Korruptsiya sabablari va uning oldini olish
Hozirgi vaqtda korruptsiya davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga real tahdid solmoqda. shuning uchun ham, ishonch bilan aytish kerakki, agar ushbu korruptsiya jinoyatiga qarshi rejali va tizimli kurash olib borilmasa, davlatning inqiroziga olib keladi.
Ko‘pchilik huquqshunos olimlar korruptsiyaning kelib chiqish sabablari haqida turlicha fikrlarni bildirishgan.
M.Sh.Usmonovning fikriga ko‘ra, korruptsiyaning oldini olish va yo‘q qilish uchun uning ildizlarini aniqlash lozim va ukorruptsiyaning asosiy sabablari sifatida quyidagi — 4 ta omilni ko‘rsatadi.
Iqtisodiy ildizlar. Tarixap korruptsiya iqtisodiy hodisadir va tovar-pul munosabatlari bor joyda mavjud bo‘lib kelgan. Ayniqsa, ijtimoiy va iqgisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqariptsa intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘dgan davlat sharoitida \u rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheqlashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yo ruxsat berish, yo taqiqlash vakolati poraxo‘rlikka zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda. yirik
mablag‘larga ega bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar.
Huquqiy sabablar.Korruptsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqtsir. Nomukammal qonun ishlamaydi va poraxo‘rlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.
Institutsional sabablar. Bu sabablar jumlasiga, avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, xukumat faoliyatining yopiqligi, fuqarolik nazoratidan xoliligi yoki boshqa so‘z bilan aytganda, notransparentligi kiradi.
Ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit.Bunga aholining xuquqiy bilimi va madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi kabi omillar sabab bo‘ladi.
Fikrimizcha, poraxo‘rlikni yo‘q qilish uchun targibot tadbirlari va repressiv choralar kifoya qilmaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda korruptsiyaningiqtisodiy, huquqiy, institutsional va ijtimoiy ildizlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «Uzbekistan XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida mamlakatimiz va dunyo xaritasidagi yangi mustaqil davlatlarning barqarorligi va xavfsizligi yo‘liga taxdid solib turgan korruptsiya va jinoyatchilikning ildizlari hamda ularning kelib chiqish sababi, shart-sharoitlarini chuqur tahlil etib, korruptsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurash strategiyasini belgilab berganlar.
Yurtboshimizning goyalari va bevosita tashabbuslari hamda rahbarligida mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, «korruptsiya - jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘gridan-to‘g‘ri tahdid», deb e’tirof etilib, unga qarshi kurash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilgan. Bizning davlatimizda korruptsiyaga qarshi tizimli, muntazam va uzluk- siz kurash olib borilmoqda.
Eng avvalo, mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridayoq, xukumatimiz tomonidan iqtisodiy choralar ko‘rildi, ya’ni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalari qatoriga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta’minlash masalalari ko‘tarilib, mazkur vazifalar bugungi kunda muvaffaqiyatli ravishda izchil amalga oshirilmokda.
Muhtaram Yurtboshimiz, Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bu haqda so‘z yuritib: «Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funktsiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shugullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘q», deb ta’kidlagan edi.
Kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish kontseptsiyasi va amaliyoti, mana shu jarayonni xukuqiy, tashkiliy nuqtai nazardan ta’minlash ayni shu maqsadga erishishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi siyosat turli davlat dasturlari va qarorlarining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Masalan, 2004 yildagi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamalakatni isloh qilish va modernizatsiyalash dasturining maqsad va vazifalarida namoyon bo‘ladi. 2008 yil O‘zbekiston BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga qo‘shildi va korruptsiyaga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tashkil qilindi.
2010 yil sentyabrda ishchi guruh Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy reja loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjat korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli siyosiy hujjat bo‘lib, unda maqsadlar, asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilangan va korruptsiyaning oldini olish va qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilikning ishtiroki, ularni o‘qitish masalalalari o‘z aksini topgan.
2010 yil mart oyida Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr” tomonidan aholi o‘rtasida korruptsiya masalalari bo‘yicha maxsus so‘rov o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi siyosatida asosiy e’tiborni
jamoatchilikning xabardorlikni oshirish va korruptsiyaga qarshi kurashda ta’limga, milliy qonunchilikning qoidalarini keng omma e’tiboriga yetkazishga qaratadi.
Mamlakatimizda bu borada, bir tomondan, qonunning mutloq ustunligi va fuqarolarning xuquqlari kafolatli himoya qilinishi va ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa, yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish davlat miqyosida asosiy ustuvor vazifa etib belgilangan. Shuningdek, asosiy e’tibor korruptsiyaga qarshi kurashni huquqiy jihatdan ta’minlash masalasiga qaratilgan.
Uzbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq, muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklari ostida yangi qonunlar qabul qilish borasida ish olib borildi. Buning natijasida, qator kodekslar, juda ko‘p qonunlar qabul qilindi. Xususan, 1994 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida korruptsiya alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishlar; hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish; hokimiyat yoki man- sab soxtakorligi; pora olish; pora berish; xizmatchini pora evaziga og‘dirish; uyushgan jinoyatchilik; shuningdek, jinoiy yo‘l bilai topilgan daromadlarni legallashtirshtsga Jinoyat kodeksining 205-214, 243-moddalarida 20 ga yaqin jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan.
1994 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining JKda BMTning 2003 yilda qabul qilingan xalqaro konventsiyasida nazarda tutilgan korruptsiya jinoyatlari uchun javobgarlik belgilangan edi. Respublikamiz jinoyat qoninida poraxo‘rlikning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori ekanligi e’tiborga olinib, ular uchunog‘ir jazo nazarda tutildi.
Hozirgi vaqtda jinoiy jazolar liberallashtirilayotgan, sud-huquq islohotlari amalga oshirilayotgan bo‘lsada, poraxo‘rlik uchun belgilangan jazo choralari liberallashtirilgani yo‘q. Bu ham mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi keo kin va izchyl kurash olyb borilayotganidan dalolat beradi.
Korruptsiyagaqarshi kurashborasidaqator institutsional chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligida muhtaram Prezidentimiz» ning farmonlari bilan “Tashqi iqtisodiy faoliyatda korruptsiya, talon-taroj va boshqa suiistemolchiliklarga qarshi kurash boshqarmasi»(1992), «Iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash Bosh boshqarmasi»(1998 yil) jinoyatchilikning eng xavfli turi hisoblangan korruptsiyaga qarshi kurash olib boruvchi maxsus tuzilmalar tashkil etilgan va ular korruptsiyaga qarpsh izchil kurash olib bormokdalar.
Buvdan tashqari, respublikada ilk bor Hisob palatasi ta’sis qilindi, Uzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida tashkil etilgan soliq, valyutaga o id jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, bevosita Respublika Bosh prokuraturam, Ichki ishlar vaziri, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, MXX raisi hamda DSQ raisiga bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspektsiyalar hamda boshqa tuzilmalarni keltirish mumkin.
M.Sh.Usmanov ta’kidlashicha, bugungi kunda korruptsiyaning iqtisodiy ildizlarini bartaraf qilish uchun muntazam ravshida iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va davlat boshqaruvini takomillashtirish dasturi hayotga tatbiq etilmokda. Kichik va o‘rta biznes, fermerlarning faoliyatini turli nazorat organlari tomonidan tekshirishni kamaytirish bo‘yicha Prezidentimiz rahbarligi ostida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bu choralar muayyan natijalar bermoqda. Ammo hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar ham ko‘p.
Hozirgi globallashuv davrida ichki poraxo‘rlik bilan birga birgalikda xalqaro korruptsiya ham paydo bo‘ldi va rivoj topdi. Yirik transmilliy korporatsiyalar o‘z maqsadlariga erishish uchun nafaqat alohida hukumat amaldorlarini, balki xalqaro tuzilmalar va moliyaviy tashkilotlar vakillarini ham sotib olmoqtsalar. XX asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan AQShning «Lokxid» aviasozlik firmasining raqobatda yutib chiqish uchun Yaponiya va Yevropa davlatlari mas’ul amaldorlarini poraga sotib olish uchun qilgan harakatlari bilan bog‘liq katta janjal hammaga ma’lum. Bundan tashqari, bugungi kunda uyushgan jinoyatchilik, transmilliy xarakterga ega bo‘lmoqtsa. BMTning ma’- lumotlariga ko‘ra, xalqaro kriminal sindikatlar yiliga umumiy qiymati 2 trillion AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan giyohvand moddalar, qurol-aslahaning gayriqonuniy oborotini, inson trafigi jinoyatini sodir qilishgan. Bularning barchasi, oxir-oqibat korruptsiya bilan bevosita bogliq, chunki bu ko‘lamdagi jinoyat faoliyatini, ayrim amaldorlar va huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillarining g‘arazli homiyligisiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Demak, korruptsiya nafaqat alohida davlat, balki xalqaro xavfsizlikka ham jiddiy taxdid soluvchi manbadir.
Hozirgi davrda hech bir davlat alohida holda, korruptsiyani batamom yo‘q qila olmaydi. Bu kurash xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Birinchi navbatda, mamlakatlar, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro ta’sir va o‘zaro hamkorlikni keskin kuchaytirishni, o‘z navbatida, poraxo‘rlikka qarshi kurashning yagona huquqiy makoni barpo etilishini taqozo qiladi. Har bir davlat xorijiy hamqorlar bilan yagona huquqiy tilda, ya’ni jahon hamjamiyati tomonidan umum e’tirof etilgan xalqaro hujjatlar asosida hamkorlik qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |