1. Oynaning eng uqorisida dastur nomi yozilgan qator mavjud. Shu qatorning o`ng tomonidagi burchakda uchta boshqaruv tugmalar joylashgan.
- «Svernut» (yig`ibolish) tugmasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilovaoynasi «Masalalar paneli» qatoriga («Pusk» tugmachasi joylashgan qatorga) to`rtburchak shakldagi tugmacha ko`rinishida (darchadek) yig`ib olinadi. Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi holatiga qaytaradi.
- «Razvernut» (yoyish) tugmasi.Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilovaoynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilovaoynasiga) yoyib tashlanadi. «Razvernut» tugmasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski tugma o`rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi tugma paydo bo`ladi. Hosil bo`lgan tugmaning ustida sichqoncha bosilsa, oynaoldingi holatiga qaytadi.
- «Zakrыt» (yopish) tugmasi.U joriy ilovaoynasini yopadi.
2. Oynadagi keyingi qatorda menyular qatori joylashgan.
Agar birorta menyuning ustiga sichqonchako`rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, o`sha menyuning buyruqlar ro`yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida sichqonchani bir marta bosish zarur.
Menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez ishlatilatilishini osonlashtirish uchun «Standartnaya» (standart)
va «Formatirovanie» (formatlash) uskunalarqatoridanfoydalaniladi.
Uskunalarqatoridankeyinsahifayuqorisidagorizontalvavertikalchizg`ich (lineyka) larjoylashgan.Bu chizg`ichlar sahifadagi matnlarni tanlangan chegarada yozilishini ta`minlaydi. Bundan tashqari hujjat yaratishda chizg`ich orqali xat boshini ham tanlash mumkin.
Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal siljitgichlar mavjud bo`lib, ular yordamida hujjatning ekranga sig`magan qismini ko`rish imkonini beradi.
Gorizontal siljitgich joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko`rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o`ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko`rsatkichi bosilsa – hujjatning o`ng tomoni ko`rsatiladi.
Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo`nalishlariga mos qismini ko`rishda foydaniladi. Vertikal siljitgichning pastki qismida joylashgan
tugmachalarningikkichetdagisimosravishdaoldingisahifagao`tishvakeyingisahifagao`tishamallarinibajaradi.Klaviaturada bu amalni Page Up va Page Down tugmachalari bajaradi.
Savol va topshiriqlar
Word matn protsessori qanday imkoniyatlarga ega?
Word matn protsessori ishga tushirish usullarini aytib bering.
Word matn protsessori oynasining tuzilishini aytib bering.
Menyular qatorida qanday menyular bor?
Buyruqlarni tez ishlatish uchun nimadan foydalaniladi?
Holat qatorida qanday ma`lumotlar aks ettiriladi?
Matn muharrirlari va matn protsessorlari orasidagi qanaqa farq bor?
Gorizontal va vertikal chizg`ichlar qanaqa vazifani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |