Reja: kirish tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarining nazariy asoslari Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining


Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining zamonaviy holati



Download 42,91 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2022
Hajmi42,91 Kb.
#426573
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi Doniyorbek

2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining zamonaviy holati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida keng islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni barcha jabhalarini tubdan o`zgartirish yo`liga kirib borishi mamlakat bank tizimini qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini amalgan oshirishga kerak bo`lgan yangi vazifalarni belgilab berdi. Xuddi shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar uchun yangi imkoniyatlarni va o`z xokimiyati doirasini kengaytirish hamda barqaror daromadni olib, bankni likvidligini ta`minlash istiqbolini ochib berdi. Bank investitsiyalarini tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining aktivlar likvidligi, tarkibi va sifatini tartibga soluvchi yo`riqnomalari hamda boshqa qonun osti hujjatlari muhim rol o`ynaydi.
Investitsiyalar tuzilmasining o`z vaqtida va to`liq qilingan tahlili ham o`z navbatida muhim ahamiyatga ega, chunki bu tahlil natijasida investitsiyalardan foydalanishdagi tendentsiyalarni aniqlash hamda samarali investitsiya siyosatini ishlab chiqishga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotida investitsiyalar tuzilmasi asosan xususiy investorlar va tadbirkorlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar natijasida shakllanadi. Biroq davlat bu portfeldan tashqarida bo`lmasligi kerak. O`z moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, tijorat banklar O`zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida ham eng yirik brokerlar va dilerlar sifatida ish yuritadi. O`zbekistonda ko`p tijorat banklari o`z mablag’larini turli xildagi moliyaviy dastaklarga qo`yish yo`li bilan qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantiradilar. Bunda bank portfelni yuyori likvidli va yuyori daromadli fondlardan shakllantirib, aniq investitsiya siyosatni ishlab chiqadi. Bank tomonidan o`z hisobiga amalga oshiriladigan fond qimmatli qog’ozlari bilan dilerlik operatsiyalari keng tarqalgan bo`lib, ularning maqsadi qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotish bahosidagi farqdan foyda olishdir. Agarda tijorat banki brokerlik faoliyatini amalga oshirayotgan bo`lsa, O`zbekiston qonunchiligiga ko`ra, uning operatsiyalari fond birjasi orqali amalga oshirilishi lozim. Buni hisobiga olib, tijorat banklarining brokerlik funktsiyasi brokerlik idoralari tarmog’i orqali amalga oshiriladi. O`zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklar investitsiya faoliyatining faollashuvi shuni ko`rsatadiki, bu faoliyat tijorat banklari uchun foydalidir va umuman olganda qimmatli qog’ozlar bozorida raqobatchilik muhitining faollashuviga ko`maklashadi.
Qonunchilikka ko`ra, O`zbekiston tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlar va dilerlar sifatida faoliyat yuritadilar. Birinchi funktsiyani ular banklarning brokerlik idoralari tarmog’i orqali amalga oshiradilar (barcha brokerlik idoralarining 11 foizi). Bugungi kunda tijorat banklari qimmatli qog’ozlarning milliy bozorida o`z mavqeiga ega. O`zbekistonda tijorat banklarni aktivlarida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar ulushi 0,10 foizga yaqinni tashkil qiladi. AQSHda bu ulush 25 foizga yaqin.
Investorlarning turli toifalari uchun banklar maslahat xizmatlarining keng ko`lamini ko`rsatishlari mumkin: mijozlarni investitsiya strategiyasini shakllantirishga ko`maklashish, loyihaviy moliyalashdan boshlab, to qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish hamda sotib olingan aksiyalar bo`yicha dividendlar olishgacha.
Shuningdek, 2012 yil davomida banklarning 258,7 mlrd. so`mlik uzoq muddatli obligatsiyalari investorlar o`rtasida joylashtirilgan bo`lsa, aholi va xo`jalik yurituvchi subyektlarga sotilgan depozit sertifikatlari qoldigi 445,6 mlrd. so`mni tashkil qildi.
O`zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning investitsiya institutlar sifatida faolligi bu faoliyat tijorat banklari uchun foydali va umuman olganda fond bozorida raqobatchilik muhiti faollashuviga yordam beradi, degan xulosaga olib keladi.
Xususiy va korporativ mijozlar bilan faol ishlash, Bank uchun an`anaviy bo`lgan maxsulotlarni takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini rivojlantirish - 2019 yil yakunlari bo`yicha katta moliyaviy natijalarga erishishga, amaliyotlarning samaradorligini oshirishga va biznesni jiddiy ravishda kengaytirishga imkoniyatlar yaratdi. Bank xizmatlariga bo`lgan talablar o`sishi va O`zbekiston banklari orasida raqobat darajasini oshishi, bank aktivlarini shakllanishida o`z aksini topdi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2019 yil 28 iyulda qabul qilingan “ Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini yanada mustahkamlashga dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. Mazkur Qarorga muvofiq banklarga berilgan qator imtiyozlar natijasida bank qarz qimmmatli qog’ozlarining muomaladagi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, banklar tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozlari – obligatsiya va depozit sertifikatlarining muomaladagi hajmi 2019 yil yakunida 704,3 mlrd. so’mni tashkil etib, 2020-yil yakuniga nisbatan 60 foizga o’sganligi buning yorqin timsolidir.
Ko’rsatib o’tilgan Qarorga muvofiq banklarning qarz qimmatli qog’ozlarini 1 yildan ortiq muddatga xarid qilgan sarmoyador – yuridik shaxslarning olinadigan foizli daromadlari bo’yicha besh yil muddatga soliqqa tortishdan ozod qilindi3. Bugungi kunda moliya-bank sektorida inqirozga qarshi davlat belgilab bergan dasturlarning ijrosini ta’minlash hamda banklarning faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalqaro standart hamda talablarga mos holda rivojlanishini ta’minlash muhim jarayon bo’lib kelmoqda. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, 2019-2020-yillar mobaynida tijorat banklarining aktivlari strukturasining analitik ko’rinishi deyarli o’zgarishga uchramadi. Shunday qilib, tijorat banklarining jami pul va uning ekvivalentlari hajmi 2019-yil IV choragida 2,99% (2011-yil IV choragida 2,98%) bank aktivlarini qamrab oldi. Bu bilan tijorat banklarining solishtirma hajm vositalari 15,74% dan 16,69% ga yuqorilaganini, xalqaro bank pul bozorlarida solishtirma hajm vositalari esa 17,31% dan 17,99% ga yetkanini ko’rish mumkin. Tijorat banklarining kreditlash faoliyatida joriy yilda kredit portfelining ulushi 34,53% dan 50,28% ga o’sganini kuzatish mumkin. “Axbor-Reyting” reyting agentligining ko’rsatishicha, 2020-yilning oxiriga borib agarda barqaror o’sish shu tariqa ketadigan bo’lsa, uzog’i bilan 56-58% aktivlarni tashkil etadi. Bank aktivlarining asosiy ulushi kredit portfeli hissasiga to`g’ri kelib, sof ssudalar miqdori 2255,5 mlrd.so`mni yoki 65,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida joylashtirilgan pul mablag’lari - 270,4 mlrd.so`mni yoki 7,8 foizni, boshqa banklardagi mablag’lar - 670,2 mlrd.so`mni yoki 19,4 foizni, boshqa aktivlar - 71,1 mlrd.so`mni yoki 2,1 foizni, investitsiyalar - 35,9 mlrd.so`mni yoki 1,8 foizni, pul mablag’lari - 53,4 mlrd.so`mni yoki 1,5 foizni, asosiy vositalar – 1,8 foizni va davlat qimmatli qog’ozlari portfeli - 77,8 mlrd.so`mni yoki 2,2 foizni tashkil qilgan. 2011 yil natijalariga ko'ra, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshirilgan jami bitimlar hajmi 137,3 mlrd. so'mni tashkil etdi va bu fond birjasi umumiy savdo aylanmasining 64,4% ini tashkil etadi. Korporativ qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirishning umumiy hajmida (93,4 mlrd.so'm) tijorat banklarining ulushi 67,8% (63,4 mlrd.so'm) ni tashkil etdi. Bu borada eng yuqori ko'rsatkich 2010 yilga to’g’ri keladi. 2011 yilda ushbu ko'rsatkichni anchagina pastlaganligini ko'rish mumkin. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bank kapitali yetarlilik darajasi miqdorining muntazam oshib borishini ta’minlamoqda. Xususan, yakunlangan 2019 yilda kapitalning yetarlilik darajasi 24,3 foizga teng bo’lib, xalqaro bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talabi (8 foiz)ga nisbatan 3 barobardan yuqori miqdorni tashkil etgandi.
Ma’lumki, Prezidentimizning “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” 2019 yil 19 martdagi PQ-1727-sonli qarori Koreya fond birjasi taklifi asosida respublikamiz fond bozorini modernizatsiya qilish, unga zamonaviy texnologiyalar va investorlarning keng qatlamini jalb qilish imkoniyatlarini yaratdi. Mazkur Qarorga muvofiq Koreya fond birjasi bilan bir qatorda fond bozorining faol ishtirokchilari hisoblangan- “O’zsanoatqurilishbank”, “Xalq banki”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” va “Asaka” banklarga Toshkent respublika fond birjasi aksiyadorlari sifatida qatnashish huquqlari berildi. Toshkent respublika fond birjasi savdo aylanmasi tahlili bank qimmatli qog’ozlari eng xaridorgir ekanligini ko’rsatmoqda. Jumladan, 2019 yil davomida fond birjasi umumiy savdo aylanmasida 51,6 foizi, birlamchi joylashtirishga oid savdolarning 78,5 foizi bank qimmatli qog’ozlari hissasiga to’g’ri keladi.
Ayniqsa, birja savdolarida eng ko’p hajmda qimmatli qog’ozlarning 10 ta emitent 20 qatoridan quyidagi banklar o’rin olgan:
“Agrobank” jami birja savdo aylanmasida – 17,6%;
“Asaka” bank11,1%;
“Kapitalbank” – 6,2%;
“Aloqabank” – 2,99%;
“Trastbank” va “Samarqandbank”larning aksiyalari jami birja savdo aylanmasida – 2%dan ortiqni tashkil etadi


Download 42,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish