Reja: Ma’naviy barkamol inson tushunchasi



Download 192,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi192,44 Kb.
#701392
  1   2
Bog'liq
10-mavzu



10 -MAVZU : Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan 
yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy tarbiya shakllari. 
 
Reja: 
1.
 
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi 
2.
 
Vatanparvarlik va insonparvarlik - shaxs
m
a’naviy 
kiyofasining mezoni
3.
 
Milliy uzlikni anglash, milliy g‘urur yuksak ma’naviy burch. 
4.
 
Ota-onaga izzat-xurmat, oilaga sadokat-shaxs 
 ma’naviyatining yuksak ifodasi 
«Komil inson» tushunchasining dunyoviy mazmuni borligini xam e‟tibordan 
sokit kilish mumkin emas. Uning falsafiy ma‟nosi umummilliy axamiyatga ega va 
umuminsoniy kadriyat sifatida asrlar davomida sayqal topib rivojlanib kelmokda.
Yoshlarda dunyokarash ilmiy-falsafiy yunalishda bulishi, diniy dunyokarash 
esa respublikada dunyoviy davlat kurish manfaatlari rivojlanishi kerak.
Ma‟naviyati boy insongina komil inson bo„la oladi. Yuksak axlokiy, madaniy 
va jismoniy fazilatlar xar jixatdan uygun bo„lgan, chukur va zamonaviy bilimga, 
keng falsafiy dunyokarashga ega bo„lgan inson komil bo„ladi. Yuksak ma‟naviy 
fazilatlar egasi bulgan komil inson: nafs Xurujini, lazzatlarga bulgan moyillik 
ojizligini yenga oladigan zotdir; odamni komil inson va mukarram inson 
martabasiga kutarish uning ma‟naviyatini yuksaltirish demakdir. Xar bir jamiyat 
tayanadigan ma‟naviy kadriyatlar kanchalik umuminsoniy mazmunga ega bulsa, u 
shunchalik umrbokiydir.
Ma‟naviyat sharkona falsafaga tayanib ta‟riflanishi kerak.
Dunyosi ko„p odam emas, balki nafsi tuq, odam badavlatdir. Eng avvalo, ota-
bobolarimizning ibratli xayot yuli biz uchun namunadir. Binobarin, komillik 
g„oyasi biz uchun yot narsa emas. Aytish mumkinki, uzbekistan inso- niy 
komillikning chukur an‟analariga ega bulgan ulka.
Komillikning yana bir jixati vatanga, millatga, elu yurtga xizmat kilishlir. 
Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga lokayd qaraydigan insonning 
komilligi xaqida suz bulishi mumkin emas. Prezidentimizning «elim deb, yurtim 
deb, yonib yashash kerak», degan da‟vati negizida ana shunday buyuk g„oya 
yotadi.
Ma‟naviy yetuklikning shartlaridan biri insoniy sifatlarning uykunligi 
masalasidir.
Barkamol inson tushunchasiga kiradigan muxim talablar shark tafakkurida 
aloxida tizimni tashkil kiladi. Ular shaxsning bosikligi, vazminligi, bag„ri kengligi, 
kamtarligi, odamoxunligi, umuminsoniylik ruxining kuchliligi, serfarzandligi, 
keksa va yoshlarga mexr-shafkatliligi kabilar bilan xarakterlanadi. Bular sirasiga 
kishining boshka e‟tikoddagi yoki dindagi insonlarga nisbatan sabr-tokatliligi, 
xurmati, tabiatni sevish, butun jonli tabiatga muxabbat bilan karash kabi 
fazilatlarni xam kiritish mumkin. Respublikamizda istikpol tufayli shakllanayotgan 
va tobora kishilar e‟tikodiga aylanayotgan mustakillik tafakkuri mazmunini tashkil 
etadigan bunday Tushunchalar tobora xayotimizda keng urin egallamokda. Komil 
insonni tarkib toptirish tushunchasi yangi insonni tarbiyalash bilan uzviy 


boglangan va uning asosiy talablaridan kelib chikadi. Bunda yoshlarimizda milliy 
iftixor tuyg„usini tarkib toptirish va chukurlashtirish axamiyati favkulodda katta 
axamiyat kasb etadi. Milliy iftixor tuygusi o„z millatining boy tarixi, madaniyati va 
ma‟naviy merosidan, uning jaxon sivilizatsiyasiga kushgan xissasidan g„ururlanish 
xissiyotidir.
 
Xozirgi davr mustakil davlatlar jaxon xamjamiyatining Vujudga kelishi va 
rivojlanishi moddiy omillar bilan birga ma‟naviy omillarning roli ortib 
borayotganligi, ilmiy-texnikaviy tarakkiyotning tezlashuvi bilan xarakterlanadi. 
Mustakdl davlatning vujudga kelishi, xalklarning milliy istiklolga erishuvi 
xalkning milliy-vatanparvarligidir.
Istiklol tufayli vatanparvarlikning yangi qirralari ochilmoqda, vatan 
uzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarga tegishli ekanligi, ular bilan 
birgalikda do„st-inoq bo„lib yashashda, uzaro xamkorlik va ijodda ko„rinmokda.
Yoshlarimizni xarbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalaisha vatan ximoyachilari, 
ulug„ vatan urushi katnashchilari bilan uchrashuvlar, suxbatlar, kinofilmlar 
namoyish etish katga naf keltiradi. Bu ishda xotira uchun kuyilgan memorial 
yodgorliklarning xam roli katta. 
Insonparvarlik O„zbekiston sharoitida munosabatlar zaminiga kuyildi.
Insoniy fazilatlardan, ota-onaga, vatanga, el-yurtga xizmat qilish.
 
Milliy iftixor - millat o„zining yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda 
xis etishidir. Milliy iftixor Millat vakillarining kalbidagi birlik, til, madaniyat, 
ma‟naviyat, iktisodiyot va istiqbol uchun koniqish xissiyoti, kuchli ruxiy xolatdir. 
«Vatan tuyg„usi» kitobi mualliflari yozganlaridek, milliy Birdamlik tuyrusi 
milliy ongning asosini tashkil kiladi. Milliy birdamlik yetuk va mukammal 
ma‟naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan mamlakatlardagi millatlarda 
tularok, namoyon bo„ladi.
 
Farzandlarning ota-onaga xurmati xamma vakt juda yukori bulgan. 
Farzandlar yoshligidanok, otasiga suyanib, onasining allasini tinglab, ularning 
mexriga qonib voyaga yetganlar. Navoiy aytganlaridek, onani oy, otani kuyosh deb 
bilganlar. 
Ota-onaga bulgan bunday izzat-xurmat oilada shakllangan. Oilaga bunday 
jiddiy e‟tibor berilishi bejiz emas. Oila va jamiyat uzaro bog„langan. Oila-
jamiyatning tarkibiy kisvi. Jamiyatning barcha yutuk, va kamchiliklari, ziddiyatlari 
oilada o„z aksini topadi. Oila - insonning mukdddas makon. U inson zotini, uning 
avlodini davom etgirish manbai. Ota-ona, oila bolalarni tarbiyalash va Ularni 
jismonan xamda ak,lan kamolotga erishuvi uchun mas‟uldirlar. Bizning xukuxiy-
demokratik davlatimizning ravnaqi oila farovonligi bilan bog„lik,. Oila- bolalarni 
tarbiyalash, ularni umuminsoniy ma‟naviy kadriyatlar, an‟analardan baxramand 
kilish maskani. 
Oila va jamiyat manfaatlari bir-biri bilan mos tushsagina, oila ravnaki xakida 
gapirish mumkin. Oila xayotining ijtimoiy va shaxsiy tomonlari uyg„un 
bulgandagina, u axloqiy jixatdan mustaxkam buladi. Bu esa oila a‟zolarining 
ma‟naviyatiga bog„lik.
Oilada bola tarbiyasida otaning o„rnini xech kim bosa olmaydi.
Xalq og„zaki ijodi namunalari asosida yoshlarda ma‟naviy tarbiyani shakllantirish.


“Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” kitobining 32–34 betlari “Alpomish” 
dostonidagi xalq qadriyatlari ifodasini tahlil qilishga bag„ishlangan. 3 –sahifada 
shunday jumlalar bor: “Agarkim xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas 
bir doston bo„lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh boyti, nima uchun shoh 
bayt deb atash to„g„ri bo„ladi. Chunki bu doston mazmuni, syujetining murakkab 
tizimidan iboratligi, qahramonlari boshidan o„tgan voqealar bayoni, baxshi 
mahorati jihatidan o„zida o„zbek dostonchilgidagi barcha fazilatlarni mujassam eta 
olgan epos namunasidir. Jumaladan, xalq dostonlarining boshqa namunalari 
qatorida Go„ro„g„li turkumiga oid asarlar va alohida nomga, alohida voqealar 
tizimiga oid asarlar ham juda ko„p. Agar Go„ro„g„li turkumi dostonlarini 
“Go„ro„g„lining tug„ilishi”, “Yunus pari”, “Avazxon”, “Hasanxon”, “Ravshan” 
kabi o„nlab epik asarlar turkumini tashkil qilsa, “Kuntug„mish”, “Rustamxon”, 
“Murodxon” deb atalgan boshqa o„nlab dostonlar qahramonlarning nomi, 
voqealardagi lavhalar tizimi jihatidan o„ziga xosligi bilan ajralib turadi. O„zbek 
dostonchiligi san‟atidagi yana katta bir guruh asarlarini Namangan baxshilari va 
undan ham katta boylikka ega asarlarni Xorazm baxshilari ijro etadigan asarlar 
tashkil etadi. Bu asarlarning hammasi jamlangan holda xalq pedagogikasi axloq 
kodeksi asoslarini yosh avlodga ongiga singdirilishi mas‟uliyatini o„z zimmasiga 
olgan edi.
XIX asrdan mukammal shakllangan xalq dostonlari, avvalo, hayot 
muammolarini o„zida ifodalaganligi bilan e‟tiborga loyiq.
Mazkur muammolarni shartli ravishda quyidagi yo„nalishlarga ajratish 
mumkin:
1. Vatanni chet el bosqinchilaridan himoya qilish. Yurt mustaqilligini saqlash.
2. Yorga vafodor bo„lish. Yor uchun xavfli va uzoq safarga otlanish.
3. Insonlik oriyatiga hurmat bilan qarash. To„g„ri so„z bo„lish. Tabiiyki, 
yuqorida qayd etilgan ro„yxatni qo„shimcha moddalar bilan to„ldirish mumkin 
emas. Ammo, bizningcha, Go„ro„g„li turkumi dostonlarida Vatan, yorga sadoqat, 
inson nomusi va ori masalalari an‟anaviy mavzulardan hisoblanadi. Bironta baxshi 
o„zi ijro etgan diyor haqida to„xtamasligi mumkin emas. Shuning uchun ham 
vatanparvarlik yuzasidan dostonda aytilgan mulohazalarni quyidagi tasnif qilish 
mumkin. Birinchidan, butun mazmuni to„laligicha Vatanga bag„ishlangani 
dostonlar. Ikkinchidan, asar qahramonining faoliyati ifodalangan voqealar tizimida 
bevosita vatanga atalgan lavhalarga aloqador vaziyatda qayd etilgan dostonlar. 
Uchinchidan, baxshi Vatan haqida ortiqcha tafsilotlarga berilib she‟riy parchalarni 
ijro etmaydigan, ammo Vattan hamma ijrochi ongida saqlanadigan dostonlar.
Birinchi tasnif dostonlarni “Alpomish” “Oysuluv” Go„ro„g„li turkumidan 
“Chambil qamali” tashkil etadi. “Chambil qamali” dostonida Go„ro„g„lining 
Vayanchanga ketganidan foydalanib Rayhon arab xalq orzusida yaratilgan yurtni 
bosib olmoqchi bo„ladi. Ammo Vatan himoyasiga Yunus parining o„zi otlanadi. U 
shahardagi hamma ayollarni o„z ona yurtlarini himoya qilishga chaqiradi. 
Muhammadqul Jonmurod o„g„li Po„lkan ijrosida bu lavha shunday ifodalanadi.
G„am yema o„zim savashga chiqaman 
Dushmanlarning qaddi–bo„yin bukaman 


G„am yemagin lashkar ko„pdir o„rdada 
Arabning qonini suvday to„karman. 
Otavergin, shoxli miltiq, g„am yema 
Oy Yunusni Go„ro„g„lidan kam dema! 
Urushga opchiqay Zaydin qizini, 
Xazil dema, Oy Yunusning so„zini! 
Yunus pari dostonida Vatan tushunchasi bir oz boshqacharoq rejada 
ifodalanadi. Po„lkan bu dostonda Go„ro„g„lining Yunus pariga uylanish uchun 
safarga otlanganini eshitgan Rayhon arabning qizi Zaydinoyni qutqarish uchun 
bosqin urushiga hozirlik ko„rish lavhasini bayon etadi. Xoljuvonni Rayhon arab 
Go„ro„g„lidan olib qochgan edi. Voqeadan xabar topgan Xoljuvon Chambilga 
mahramini jo„natib, Temirxon podshohni ogohlantiradi. Rayhon arabning niyati 
amalga oshmaydi. Biz bu dostonda ikki yo„nalishdagi voqea tizimiga duch 
kelamiz. Birinchisi, Go„ro„g„lining Yunus pari ishqida amalga oshirgan safari 
bo„lsa, ikkinchisi, Temirxon podshohi, Xoljuvon, keyinchalik Go„ro„g„lining o„zi 
ishtirokida Chambilni himoya qilish edi. Aynan shunga o„xshash holat “Malika 
ayyor” dostonida ham uchraydi. Bu yerda endi Malikani olib kelishga otlangan 
Avaz yo„lda Chambilni vayron qilish uchun ketayotgan Maqotilni uchratadi. Asl 
maqsadni ikkinchi o„ringa qo„yib Avazxon Maqotilni yo„q qilish harakatini 
boshlaydi.
Vatan bilan bog„liq uchinchi tur dostonlarda ona yurtga mehr tuyg„usi alohida 
voqea tizimini tashkil qilmaydi. Bunday dostonlarda masala yo„l

yo„lakay hal 
etiladi. “Murodxon” dostonida Murodxon uzoq safardan qaytib, Otaliqning 
podshohlikni qanday uddalagani, yurt osoyishtaligini qanday saqlaganini so„raydi. 
“Ravshan” dostonida esa Zulxumorning otasi Qoraxon Ravshanga o„z qizini 
berishini aytadi. Faqat buning uchun Ravshan o„z yurtidan voz kechish kerak edi. 
Dor tagidagi Ravshan esa hech ikkilanmay shunday deydi: 
Sen aytgan odaming, zolim, men emas, 
Bir nechalar o„z holini chengamas, 
Men o„lsam o„z elimdan kechmayman! 
Aziz boshing oyog„imga teng emas. 
“Yuksak ma‟naviyat –engilmas kuch” kitobida shunday satrlar bor: “shu bois 
“Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va 
haqgo„y bo„lishga, o„z yurtimizni, oilamiz qo„rg„onini qo„riqlashga, do„stu 
yorimizni, or–nomusimizni, ota–bobolarimizning muqaddas mozorlarini har 
qanday tajovuzdan himoya qilishga o„rgatadi” (33 –bet). Hech ikkilanmay aytish 
mumkinki, Islom Karimovning “Alpomish” dostoni haqida bildirgan bunday iliq 
fikrlarni Go„ro„g„li turkumiga oid va mazkur turkumdan tashqari holatda ijro 
etilgan, bugungi kunda ham ijro etilayotgan o„nlab dostonlarga ham taalluqli deb 
aytish mumkin.

Download 192,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish