Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari
2 Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining konuniyatidir. U Mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi, Mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va Mehnat resurslaridan rasional foydalanish, Xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormokda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizi absolyut xajmni oshirib yuboradi. Ya’ni korxonada ishlab chikarilayotgan mahsulotning tannarxini 1 %ga kamaytirish evaziga korxona ancha mikdorda moliyaviy resurslarini iktisod kilishga erishadi. Bu xar qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri xisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy kilish va mahsulot tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni tayyorlashga ketadigan Mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish xamda kullanilayotgan texnikadan foydalanishni xisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini anchagina kamaytirishga erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida utgan va jonli Mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan utgan Mehnatni tejash xuddi shu mikdordagi xom- ashyo va materiallardan ko’prok mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, ya’ni xar bir ishchiga xisoblanaganda ko’prok mahsulot ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bunga fan-texnika tarakkiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya ishlab chiqarishni Boshqarishni takomillashtirish asosida Mehnat unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda kat’iy iktisodiy tejashga rioya kilish katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, material shuningdek ishlab chiqarish chikindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini oshirish, ish xaqi fondini rasional sarflash sex va umumzavod xarajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaishiga olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yokilgi va energiya yetkazib berishning o’zilib kolishi ishlab chiqarish ritmini bo’zishga bekor turtib kolishlariga oy oxirida xaybarakallachilikka va okibat natijada unumsiz xarajatlarga olib keladi. Korxona iqtisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortikcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zahira kupayib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga Mehnatni tashkil etishda takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. X,ar qanday texnikadan xatto yangisidan xam ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil kilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. Shuning uchun texnologik prosesslarni mexanizasiya va avtomatlashtirish bilan bir katorda, Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak.