Mavzu: Sifatni boshqarish bo’yicha asosiy tushunchalar.
Reja:
1. Mahsulot sifati haqida dastlabki ma’lumotlar.
2. Boshqaruv tushunchasi.
3. Korxonalarda sifatni boshqarish.
1. Mahsulot sifati haqida dastlabki ma’lumotlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng
asosiy vazifa-raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Shuning uchun ham
mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash bugungi kunning muhim masalalaridan
hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo’lib,
mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etishiga
bog’liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar
ko’rsatishda faqatgina ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun,
uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rtasidagi
farqga ega bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. Tovarlarni sotib olar ekanmiz,
biz ularni faqatgina zarur bo’lgani uchungina emas, balki bizga yoqqani uchun
ham haqini to’laymiz. Bunda tovarlarning tashqi ko’rinishi, foydalanishning
qulayligi, xizmat ko’rsatish muddati, texnikaviy tavsifi, kafolatli xizmat ko’rsatish
shartlari kabilar ularning bahosini belgilashda muhim omil hisoblanib, xaridor
tovarni “ma’lum ehtiyojlarni qondiradi”, degan umid bilan sotib oladi. Shunday
qilib tovarni sotilishining muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga
ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati - deb, mana shu mahsulotga
nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish
darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi,
ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha
usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroqliligining
asosiy
elementlari
konstruktsiya
sifati
deyiladi.
Konstruktsiya
sifatini
takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
1-rasm. Konstruktsiya sifati.
1-rasmda konstruktsiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog’liqligi
ko’rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q
1
va Q
2
bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri
chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q
0
nuqtasi eng yuqori foydani
ta’minlovchi konstruktsiya sifatini ifodalaydi.
Raqobatlashuvchi mahsulotlar mavjud bo’lgan sharoitda korxona
mahsulotini realizatsiya qilishda iqtisodiy strategiya va taktikaning turli
variantlaridan eng muqbilini tanlashi kerak. Bunda sarf-harajatlar ortiqroq
bo’lsada yuqori sifatni ta’minlovchi Q
3
konstruktsiya sifatida yoki tannarxning
pasaytirilishiga asoslangan Q
4
konstruktsiya sifatida to’xtash mumkin.
2. Boshqaruv tushunchasi.
Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida
ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat
ko’rsatkichlari bo’yicha aniq mos kelmasliklarini ko’rish mumkin.
Baxo
tannarx
Q
1
Q
2
Q
3
Q
4
Pul
da
g
i if
od
as
i
Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining konstruktorlik
hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga
mos kelishi darajasi deyiladi.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy
ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni
ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq,
asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar
shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi. Nazorat sarf-harajatlarini
oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos
kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
2-rasm. Boshqaruv tsikli
3. Korxonalarda sifatni boshqarish.
YUqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, texnikaviy
nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda sifatni boshqarishning boshqa
uslublarini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Boshqaruv o’zi nima? Boshqaruv -
korxona sharoitida aylanma tsiklda amalga oshuvchi “rejalashtirish-amalga
oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yig’indisidir. 2-rasmda boshqaruv
tsikli keltirilgan.
Boshqaruv
ta’siri
Rejalashtirish
Nazorat
Amalga oshirish
Boshqacha
aytganda
boshqaruvning
bu
tsikli
korxonada
sifatni
boshqarishning asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish funktsiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati
tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik
koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga
olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda
tutadi.
Konstruktsiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi ko’rinishi,
ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning
miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar
ko’rinishida ifodalanadi.
1.3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini
tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni
loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini,
Boshqaruv
ta’siri
Rejalash-
tirish
Nazorat
Amalga
oshirish
Loyihalashtirish
Turli ma’lumotlardan
foydalanish
Texnik xizmat
ko’rsatish
Tovardan foydalanilganda
sifatnining tasdiqlanishi
shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad-mahsulotning texnik shartlarga javob berish
darajasini saqlash va imkoni boricha bu ko’rsatkichlarni yaxshilashdir.
Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni
realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda,
mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-
tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga
qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari u bozorda
sotilgan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, sifatini yaxshilash
imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayoniga kerakli o’zgartirishlarni
kiritish maqsadida iste’molchining mahsulot sifati to’g’risidagi fikr-
mulohazalarini o’rganish funktsiyalarini ham bajaradi. Sotilgan mahsulot
to’g’risidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr uchun rejalashtirilishida
muhim ahamiyatga egadir. SHunday qilib, korxonani boshqarish va mahsulotni
sotishni tashkil etish faqatgina mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay,
balki bozor ma’lumotlarini to’plab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida
qo’llashlari kerak.
YUqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -
boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha
bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani,
shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his
etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim.
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning
ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan
tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati
turidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |