Guruhlararo nizo.
Guruhlararo nizo, ya’ni guruhlar (rasmiy va norasmiy) o‘rtasidagi hamda kasaba uyushmalari va ma’muriyat o'rtasidagi. Xizmat guruhlari ko‘pincha maqsadlardagi farqlari
tufayli bir-birlari bilan nizolashadilar. Masalan, xaridorga sotish bo‘limida hamma vaqt ham buyurtmalarni bajarish uchun ko‘proq tovar zaxiralari bo‘lishi kerak, bu o‘z navbatida, xarajatlarning ko‘payishiga olib keladi va buning oqibatida, u moliyaviy va boshqa bo‘limlarning manfaatlariga zid bo‘ladi.
Bevosita menejerlar muhitidagi nizolarning bir necha turlarini ajratish mumkin, ya’ni:
— boshqaruvning har xil darajasidagi menejerlar o‘rtasidagi;
— menejerlar va korxonaga bosim o‘tkazuvchi guruhlar o‘rtasidagi;
— ham alohida shaxslar va ham menejm entning turli g‘oyalar manbalari katta va kichik yoshdagi boshqaruvchilar vakillari bo‘lgan menejerlar o‘rtasidagi;
— menejerlar va jamiyatdigi turli tashkilotlar (kasaba uyushmalari, birlashmalar, matbuot guruhlari, va h.k.) o ‘rtasidagi.
Shuni ta’kidlash kerakki, nizolarni turlarga bo‘lish yetarlicha shartlidir. Nizolarning har xil turlari o'rtasidagi qat’iy chegaralar mavjud emas va am aliyotda quyidagicha nizolar vujudga keladi:
tashkiliy vertikalli shaxslararo, gorizontalli ochiq guruhlararo va boshqalar.
Shaxs va guruh o’rtasidagi nizo sabablari.
1. Hamma vaqt cheklangan resurslarni xodimlar yoki bo‘linmalar o‘rtasida taqsimlanishi. Rahbariyat materiallari, kishi resurslari va moliyaviy m ablag‘larni tu rli guruhlar o‘rtasida shunday taqsimlashgaharakatqiladiki, u tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga yordam bersin. Bunda har bir guruh oz emas, balki ko‘proq olishni istaydi natijada nizo vujudga keladi.
2. Vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda boshqa odam yoki guruhga bog‘liq bo‘lgan barcha yerda mavjud bo‘ladi.
3. Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bo‘linmalarga bo‘lingan vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladi. U lar o‘z maqsadlarini o‘zlari shakllantiradilar va ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko‘proq e’tibor qaratishlari m um kin.
4. Vaziyat va flkrlarni baholashdagi farqlar. Qandaydir vazi- yat haqidagi tasavvur m a’lum maqsadga erishish istagiga bog‘liqdir. Vaziyatni obyektiv baholashning o‘rniga, odam lar, ularning fikrlariga ko‘ra, faqat o‘zlarining guruhlari va shaxsiy ehtiyojlari uchun qulayroq vaziyatning muqobilligi va jihatlarini ko‘rib chiqishlari mumkin. Masalan, qo‘li ostidagi kishi o‘zini ham m a vaqt ham o‘z fikrini ifodalash huquqiga ega deb hisoblaydi, shu bilan bir vaqtda rahbar, qo‘li ostidagi kishi faqat undan so‘ralgan payt o‘z fikrini ifodalash huquqiga ega va unga aytilgan narsani so‘zsiz bajarishi kerak deb hisoblaydi.
5. Xulqning odatlar va hayot tajribasidagi farqi. Tadqiqotlarga ko‘ra turli hayot tajribasi (m a’lumot, ish staji, yoshivaijtimoiy ta ’riflar)ga ega kishilar ham m a vaqt ham to ‘liq o‘zaro bir-birlarini tushunishga erisha olmaydilar. Ularning hamkorlik qilishlarida nizolar vujudga keladi.
Nizolarning salbiy oqibatlari.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo’llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi quyidagi ko’rinishdagi disfunsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin ya’ni:
qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik, norozilik;
yomon ruhiy holat;
qo‘nimsizlikning oshishi;
mehnat unumdorligining pasayishi;
kelajakda hamkorlikning susayishi;
o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;
qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa faqat “salbiy” deb o‘ylash;
hamkorlikka chek qo‘yish va qarama – qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;
o‘zaro munosabat va hamkorlikni sussaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;
urg‘uni o‘zgartirish: diqqat e’tiborni ko‘proq real muammoniyechishgaemas, balki nizo jarayonida “g‘olib” chiqishga qaratish.
Nizolarni boshqarish
Eng ideal holatda boshqaruvchi nizolarni hal qilibgina (bartaraf etib) qolmasdan, ularni boshqara olishi ham lozim deb hisoblanadi.
Nizolarni boshqarish nizoli vaziyatni o‘zgartirish, zarurat tug‘ilganda esa umuman bartaraf qilishdan iborat. Nizoni hal etishning hal qiluvchi belgisi to‘qnashuvni, ya’ni nizo predmeti, maqsadi, ob’yektini bekor qilishdir.
Xulosa
Men bu mustaqil ishni tayyorlash davomida nizolarning nazariy tahlili, nizoning turlari va ularni yuzaga kelish sabablari, nizo jarayonining asosiy bosqichlari va ularni boshqarish, tartibga solish, hal etish usullari oqibatlari haqida hamda adaptasiya tushunchalariga batafsil to’xtalib o’tdim. Mustaqil ishni tayyorlashda internet manbalari va adabiyotlardan foydalandim va shu asosda berilgan mavzuni kengroq yoritib berdim
Do'stlaringiz bilan baham: |