Гештальтпсихологияда тафаккурни масалани интунтив олдиндан ечиш усули кабул киладилар.
Психоаналитиклар хам тафаккур муаммосини хал этишда уз хиссаларини кушганлар. Улар диккатни тафаккурнинг онгсиз турлирига каратганлар ва тафаккурни мотивлар ва эхтиёжлар билаи 6oгликлигини аниклаганлар.
А.Н.Леонтьев узининг тафаккур копцепциясида ташки ва ички фаолият тизимлари орасидаги аналогик муносабатлар мавжудлигига, назарий фаолиятга ташки амалий хатги-харакатларни ва аксинча Амалий фаолиятга ички тафаккур операцияларини киритган.
Тафаккурининг фаолият ва назарияси болаларни аклий ривожланиши ва таълим билан боглик булган муаммоларни хал килишга yз хиссасини кушган. У асосда П.Я.Галынерининг аклий хатти- харакатларнит этапма-этап шакллантириш назаряси, Л.В.3анковнинг «юкори даражадаги мураккаблик» тизимига асосан таълимни ташкил этиш назарияси, В.В.Давыдовнинг укувчиларда тафаккурни шакллантириш назнриялари юзага келган. Охирги йилларда тафяккурнинг информацион киберистик назариялари хам пайдо булмокда. ЭХМда кулланиладиган операциялар инсон тафаккур этишда куллайдиган операцияларга жуда ухшайди.
Тафаккур операциялари. Тафаккур жараёни махсус аклий операциялар куринишида юзага келади. Улар асосида бунга янги фикрлар,тушунчалар,
хулосалар пайдо булади.Улар куйидагилардан иборат:
1.Таккослаш. Бу фикрлаш операцияси булиб, предмет ва ходисалар орасида ухшашлик ва фарклар, тенглик ва тенгсизликлар, карама - каршиликларни намоён булишида куринади.
2.Анализ (тахлил) - яхлит предметларни кисмларга булиш ва уларни алохида хусусиятлари ва элементларини ажратиш. Апализнинг схемаларини куйндагича келтириш мумкин:
Cакраш хакида yйлap эканмиз хаёлан уни биз — югуриш, итарилиш, учти фазаси, ерга тушиш каби кисмларга ажратиб анализ (тахлил) киламиз.
3. Синтез — анализ (тахлилга) карама – Карши операция булиб, унда анализ жараёнида ажратиган булаклар асосида предмет яхлитланади. Масалан, югуриш, итарилиш, учти фазаси, ерга тушиш каби кисмларнинг яхлитланишида сакраш юзага келади.
4.Мавхумлаштириш - объектдан бирор-бир хусусиятни аклий ажратишда номоён буладиган фикрлаш операциясилар. Масалан.досканингкоралиги, хамда харакатланиш хакпда фикрлаш.
Масалан,ойна катop хусусиятларга эга - шаффоф, каттик, тез синувчи ва х.к. биз эса yни мавхум шаффоф хусусиятини ажратамиз ва абстракт фикрлаймиз.
5.Умумлаштириш - ухшаш.боклик хусусиятларни бир тушунчага жамлаш, яъни
бир турдан предметларни фикран бирлаштириш. Масалан, олма,олхури, узум, нок- мева:
дарахт, гул, ут-усимликлар.
Умумлаштириш схемасн куйидаги куринишга эгадир:
6. Аммо умумлиштнрнш ни мянхумлаштирмш - конкретлаштириш кяби уларгя карама - карши операцииип 10.1:11а кслишига сабаб булади. Масалан, умумлашган "уй хайвонлари" тушунчаси, "от, "куй", "мушук" каби тушунчаларда конкретлашди. Конкретлаштиришни маижуд булмаслиги укувчи билимида формализмни юзага келтиради.
7. Классификация - умумий, ухшаш хусусиятли предмет ва нарсаларни гурухларга булиш. Масалан, кугубхонидя кнтобларин жойлиштириш, фанляр классификациями.
8. Системалаштириш - умумий конуниятларга асосан фикран гурухларга булинган предметларни тартибга келтириш, системалаштириш белгилари - хронологик, фазовий, мантикийдир.
Хукм - тугалланган фикрдир. Хукм - предмет ёки хусусиятни тасдиклаш
ёки инкор этип билан боклик фикрдир.
Масаллн, "Тошкенг – Узбекистон пойтахти", "Тош сувда сузмайди". Хукмнинг куйидаги турлари мавжуд: бирламчи (ягона предмет хакида), хусусий ёки кисмий (предмет ёки ходиса кисмига хос), умумий (умуман предмет хакида). Улар таъкидловчи, инкор этувчи, рост, ёлгон, шартли, айирувчи (предметга бир неча хусусиятдан ягонаси тегишли булиш), хакикий, зарурий ва х.к. Хукмлар хулоса йули билап юзага келиши мумкин.
Хулоса - тафаккуршшг мантикий шакли булиб, бир неча маълум хукмдан ягона хулоса килинади. Хулосалар - индуктив, дедуктив, аналогик турларига булинади.
1. Индуктив хулоса - бир нечи бирламчи хукмлардан ягона хулоса килишдир.
Масалан, "Дарахт киздирилганда кенгаяди", "Темир киздирилганда кенгаяди", «Сув иситилганда кенгаяди»", хулоса- «барча жисмлар киздирилганда кенгаяди».
2. Дедуктнв хулоса - умумий хукмдан бирламчи хукмга хулоса килинади. "Барча металлар электр токини яхши утказади: «Алюминий металл». Демак "алюминий - яхши электр утказувчадир".
3. Аналогия - бирламчи, ягона хукмдан ягона, бирламчи хукмга чикарилади: "Куёшда ердаги каби элементлар мавжуд", "Куёшда гелий мавжуд" хулоса "демак, ерда хам гелий мавжуд булиши мумкин".
Шундай килиб, ерда геллий элементи очилган.
Айрим ходисаларни тушунтириш учун фанда кулланиладиган, лекин уларнинг тугрилиги етарли даражада асослаб берилмаган тахминий фикрлар фанда гипотезалар (фаразлар) дейилади. Амалиёт ва фанга карши булмаган ва амалиётда уз тасдикини топган гипотезалар назарияга айланади.
TAFAKKUR OPERATSIYALARI
Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko‘rsatgan.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo‘lasan qolasan ” deb uqtiradi.
To‘rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi, masalan:
- Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”;
- Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”;
- Zardo‘sht: “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”;
- Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‘lsa, o‘n ming kishiga teng”;
- Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: “O‘lim qo‘rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”;
- Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‘langan sahovatlilik”;
- Aristotel: “Do‘stlik birga yashashning zaruriy shartidir” deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‘rmaydigan inson yo‘q va bo‘lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‘ng qo‘lida va ham chap qo‘lida adolat tarozisini qo‘tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‘ngliga yo‘l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo‘lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‘lishi lozim . Arastu o‘zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma'lum vaqtlarda baxtli bo‘lib, qolgan vaqtlarda baxtsiz bo‘lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi.
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‘liqligi ham G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‘qmi, lekin falsafiy g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba'zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo‘ladi. Jumladan, qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron (mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‘lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‘zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan.
Shunga o‘xshash fikrlarga Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, Zardushtiylik ta'limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek “Chorvaka” qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, butun borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta'limoti bilan hamohangdir.
Oltinchidan, Sharq va G‘arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‘zining ikki ko‘rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo‘shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi, G‘arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – “g‘oyalar dunyosi” va “narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G‘oyalar dunyosi” umumiy tushunchalardan iborat, “narsalar dunyosi” esa “g‘oyalar dunyosi”ning in'ikosidir: “g‘oyalar dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar dunyosi” esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta'limoti uning “Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida o‘z aksini topgan, mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, “Kritiy” asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof “aksi”, uning “aksilmohiyati”. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish va harakat asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. Shunday qilib, Platon “g‘oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob'ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun “g‘oyalar dunyosi” birlamchidir.
Aristotel “Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta'limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e'tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: “Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi”. “Metafizika”da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular “umumiy metafizika” muammolaridir. Ammo “xususiy metafizika” ham mavjud bo‘lib, u “harakatsiz substansiya yoki birinchi boqiy dvigatel”ni o‘rganadi.
Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, aksariyat Sharq va G‘arb faylasuflarining falsafiy qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb etmaydi. Ularda boshqa g‘oyalar ham uyg‘unlashadi. Ammo materiya va ongning o‘zaro nisbati muammosining u yoki bu yechimi uning turli shakllarida – kosmos va tabiatni anglab yetishdan tortib inson va uning shaxsiy borlig‘iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan dunyoqarashidan dalolat beradi.
yettinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borishidir. Bu yerda gap fanga va falsafaning metodologik funksiyasiga bo‘lgan munosabat haqida ketmoqda. Falsafiy ta'limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatish konsepsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy ierarxiya bo‘yicha ham kattalarga nisbatan o‘z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi.
G‘arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ham falsafaning metodologik funksiyasi bo‘rtib namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan donishmandlik va shirinsuxanlik o‘qituvchilari degan nom bilan o‘rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni, muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda ish ko‘rishni va o‘z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni o‘rgatishni o‘z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki, qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‘z e'tiqodlarini himoya qilish yo‘lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning ko‘zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o‘z shogirdlariga o‘sha davrda mavjud bo‘lgan siyosiy an'analarda mo‘ljal olishni o‘rgatgan. Ayni shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e'tiroz bildirmay, Suqrot o‘z o‘limini ixtiyoriy ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‘lgan.
Sakkizinchidan, G‘arbda ham, Sharqda ham faylasuflar narsalar va hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o‘z metodlarini yaratganlar. Yangi davr tadqiqotchilari, Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari surganlar. Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan ongli ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy ta'limotlar, tizimlar va qarashlarga ichdan xos bo‘lgan metodlar sifatida amal qilgan. Faylasuflar, odatda, hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasini, ularning ziddiyatliligini, harakati va rivojlanishini, dunyoning yagonaligi va rang-barangligini, «umumiy yo‘l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun sifatida anglab yetadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o‘zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va jarayonlarni ko‘radi: hayot va o‘lim, uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‘yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o‘tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya'ni muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi.
INTELEKT VA KREATIVLIK NAZARIYALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |