Оператив хотира инсон томонидан бевосита амалга оширилаётган фаол тезкор ҳаракатлар, усуллар учун хизмат қилувчи жараённи англатувчи мнемик ҳолат оператив хотира деб аталади. Ҳозирги замон психологиясида ушбу ҳолатни намоён қилиш учун қуйидаги мисол келтирилади. Математик амални бажаришга киришар эканмиз, биз уни муайян бўлакларга ажратиб ҳал қилишни мақсад қилиб қўямиз. Шу боисдан оралиқ натижаларни ёдда сақлашга интиламиз, ниҳоясига яқинлашган сари айрим материаллар эсдан чиқа бошлайди.
Мазкур ҳолат матнни талаба ёки ўқувчи томонидан ўқишда, уни кўчириб ёзишда, ижодий фикр юритишда, ақлий фаолиятни амалга оширишда яққол кўзга ташланади.
HAYOL HAQIDA TUSHUNCHA
REJA:
1. Hayol to’g’risida tushuncha.
2.Hayol turlari.
3.Hayolning analitik –sintetik faoliyati.
Hayol o’zining faolligi bilan atrofmuhitni o’zgartirishga yo’naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi.
Hayol ong faoliyatidir. Bu faoliyat ilgari biz idrok kilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va xodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi.
Hayol xam aloxida psixik jarayon sifatida shaxsga narsa va xodisalarning moxiyati xususidagi tajribasi yoki bilimi yetishmagan sharoitlarda ruyo beradigan aks ettirish xodisasidir. Demak, hayol-yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayoni bo’lsa, unga yaqin bo’lgan yana bir tushincha-fantaziyahayolning borlikdan, xakikatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mexnatning ozirgi va oraliq maxsulotlarida uz ifodasini topadi. Hayol mexnat natijalarini narsalarga gavdalashtirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan xollarda ish harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga hayol aktiv faolitini programmalashtiruvchi emas, balki uning urnini almashtiruvchi obrazlar xosil qilish vositasi sifatida yuzaga chikadi. Hayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muxim vazifasi shundan iboratki, u mexnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Hayolning muhim tomonlaridan biri — uning ijodiyot va shaxs munosabatining yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro’yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan shaxs o’zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o’z ulushini qo’shadi va sivshshzatsiyaga o’z ta’sirini o’tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa individualtipologik xususnyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o’tkazadi. Ijodiyot tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o’rtasidagi uyg’unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o’tkazish mexanizmi sifatida muhim rolь o’ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o’zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Hayol o’zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga hayol jarayoni faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalanadi. Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amlaga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv hayol deb ataladi. Odam passiv hayolni ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirishi mumkin: ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan, iroda bilan bog’liq bo’lmagan hayolning mana shunday obrazlari shirin hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yokimli, qiziqarli narsalar xakida shirin hayol surish xamma odamlarga xosdir.
Passiv hayol ixtiyorsiz ravishda xam yuzaga kelishi mumkin. Bunday ixityorsiz ravishda yuzaga keladigan passiv hayol asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal susayishida, odamning vaqtincha xarkatsizlik xolatida, uykusirash xolatida, affekt xolatida, uykuda tush ko’rishda, ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi. Agar passiv hayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlariga bulish mumkin bo’lsa aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi hayoli turlariga bulish mumkin bo’ladi. Uz asosida yozilganlarga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi.
Ijodiy hayol qayta tiklovchi hayoldan fark qilgan xolda orginal va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishi takoza qiladi. Tasavvur hayoli, ijodiy hayol, ixtiyorsix va ixtiyoriy hayol - hayol turlari jumlasidan bo’lib, ular bir-biridan fark qiladi. Tasavvur hayoli deb, xozir yoki utmishda aslida bo’lgan mavjud bo’lsa xam, lekin bizning tajribamizda xali uchramagan va biz idrok kilmagan narsa va xodisalar tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turini aytamiz. Ijodiy hayol deb, bizning tajribamizda bo’lmagan va voqelikning uzida xam uchramagan narsa va xodisalar xakida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tasavvur hayoli bilan ijodiy hayol urtasidagi fark faqat nisbiy farkdir. Ijodiy hayol jarayonida bo’lgan kabi, tasavvur hayol jarayonida xam ob’yektlarni obrazlari yaratiladi, yangidan ijod kilinadi. Hayolning bu ikki turi xam aslda ijodiy jarayondir. Orzular va shirin hayol surilishlar ijodiy hayolning aloxida turlardir.
Orzu – ijodiy hayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – kunglimizga yokadigan istikbol obrazlarini yaratish demakdir.
Shirin hayol surish – muayyan bir narsaga qaratilmagan – muayyan bir sistemaga ega bo’lmagan hayol jarayonidir. Shirin hayolga botgan vaqtda turli obrazlar kuz ungidan birin-ketin betartib uta beradi. Bu tasavvurlar jarayonini tafakkur tartibiga solmaydi. Orzularda bo’lgani kabi, shirin hayol surishda xam, asosan, uzimiz xush ko’rgan obrazlar paydo bo’ladi. Shu sababli, ko’pincha, shirin hayol surish odamga xuzur baxsh etadi.
Bizninng tush ko’rishimiz xam ixtiyorsiz hayol faoliyatidir. Odatda, kishi kattik uxlamagan vaqtida tush kuradi; uyku vaqtida, garchi zaif xolda bo’lsa xam, xar xolda, tugiladigan sezgilar, kishi organizmining xolati va extiyojlari, shuningdek, kishi bedor yo’rgan chogida tuygusida kechirgan xissiyotlar, uyku vaqtida beixtiyor paydo bo’ladigan tasavvurlar odamning tush ko’rishiga sabab bo’ladi. Ijodiy faoliyatga xamma vaqt fantaziya kushilgan bo’ladi. Birok xamma vaqt xam odamning amaliy harakatlarida hayol jarayonlari xamma vaqt darxol amalga osha bermaydi. Ko’pincha hayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan obrazlar shakliga ya’ni aloxida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Mana shunday kelajakda odam xoxlaydigan obrazlar orzu deb ataladi.
Hayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jixatlaridan fark qiladi. Hayolning bu xususiyatlari ayrim kishilarda turlicha namoyon bo’ladi va xar bir shaxsning uziga xos xarakterini belgilaydi. Hayol kengligi voqelikning kishilar hayol faoliyati uchun ob’yekt bo’ladigan soxalari doirasi bilan belgilanadi. Tabiatning xozirgi va kelajak xolati, odamlarning utmishdagi va kelakjakdagi tarixiy hayoti, yer ostidagi narsalar, osmon va undagi yulduzlar, texnika va san’at hayol faoliyati uchun ob’yekt bo’ladigan ana shunday soxalar jumlasidandir. Hayolning mazmundorligi biror ob’yektga nisbatan hayolda tugilayotgan tasavvurlarning boyligi xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun xam vallon kishining hayoli kam mazmun (hayoli kambagal) deb gapiramiz.
Hayol kengligi va mazmundorligi, odatda, bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Keng hayol ko’pincha mazmunga xam boy bo’ladi. Hayol kuchli va kuchsiz bulishi mumkin. Biz hayol kuchiga hayolda yaratilayotgan obrazlar voqelikni idrok qilishdan xosil bo’lgan obrazlarga kanchalik yaqinlashganligiga qarab, baxo beramiz. Ba’zan hayol shunchalik kuchli suratda ishlaydiki, biz hayol ob’yektlarini xudi kuzimiz bilan kurib, to’rgandek, kulogimiz bilan eshitib to’rgandek, yoki kulimiz bilan ushlab sezayotgande bulamiz. Hayol kuchi avvalo odam extiyojining, kizikishlarining va istaklarining kuchiga bog’liq bo’ladi. Faqat shu bugunnigina uylaydigan, shu bugungusiga magrur yoki uz-uziga magrur kishilarda hayol juda kuchsiz bo’ladi. Hayol kuchi kup daraja kishining umumiy axvoliga va nerv sistemasining xolatiga: kishining tetikligiga yoki charchab kolganligiga, sogligiga yoki betobligiga bog’liq bo’ladi.
Hayolning analitik xususiyati bo’yicha nemischa « tendens», lotincha «tendyege» kelib chiqqan bo’lib, psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti davomida har xil ko’rinishlarda hukm surib kelmokda. Analitik holat hayolning mazmunini, mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrofmuhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi jabhalarining qo’shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi hayolning asosiy vazifasi ekanligi g’oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida qat’iy ravishda ximoya qilinib kelinmoqsa. Ikkinchi tendensiya biosfera va neosfera to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiytarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali hayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan g’oyaga asoslanadi. Bu tendensiyada obrazlarning tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o’chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda inson xotirasida, ko’z o’ngida namoyon bo’lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham hayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo’lib, o’zaro birbirini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy hayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo’shadi, yaqqol voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg’ilar tasviri hamda tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi.
Tiklovchi hayol insoniyat tomonidan oldiN yaratilgan narsalar va hodisalar to’g’risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi, o’zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dogda qoldiradi. Har ikkala tendensiya uyg’unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi hayol turlari vazifasiga, ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin.
Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichi yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir.
Hayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Hayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo’shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat hayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. huperbo1ye bo’rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «schema» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «tupos» iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o’xshatma muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko’rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro’yrost yaxlitlashtirish imkoniyati yo’q xilmaxil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki hayoliy kompozitsiyasi to’qib chiqariladi (lotincha sotrozSho tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuligo’yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o’tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar.
HAYOL JARAYONLARI VA HAYOL TURLARI
REJA:
Do'stlaringiz bilan baham: |