababli konstitutsiyani qabul qilishga majbur bo‘ldi.


1876 yil 23 dekabrda qabul qilingan «Midxat konstitutsiyasi» Turkiyani konstitusion monarxiya deb e’lon qildi. U
ikki palatali parlament tuzilishini ham ko‘zda tutgandi. Deputatlar palatasi yuqori mulkiy senz asosida
saylovchilar tomonidan saylanardi, senatorlar esa sulton tomonidan umrbod muddatga tayinlanardi. Imperiyaning
barcha fuqarolari, Bolqondagi xristian aholisi ham, usmoniylar deb atalib, qonun oldida teng hisoblanadi. Ammo
davlat tili deb turk tili, davlat dini deb esa islom dinining e’lon qilinishi, turk va musulmon bo‘lmagan aholining
qonun oldida tengligini ta’minlamayotgan edi. Konstitutsiya sulton hokimiyatini deyarli to‘liq saqlab qoldi. U
avvalgiday vazirlarni tayinlashi va bo‘shatishi, urush e’lon qilishi va sulh tuzishi, harbiy holat e’lon qilishi va
qonunlarning faoliyatini to‘xtatishi mumkin edi. Bu konstitutsiya o‘zining barcha kamchiliklariga qaramasdan
agar hayotga tatbiq etilganda o‘sha davrdagi Turkiya uchun progressiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
Konstitutsiya Yevropa davlatlarining konferensiyasi ochilishiga bag‘ishlandi. Sulton konstitutsiyaning e’lon
qilinishi konferensiyaning ochilishini keraksiz qilib qo‘yadi, deb o‘ylagan edi, ammo bunday bo‘lmadi. Angliya
tomonidan zimdan qo‘llab-quvvatlangan Turkiya Bolqonda islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi Yevropa davlatlari
taklifiga rozi bo‘lmadi. Bu hol rus-turk munosabatlarini yanada murakkablashtirdi. 1877 yil boshida konferensiya
yopildi. Rossiya Turkiya bilan urushga tayyorlana boshladi. 



Konferensiyadan keyin konstitutsiya
va uning muallifi Midxat posho
sultonga boshqa kerak bo‘lmay
qoldi. Avvaliga Midxat posho
sultonning buyrug‘iga ko‘ra o‘lim
jazosiga hukm qilindi, ammo
Arabistonning talabiga ko‘ra u
mamlakatdan surgun qilindi. Namiq
Kemal va «yosh turklar»ning boshqa
arboblari ham imperiyaning uzoq
hududlariga surgun qilindi.


Rossiya – Turkiya urushi 1877 yil bahorda boshlandi. Urush 

boshlangandan so‘ng Ruminiya parlamenti mamlakatni mustaqil deb 
e’lon qildi (1877 yil 9 may) va Rossiya tomonida urushga kirdi. Porta 
aslida bu urushga uni da’vat etgan Angliyaning yordamiga ishongan 
edi, ammo hech qanday yordam bo‘lmadi. Rus qo‘shinlari Dunaydan 
o‘tdi, Osiyoda esa Armaniston chegaralariga kirib keldi. 1878 yil 
boshida Turkiyaning harbiy holati og‘ir, armiya tor-mor qilingan, 
ruslar imperiya poytaxtiga yaqinlashayotgan edi. Sulton Abdul Hamid 
esa bu halokatli holatdan parlamentni tarqatib yuborish va «Midxat 
konstitutsiyasi»ni bekor qilishda foydalandi. Deputatlarning bir 
qismini qamoqqa olib, mamlakatni yakka o‘zi boshqarishini e’lon 
qildi.


1878 yil martda Istambul yaqinidagi
San-Stefano degan joyda ruslar bilan 
sulh imzolandi. Uning asosiy sharti 
mustaqil Bolgariya davlatini tuzish 
bo‘ldi. Angliya va boshqa G‘arb 
davlatlari Rossiya pozisiyasining 
kuchayishidan xavfsirab, Berlinda 
kongress chaqirish va San-Stefano 
sulhining shartlarini qayta ko‘rib 
chiqilishiga erishdilar. Ammo 
Rossiyaning g‘alabasini inobatga olib
, kelishuv yo‘lini izlashga majbur 
bo‘ldilar.
Berlin kongressining qaroriga ko‘ra
Shimoliy Bolgariya vassal knyazlikka
(amalda mustaqil) aylandi, Janubiy
Bolgariya esa avtonomiya huquqini
oldi. Sulton Serbiya, Chernogoriya va
Ruminiyaning to‘liq mustaqilligini
tan oldi. Batumi, Kars va Ardagan
Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi,
Qrim urushi natijasida boy berilgan
Bessarabiyaning janubiy qismi ham
unga qaytarildi.
Berlin kongressidan so‘ng Turkiya
batamom Yevropa davlatlarining
yarim mustamlakasiga aylandi. Hali
kongress arafasida Angliya Krit
orolini bosib oldi. Kongress Bosniya
va Gersegovinaning Avstriya
tomonidan okkupatsiya qilinishiga
sanksiya berdi. 1881 yili Fransiya
Tunisni egallab oldi (qo‘shni Jazoir
bundan ellik yil oldin zabt etilgandi).
1892 yili Angliya Misr ustidan o‘z
hokimiyatini o‘rnatdi. 
Berlin kongressidan keyin Turkiyani
iqtisodiy qaram qilish jarayoni ancha
kuchaydi. Usmoniylar imperiyasining
kapitalistik davlatlar tovarlari uchun
bozor va xomashyo bazasi sifatidagi
ahamiyati ham oshdi. 1880 yildan
1890 yilgacha Yevropa davlatlariga
Turkiya eksporti 1,5 marta oshdi va
endi u faqat xomashyodan tashkil
topdi.


Imperiyani moliyaviy qaram qilish ham yakunlandi. Berlin traktati Turkiyaga 800 mln frank
kontributsiya to‘lash majburiyatini yukladi. 1879 yili sulton hukumati navbatdagi bankrotlik
holatini e’lon qildi. Kreditorlar bilan muzokaralar natijasida yangi kelishuvga erishildi.
Kreditorlar Usmoniylar qarzining nominal miqdorini 5,3 mlrddan 2,4 mlrdgacha kamaytirishga
rozi bo‘ldilar. Buning evaziga Turkiya hukumati mamlakat moliyasi ustidan amalda chet el
nazorati o‘rnatilishiga rozi bo‘ldi. Sultonning 1881 yilgi dekreti kreditorlarga Usmoniylar Davlat
qarzi boshqarmasini tuzishga ruxsat berib, ularni alohida huquq va imtiyozlar bilan ta’minladi.
Tamaki va tuz monopoliyasidan, spirtdan tushadigan yig‘imlar, gerb yig‘imi, Marmar dengizi va
Bosfor bo‘g‘ozida baliq ovlashdan tushadigan soliqlar, Istambulda, Adrianopolda, Bursada ipak
savdosidan olinadigan soliq va boshqa ko‘pgina yig‘imlar Boshqarma ixtiyoriga berildi.
Bularning barchasi Turkiyaning moliyaviy ahvolini yanada og‘irlashtirdi va 1890 yili yangi
qarzlar olishga majbur qildi. «Usmoniylar» bankidan tashqari chet elliklarning yangi banklari
paydo bo‘la boshladi: Istambulda Fransiyadagi eng katta bank «Lion kredit»ning filiali ochildi,
1888 yili bir nechta G‘arbiy Yevropa banklari hamkorlikda Saloniki bankini ta’sis qildilar, 1899
yili Nemis-falastin banki tuzildi va h.k. Mamlakatda turk kapitaliga faqat bitta bank (qishloq
xo‘jalik) qarashli bo‘lib, u ham nihoyatda kuchsiz edi.


Sanoat va savdoning bunday rivoji turk
burjuaziyasini og‘ir ahvolga solib, uning
rivojiga to‘siq bo‘layotgan edi. «Yosh
turklar»ning mag‘lubiyatiga, sulton Abdul
Hamid II ning shafqatsiz rejimiga
qaramasdan bir qism ziyolilar
konstitutsiyaning tiklanishidan umid
uzmagandilar. XIX asrning oxirida sulton
hokimiyatini cheklash uchun harakat yana
jonlandi. Harakatga keyinchalik mashhur
bo‘lgan maxfiy «Birdamlik va taraqqiyot»
tashkiloti boshchilik qildi. Ushbu nomdagi
dastlabki qo‘mita 1889 yili Istambul
harbiy-tibbiyot bilim yurti talabalari
tomonidan tashkil qilingan edi. 
Birinchi qo‘mita tez orada barbod qilindi,
ammo 1894 yili 
yangi qo‘mita tuzilib, unga turk
intelligensiyasining ko‘zga ko‘ringan
arboblari qo‘shildilar va sultonlikni burjua-
demokratik davlatiga aylantirish uchun
jonbozlik qildilar. Ular ham o‘zlarining
o‘tmishdoshlari singari yosh turklar deb
ataldi. Yosh turklar harakatining asosini
amaldorlar, ofiserlar va harbiy bilim
yurtlarining o‘quvchilari tashkil qilardi. 


Adabiyotlar
Внешнеэкономические связи Османской империи в новое время
(конец XVIII - начало XX в.). М., 1989. 
Гасратян М.А., Орешкова С.Ф., Петросян Ю.А. Очерки истории
Турции. М., 1983
История Востока. Т. IV. Восток в новое время (конец XVIII -начало 
XX вв.). Кн. 1, 2. М., 2004. 
Мейер М.С. Османская империя в XVIII веке. Черты структурного
кризиса. М., 1991. 
Петросян Ю.А. Османская империя. Могущество и гибель. М., 1990. 
Eldem V. Osmanli İmparatorlugu’nun İktisadi Şartları Hakkında bir tetkik.
Ankara, 1970


E’tiboringiz 
uchun rahmat! 

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish