Xalqaro munosabatlardagi tarkibiy o‘zgarishlar, keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, ekstremizm va terrorchilikning turli ko‘rinishlari faollanishi bilan mudofaa qobiliyati va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan mudofaa doktrinasida suveren davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida o‘zining tashqi va mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish, yalpi tinchlikka, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratilishini ta’kidlab o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |