O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi. korrupsiyaga qarshi kurashning axamiyati.
Reja:
1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
2. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqyelik.
Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suiiste'mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Ana shunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va bartaraf qilish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiyatimizning ma'naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat – korrupsiyadir. U ayrim hollarda o‘ta xavfli tusga kirmoqda". Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqqan holda har qanday jinoyatchilik ma'lum bir sabab va shart-sharoitlar ta'sirida vujudga keladi. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishda korrupsiyaga qar¬shi barcha yo‘nalishlarda qat'iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. Shu o‘rinda ta'kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. Shuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me'yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
Korrupsiya (lot. corruptio — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste'mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish harajatlarini ko‘tarish Korrupsiya ko‘rinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko‘rsatib "o‘z qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bog‘langan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo‘yicha "Lokxid ishi" eng yirik K. ko‘rinishlariga misol bo‘ladi. Porani xaspo‘shlash uchun yirik bitishuvlarda ko‘proq "xizmat haqi" to‘lash amaliyotidan foydalaniladi.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |