Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning axamiyati. Tasviriy faoliyat estetik tarbiyaning zaruriy vositasi sifatida. Bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning axamiyati


Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi



Download 72,75 Kb.
bet3/23
Sana31.12.2021
Hajmi72,75 Kb.
#207268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
TASVIRIY SAN'AT

Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokni rivojlanishi


Reja:

                   Maktabgacha ta'lim  tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichi sifatida bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning badiiy didini tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini o'stirish,tevarak-atrofdagi va tabiatdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, undan zavqlanish va unga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishni, va nihoyat ijodiy qobiliyatlarini to'g'ri shakllangan bo'lishining pedagogik kafolatidir. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining maqsadi bolalarda atrofdagi narsa va hodisalarga estetik munosabat bildirish, go'zalikka dahldor narsalarni yaratish (chizish, yasash)ning elementar asoslarini shakllantirishdan iborat. Tasviriy faoliyatga o‘rgatish kursida maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati xaqida tushuncha; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati nazariyasi va metodlari;maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o'ziga xosligi; rasm, loy,applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish; maktabgacha ta'lim  tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san'at asarlari bilan tanishtirish usullari; tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash; maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlik darajasini aniqlash kabi masalalar yoritilgan.

Idrok etishni boshqarish metodikasi

Tasviriy faoliyat bolalarning voqelik haqidagi tasavvurlarining kengayish va mustahkamlanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Taniqli psixolog V.M.Teplov idrokning alohida xarakterini quyidagi tasvir bilan bog‘liq holda ta’kidlab o‘tadi: «tasviriy san’atda tasvir masalasi kuchli idrok qilishni talab etadi. Qurilgan narsaning tasvir masalasini yecha turib, bola har doim narsalarni yangicha tomondan anchagina tezroq, kuchliroq va aniqroq qurishni o‘rganib


boradi». Idrok etishning rivojlanishi tasviriy faoliyatdan kelib chiqib, ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, o‘rab turgan voqelik bilan tanishish jarayonida bolaning bilish va estetik malakasi boyiydi, ikkinchidan, turli prcdmetlar haqidagi tasavvurlari aniqlashadi. Predmetlarning xususiyatlari va belgilarini idrok etish shu
predmetlarning keyinchalik tasvirlay olishi bolalardan tekshirish
vositalari orqali tanishishni talab qiladi. Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlarida tekshiruv maqsadlari turlicha bo‘ladi. Tarbiyachi turli faoliyat turlarida bolalar diqqatini predmetning shakliga, hajmiga, fazoda joylashishiga qaratadi, keyin rasm chizish mashg‘ulotidan oldin predmetning konturi qismlarini alohida ajratib ko‘rsatadi, agar berilgan predmet uchun xarakterli rang bo‘lsa,
uni ham ajratib ko‘rsatadi. Loy mashg‘ulotining hajmli massasi har tomondan ko‘riladi, uning qo‘shilib ketgan va ajralib turgan qismlari ko‘rib chiqiladi. Qurish-yasash mashg‘ulotlarida qismlarning proporsional munosobatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega.Ko‘zdan kechirish jarayonining o‘zi 5 bosqichni o‘z ichiga oladi.

- predmetni o‘z holida idrok etish (tarbiyachi yorqin obrazli shaklda predmetning umumiy xarakteristikasini beradi);

-tahlil bilan birgalikda ko‘zdan kechirish (oldin katta qismlar, keyin mayda qismlar ajratiladi, ularning shakllari aniqlanadi);

-predmetning qurilishini aniqlash va katta qismlaming o‘zaro bogiiqligi;           

-rangning ajratilishi;

-predmetni butun holda qaytadan ko‘zdan kechirish;

Idrok etish jarayonining bosqichlariga bunday taqsimlanishi
shartli va ular har doim idrok etishda ishtirok etmaydi. Bu bolalarning malakalariga va ular oldida turgan vazifalariga bog‘liqdir.

Predmetni qayta ko‘zdan kechirish talab etilmaydi, kimdir faqat ko‘rish orqali predmetni tahlil qilish yoki so‘z orqali tasvirlab berish o‘tiladi.


Bir turdagi predmetlami qismlarga ajratish va o‘zaro bog‘liq
shakllarini topish qobiliyatini tarbiyalash uchun taqqoslashdan foydalanish muhimdir. Masalan, hamma daraxtlarning asosi vertikal
holatda joylashgan, shoxlari asosiga nisbatan burchak ostida joylashgan; ko‘pgina hayvonlarning tanasi oval shaklida.

«Shakl(forma)ni idrok etish ko‘rish orqali hamda his etish yordamida o‘tilishi kerak. Bolani ko‘z bilan yoki qo‘l harakati bilan konturni bir qismdan ikkinchi qismga o‘tib, chizib chiqishga o‘rgatish lozim. Kichik guruhlarda qo‘l harakatlarini, albatta, kiritish kerak, katta guruhlar uchun esa konturni idrok qila olish yetarli, qo‘l esa yordamchi organ bo‘lib hisoblanadi» (L.A.Lublinskaya).


         Hajm (velichina)ni idrok etish kichik maktabgacha yoshdagi bolaga tushunarli, agar farq ancha katta bo‘lsa (katta-kichkina).Hajmni idrok etish proporsional munosabatlarni o‘z ichiga oladi va ko‘rish hamda his etish kabi tekshirishlarni talab qiladi. Bunda qurish ko‘rsatgichlari harakatli yo‘llar bilan tekshirilib borilishi kerak — bir qismni boshqasidan farqlash orqali. Voqelikdagi munosabatlar (prostranstvennoe otnosheniye)ni idrok etish tasviriy maqsadi bilan birgalikda juda qiyin masaladir. U katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida o‘tiladi va idrok etish jarayoni rasm chizish bilan birgalikda o‘tilsa, oson o‘zlashtiriladi. Shunday ishning qiziq tadqiqotini L.A.Rayeva «Bolalar bog‘chasining katta guruhlarida mazmunli rasm chizish» kitobida yozgan. Rangni idrok etish bolaga katta emotsional ta’sir etadi. Shuning uchun har doim uni  alohida ajratib ko‘rsatish kerak. Bolalar predmetning hamma xususiyatlarini ko‘rib chiqib bo‘ganlaridan keyingina ularning diqqatini rangga qaratish kerak. Bolalar bilan tekshirishlarni o‘tkazish metodikasi ko‘pgina shartlar bilan bog‘liq. Avvalo, bolalarning egallagan malakalari bilan egallab olmagan, notanish idrok etish usullari o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishi lozim.

Tasviriy faoliyatga o'rgatishning metod va usullari.

Reja:

1. O'rgatishning ko'rgazmali metod va usullari.



2.O'rgatishning og'zaki metod va usullari.

3.O'yin orqali o'rgatish usullari

 Tayanch iboralar:O‘rgatish metodlari;Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari;Naturadan foydalanish;Mashg‘ulot boshida predmetlami ko‘rib chiqish;rasmlardan foydalanish; Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish; bolalar  ishlarini tahlil qilish ; Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari;Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish;

            O‘rgatish metodlari — pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko‘ra, qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo‘l sifatida ta’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o‘rgatish usullari ayrim yordamchi vosita bo‘lib, mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor ma’nodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining umumiy yo‘nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa mashg‘ulotlarda esa she’r o'qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshlanishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.

Y.B.Babanskiy tasviriy san’at metodlarini faoliyatning umumiy
xarakteriga qarab, 3 guruhga klassifikatsiyalagan:

 1-guruh: o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish. Bunga o‘quvchilaming ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, induktiv va deduktiv, reproduktiv va muammoli-izlanuvchan hamda mustaqil ishlari kiradi.

2-guruh: ta’lim berishning o‘quv faoliyatini stimullashtirish (qiziqtirish va rag‘batlantirish) va motivatsiyalash (maqsadga yo‘naltirish) metodlari. O‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va motivlashtirish; burch va javobgarlikni stimullashtirish motivlashtirish.

3-guruh: o‘quv faoliyatida nazorat va o ‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari:


— og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;

— yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;

— laboratoriya amaliy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;

Y.B. Babanskiyning taklif qilgan bu metodlari asosan maktab


ta’limiga mos bo‘lib, ularning 1-guruhidangina maktabgacha yoshdagi bolalarga ta ’lim berishda foydalaniladi, ya’ni bu: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy metodlar hamda ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun qaratilgan qisman reproduktiv mashqlardir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechish kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog'liqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o‘yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin.


Download 72,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish