Reja: kirish xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar


Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi



Download 457,71 Kb.
bet4/12
Sana30.05.2023
Hajmi457,71 Kb.
#945906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja kirish xo\'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahli

3.Materiallar, inventarlar va xo'jalik jihozlari hisobi
Inventarlar va xo‘jalik buyumlari – bu quyidagi shartlarning biriga javob beruvchi mehnat vositalari va predmetlari (xo‘jalik inventarlari):
a) xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan;
b) qiymati bir birlikga sotib olish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha bo‘lgan.
Qiymatidan qat’iy nazar inventarlar va xo‘jalik buyumlariga quyidagilar kiradi:
•Maxsus instrumentlar va moslamalar;
• Maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus payofzal;
•O‘rindiq buyumlari (ko‘rpa, yostiq, choyshab va shu kabilar.);
• Kanselyariya buyumlari (kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar);
•Oshxona inventarlari (qoshiq, vilka, qozon, choynik-piyolalar, pichoq, skatert va shu kabilar);
•Vaqtinchalik moslama va qurilmalar (titulsiz inshoatlar)- taxta yo‘lkalar, yuvinish xonalari, hojatxona va shu kabi qurilish-montaj ishlari tugagach ularning qiymatiga kiruvchi moslamalar;
• Xizmat muddati bir yilgacha bo‘lgan smena jihozlari;
•Baliq ovlash qurollari (qarmoq, to‘r va shu kabilar).
Buxgalteriya hisobida inventarlar va xo‘jalik buyumlari turgan joyiga qarab aks ettiriladi. Ushbu belgisiga ko‘ra ular ikki guruhga bo‘linadi:
• Ombordagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari.
• Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik buyumlari. Mos ravishda inventarlar va xo‘jalik buyumlari quyidagi schetlarda hisobga olinadi:
1.Ombordagi zahiralar - 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schyotida.
2. Foydalanishdagi qismi – 014 « Foydalanishdagi inventarlar va xo‘jalik
buyumlari» balansdan tashqari schyotda.
Korxonaga barcha manbalardan kelib tushgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari (ta’minotchilardan, ta’sischilardan, bepul berilgan va boshqalar) № 1080 «Inventarlar va xo‘jalik buyumlari» schetiga kirim qilinadi (Debet 1080 Kredit 6010,4610,8530,4220,6990,1010-1090, 4110,9390,5010 va boshqalar). Ombordan foydadanishga berilgan inventarlar va xo‘jalik buyumlari birdaniga harajatlar schyotlariga hisobdan chiqariladi (Debet 2010,0810,9410,9420 va boshqa schyotlar Kredit 1080). Bir vaqtning o‘zida ishlatishga berilgan inventar va xo‘jalik buyumlari 014- balansdan tashqari schetning kirimida aks ettiriladi. Ushbu schyotdan ular xizmat muddati tugaganda, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganida maxsus dalolatnomalar asosida chiqim qilinadi.
Inventarlar va xo‘jalik buyumlarining sotilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi 9220 «Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimlari» schetining debetida va 1080- schetning kreditida tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH
Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to‘laydi.Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. QQS 15 foizlik stavkada undiriladi.
QQS ikki xil usulda hisoblanadi:1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SQQS = STob * SS/100;
Bunda: SQQS – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
STob - soliqqa tortiladigan aylanma;
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
SQQS = Tq*SS/(SS+100);
bunda: Tq — qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan Tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Tovar-moddiy zaxiralar — faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim:
mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
ayirboshlash;
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
hisobot davri oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita qiymatlardan eng pasti bo‘yicha amalga oshiriladi:
balans tuzilayotgan sanadagi tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi);
balans tuzilayotgan sanadagi realizatsiya qilishning sof qiymati.
Buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarxi qonun hujjatlari va mazkur Standart bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda o‘zgartirilmaydi.
Tashkilot tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar olish uchun ishonchli shaxsga yozma ishonchnoma beradi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma bo‘yicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi. 1-jadval

Tovar-moddiy zaxiralar berilganidan keyin ishonchnoma ishonchnomalar bo‘yicha topshirilayotgan boyliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
Tashkilot ishonchnomalari bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar quyidagi hollarda berilmaydi:
to‘ldirish tartibini buzgan holda yoki to‘ldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
tuzatilgan va bo‘yalgan joylari mavjud bo‘lgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsning pasporti taqdim etilmaganda;
ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar olinganda;
uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganda.


Download 457,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish