1-masala
Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-sizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.
Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yo’qsalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyo’q bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyo’q allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyo’q allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi.
1991-yilda buyo’q bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyo’q “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.
1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyo’q alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyo’q allomaga haykal o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |