Reja Kirish Tijorat banklari majburiyatlari tahlili Tijorat banklari majburiyatlarini samaradorligi tahlili Tijorat banklari depozitlari tarkibi va dinamikasi tahlili Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Download 0,9 Mb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#318306
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Gayrat


Reja

Kirish


1.Tijorat banklari majburiyatlari tahlili

2.Tijorat banklari majburiyatlarini samaradorligi tahlili

3.Tijorat banklari depozitlari tarkibi va dinamikasi tahlili

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Hozirgi kunda bank va banklar faoliyati dunyo bo'yicha juda tez suratlarda o'sib borayotgan bir vaqtda bizning bank va bank faoliyati tizimi ham shu butun jahon tajribasi bilan hamohang bir suratda o'sib borishga harakat qilmoqda. Aynan shu bank va bank faoliyatini rivojlanishida katta o'rin ro'l o'ynaydigan jarayon bu bank va bank faoliyatini tahlil qilishdir. Tijorat banklari majburiyatlari tahlili bank faoliyatini yo'lga qo'yishda va tartibga solishda muhim o'rin tutadi. Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uning har tomonlama chuqur tahlil etilishiga asoslanadi. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘stirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar to‘liq o‘rganiladi.Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshi riladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas.

Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa, uning mijozlari o‘z faoliyati uzliksizligini ta’minlashining iloji bo‘l may qoladi. Mijozlar faoliyati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishiga bog‘liq.Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo‘ladi. Buning u chun esa eng avallo, bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ush bu vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo‘lgan mablag‘lar va ularning manbalari, o‘z mablag‘lari hamda majburiyatlari tarkibi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag‘larni samarali yo‘naltirish, bankning likvidliligi, to‘lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar chuqur o‘rganilmog‘i zarur.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish