4.XALQARO TAJRIBALARDA KREDIT RISKINI PASAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI
Yuqorida biz kredit riskini boshqarish bo’yicha mamlakatimzda qo’llanilib kelinayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Quyida esa xorijda qo’llanilib kelinayotgan, kredit riskini boshqarish bo’yicha o’rnatilgan me’yorlar bilan tanishib chiqamiz.
Barcha rivojlangan davlatlarda bank tizimi iqtisodiyotning boshqa tizimlariga qaraganda eng qattiq nazorat qilinadigan obyekti hisoblanadi. Bank faoliyati “pul savdosi” bilan shug'ullanuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatiga nisbatan ko'proq umumiy xususiyat kasb etadi. Banklar mijozlar, tashkilotlar, sanoat va tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning himoyasini o'z zimmalariga oladilar va o'z qarzdorlarining to'lov qobiliyatini kuzatib boradilar. Kreditlarni o'z vaqtida qaytara olmagan qarzdorlar bank talabi bilan o'z korxonalarini boshqarish huquqidan mahrum bo'ladilar.
Banklarning turi ba'zi bir mamlakatlarda har xil bo'lsada, ular ustidan ko'plab cheklovlar o'rnatilgan. Shulardan eng umumiy va muhimlari quyidagilardir:
1.Bank vakolatining chegarasi.
Riskni pasaytirish maqsadida bank portfellaridagi bir qator aktivlarga hamda bank faoliyatining ba'zi turlariga chegaralar o'rnatilgan. Ko'pincha likvidlilik darajasining pastligi va shu turdagi investitsiyalar bilan bog'liq risklarning ulushi kattaligidan banklarning ko'chmas mulkiga bevosita egalik qilish huquqi cheklanadi.
2.Kredit hajmini cheklash.
Kredit portfelining ulushi tegishli kredit diversifikatsiyasi yo'li bilan pasaytirilishi mumkin. Uning asosiy yo'llaridan biri individual kredit hajmining yuqori chegarasini belgilashdan iborat. Bu yo'ldagi keyingi qadam aniq bir iqtisodiy soha yoki tarmoqga berilayotgan kredit miqdori va hajmini cheklashdan iboratdir.
3.Egalik huquqining cheklanishi.
Ba'zi mamlakatlar nomoliyaviy tashkilot va kompaniyalarning tijorat banklariga egalik qilib olishlariga ruxsat bermaydi. Chunki bu narsa kredit mablag'larini shaxsiy maqsadga va bank egalari uchun eng qulay va foydali sharoitlarda ishlatishga olib keladi.
4.Kapitalga talab.
Kapitalning minimal hajmiga talab riskni nazorat qilish va yo'qotishlar riskini pasaytirishning eng muhim omillaridandir. Kapitalning darajasini pasaytirish riskli operatsiyalar bo'yicha daromadlar va zararlar o'rtasidagi mutanosiblikning pasayishiga olib keladi.
Oxirgi yillarda G'arbning asosiy davlatlarida “riskli” kapitalga talablarning standart to'plami kiritilmoqda. Bank balansining aktivlari kredit risk darajasida bir nechta kategoriyaga ajratiladi.
Qo'shma shtatlarda riskning hamma turlarini hisobga olish uchun kapitalning minimal hajmi talabini aktivlarining hamma turiga belgilab qo'yadilar. AQShda kapital darajasida belgilangan minimumdan oshadigan banklargagina yangi vakolatlar va imtiyozlar berish siyosati o'tkazilmoqda.
Kafolatlangan majburiyatlar bo'yicha ta'minlanganlik.
Bank tizimining barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash borasida qo'llanilayotgan chora-tadbirlardan ko'riladigan soliq to'lovchining zararlarini pasaytirish maqsadida banklarning kafolatlangan majburiyatlariga cheklovlar o'rnatish mumkin. AQShda bir jamg'armadagi sug'urta summasi hajmi ko'rsatilgan bir nechta hisobvaraqasining egasi bo'lsa ham depozitlarni sug'urtalash tizimi tomonidan har bir alohida hisobvaraqadagi 100 ming dollargacha bo'lgan depozitlar sug'urtalanadi.
Xususiy va sinchikov tekshiruv olib borish.
Nazoratchilar bankning kapital bo'yicha vaziyatini va banklarning o'rnatilgan qoidalariga rioya qilishlarini va oxirgi kafolat soliq to'lovchilarning muhofazasi yuzasidan bank portfellarini risk darajasi bo'yicha baholashlari kerak. Bu
maqsadga malakali revizorlarni jalb qilish yo'li bilan sinchikov tekshirishlar o'tkazish orqali erishish mumkin.
Fransiyada 24-yanvar 1984 yilda qabul qilingan “Kredit muassasalarining faoliyati va nazorati to'g'risida”gi qonunga muvofiq Fransiya bankining Prezidenti qiyin vaziyatga tushib qolgan bankning aksionerlariga o'z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishlarini yoki tartibni saqlash va ushbu muassasa mavqeini ushlab qolish maqsadida boshqa banklar yordamini jalb qilishlarini taklif qiladi. G'arb davlatlaridagi bozor xo'jaligi va klassik bank operatsiyalarining rivojlanishi risklarni aniqlashni uch kriteriyasiga amal qilish muhimligini namoyish qildi: foiz stavkalarini o'zgarishi, valuta kursi va bozor baholari.
AQShda banklar faoliyatini nazorat qilish funksiyasini Federal Rezerv Tizimi amalga oshiradi. “Federal Rezerv Tizimi to'g'risida”gi aktda (1913 yil) FRTning vazifalaridan biri bo'lmish “Bank ishi” ustidan samarali nazoratni tashkil etish haqida qayd etilgan. Bu majburiyatni boshqa Federal bank idoralari bilan bo'lishish orqali FRT tartibga solish funksiyasi bilan pul-kredit siyosatini o'tkazishni afzal ko'radi.
Qo'shma shtatlarda depozit muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi FRTning vazifalariga quyidagilar kiradi:
FRTning a'zolari shtatlardan o'tgan banklar, EDJ qonuni doirasida harakat qiluvchi hamma korporatsiyalar hamda barcha holding kompaniyalari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish;
AQSh hududida joylashgan xorijiy bank tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish;
FRTning Amerika tijorat banklari yoki EDJ Qonuni asosida tashkil qilingan korporatsiyalar orqali o'zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yurituvchi korxonalarning xorijdagi faoliyatlarini tartibga solish.
Nazorat ishida uchta federal organ harakat qiladi:
Federal Rezerv Tizimi (FRT);
Pul muomilasini nazorat qilish apparati (PMI);
Depozitlar sug'urtasi bo'yicha federal koorporatsiya (DSFK).
Bu federal organlar 50 ta shtatning bank ishi nazoratchilari bilan birga ishlaydilar, bu tuzilmada majburiyatlarning ba'zi o'xshash tomonlari kuzatilgan. Masalan pul muomalasi nazoratchisi milliy banklarni ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiradi. Uning o'zigagina katta majburiy javobgarlik yuklatilgan. FRT va unga a'zo banklarning faoliyatlarini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha umumiy javobgarlikni o'ziga olgan. A'zo banklarga milliy banklar ham kirgan bo'lib, ulardan FRT a'zosi bo'lishlarini qonuniy talab qilinadi. Depozitlarni sug'urtalash federal koorporatsiyasi FRT a'zolari banklar ustidan hukmronlik qiladi. FRTning a'zolari bo'lmagan sug'urtalangan banklardan ham qonun depozitlarini majburiy federal sug'urtalanishini talab qiladi.
Birinchi qo’mita
Kredit siyosatini holati bo'yicha monitoring olib borish
Kredit siyosati reytingini olib borish
Yangi kredit olishni kriteriyalarini ishlab chiqish
Kreditni o'tkazish chora tadbirlari
Ssudalar bo'yicha cheklashlar
Kredit portfeli bo'yicha doimiy riskni baholab berish
Qaytmaydigan ssudalar bo'yicha qutqaruvchi siyosatini ishlab chiqish
Ishonchsiz ssudalar bo'yicha siyosati ishlab chiqish
Kreditni muzlatish bo'yicha siyosati
Standart kredit hujjatlarini ishlab chiqish
Kreditni berish shartnomasini ishlab chiqish
Kredit bahosini aniqlash siyosatini ishlab chiqish
Bankning ichki me'yoriy huquqiy hujjatlariga qarash
Kreditni berishni ko'paytirish bo'yicha siyosati ishlab chiqish
Bank boshqaruvchisi, kredit bo’limi va Operatsion bo’limi boshliqlari, analitik bo’limi boshlig’i, bosh iqtisodchi buxgalter
Jahon bank amaliyotida yirik tijorat banklarida kreditni boshqarishning ikkita qo’mitasi faoliyat olib boradi. Ularning birinchisi va uning asosiy vazifalari quyidagichadir.
3-rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha birinchi qo’mitaning vazifalari 6
_____________________________
6 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 45стр
Rasmdan ko'rib turganimizdek, bank boshqaruvchisi, kredit bo'limi va operatsion bo'limi rahbarlari, analitik bo'limi boshlig'i, bosh iqtisodchilar kreditni boshqarishning birinchi qo’mita a'zolari bo'lib, kreditni boshqarish vazifalarini aynan ular amalga oshiradilar.
Ikkinchi qo’mita
Bank boshqaruvchisi, kredit bo'limi va Operatsion bo'limi boshliqlari, analitik bo'limi boshlig'i, bosh iqtisodchi buxgalter, moliyaviy nazorat bo'limBoshliqlari va boshqa bo'lim bosh.
Tijorat banklarida kreditning boshqarishning ikkinchi qo’mitaning faoliyati va uning yo'nalishlari, vazifalari quyidagi 4 - rasmda ko'rsatilgan.
Moliyaviy risklarni chegaralash yo'llarini aniqlash
Foiz siyosatini ishlab chiqish
Valyuta risklarini chegaralash yo'llarini aniqlash
Balanslashgan operatsiyalar bo'yicha risk siyosatini ishlab chiqish
Qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq bo'lgan risk siyosatini ishlab chiqish
Bankni asosiy moliyaviy manbalarini aniqlash
Bank kapitalini struktura risklarini boshqarish
Bank aktiv va passivlarini boshqarish bo'yicha boshqarish kriteriyalarini ishlab chiqish
4-rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha ikkinchi qo’mitaning vazifalari7
Birinchi va ikkinchi qo’mitalar birgalikda o'ziga biriktirilgan vazifalarni bajarib borish natijasida risklarni kamayishiga erishish mumkin.
O'zbekiston bank amaliyotida kredit risklarini boshqarishda jaxon amaliyoti tajribasidan foydalanish mumkin. Risklarni kamaytirish uchun ularni baholab borish talab etiladi. Xorijda kredit risklarini baholashning turli usullaridan foydalaniladi:
Historical Simulation usuli. Bu usul tarixiy ma'lumotlar yig’ish asosida portfel aktivlarida daromadlarning tarixiy taqsimlanishini qo'llash g'oyasiga asoslanadi va uning yordamida risk kattaligi modellashtiriladi. Bu o'tgan davrda
ma'lum vaqt oralig'ida mavjud bo'lgan, portfelning har bir elementi riskining bozor
_________________________
7 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 46стр.
omillarining qo’llanilishini hisobga olgan holda portfelni qayta baholash jarayonidir. Bu usulning qo'llaninlishi portfelning tarkibiy elementlarini aniqlashni va ularning ko’rilayotgan tarixiy davr ichida amalga oshirilgan aylanmasining grafigini tuzishni talab etadi. Bu usulni qo’llashda daromadlarning tarixiy taqsimlanishi biz kelajakda ma'lum davrda oladigan daromadlar taqsimlanishining o'ziga xos ifoda etilishi ekanligini tasavvur etish mumkin, Mos ravishda, bizni qiziqtirayotgan o'tmishdagi daromadlar taqsimoti haqidagi ayni joriy vaqtdagi bizning potfel uchun ehtimoliy risk kattaligini aniqlashga yordam beradi.
Stress testing usuli. Bu usul o'zida o'tgan davrda moliya bozorlarida yuz bergan gipotetik va ekstremal voqealarga portfelning chidamliligini baholashga yordam beruvchi turli mulojalar to'plamini aks ettiradi. Bu kabi tadqiqotlarning natijalari kelgusidagi mumkin bo'lgan yuqotishlar va moliyaviy risklarga duch kelish extimolini modellashtrishda foydalaniladi. Stress testing usuli gipotetik stenariylarni stillashgan stenariylar, favqulotda holatlar stenariylari va bir martalik gipotetik voqea stenariylarini to’plashdan boshlanadi.
Monte Carlo usuli kredit riski ehtimolligini statistik va matematik modellar yordamida olingan natijalar asosida baholaydi, bu usulning g’oyasi bizni qiziqtirayotgan moliyaviy vositalarning baholarini boshqaruvchi tasodifiy jarayonlarni bir necha bor modellashtirishdan iborat. Mazkur usul kredit riskini baholashda juda kuchli va ko'p qirrali usul hisoblanadi, uning yordamida deyarli ixtiyoriy turdagi kredit portfelining nazoratini amalga oshirish mumkin.
Simulation Scenario usuli, bu usul anchagina sodda hisoblanadi va “What if? “ degan yoki “Ixtiyoriy tanlangan stenariy yuz bersa portfelga, bankga, bozorga va shu kabilarga nima bo'ladi?” degan savolga javob berishni ko’zda tutadi. Mazkur usul ixtiyoriy olingan, o’ylab topilgan yoki tarixiy stenariylarning to’plamini tuzishdan iborat. Ularning asosida yakuniy natijada umumiy kredit portfelining bahosiga ega bo'lish uchun mavjud kredit portfelining baholanishini har bir stenariy bo’yicha alohida amalga oshiriladi. Bu usulning vazifasi modellashtirish natijalarini bank faoliyatining o'tgan yilgi natijalari, o’z mablaglari va shu kabilar bilan solishtirishdan iborat.
Riskni balli baholash usuli. Bu usul risk darajasi ko'rsatkichlarini ekspertli baholanuvchi qiymatlari bo'yicha hisoblanuvchi umumlashtiruvchi ko'rsatkich asosida riskni ekspertiza qilish usuli hisoblanadi. U quyidagi bosqichlardan iborat: operatsiyaninng risk darajasini aniqlovchi omillar ro’yxatini o'rnatish; har bir omilning namoyon bo'lish sohasidagi ta'sir va riskni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tarkibini ishlab chiqish; har bir ko'rsatkichning omillar bo’yicha, omillarning esa risk darajasining umumlashgan bahosiga ta'sirini baholash; har bir ko'rsatkich bo’yicha baholar ustunini ishlab chiqish; riskni umumlashtiruvchi baholashning hisoblash uslubini shakllantirish.
Kredit risklarini ekspert baxolash usullari-ekspertlaring xulosalariga asoslangan, kredit risklarini prognozlash va tahlil qilish usullari to'plami hisoblanadi. Ulardan keng tarqalganlari qatoriga Delfi usuli, zanjirlash, juftlab taqqoslash, balli baholashlar usullarini kiritish mumkin. Ekspertlarning fikrlarini umumlashtiruvchi olingan baholarning haqiqatga qanchalik yaqinligi fikrlashlarning malakaliligi, mustaqilligi, hamda ekspertizani amalga oshirishning uslubiy ta'minotiga bog'liq.
Kredit risklarini baholash bo'yicha xulosalarimiz shundan iboratki, jahon bank amaliyotida kengroq tarqalgan bir necha usullar, ya'ni Simulation Scenario, Monte Carlo, Delfi, Stress testing, Historical Simulation usuli shu bilan birga balli baholash usullari mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga hos xususiyatlarga ega ekan. Bu usullardan biri ma'lum bir stenariyga asoslansa, ikkinchisi statistik va matematik modellarga asoslangan, yana boshqasi zanjirli, juftlab taqqoslashni nazarda tutadi. Kredit risklarini baholashning bunday usullari O'zbekiston bank tizimi tajribasida qo'llanilmaydi. Bu usullarni bank amaliyotida qo'llanilishi risklarni baxolashda xilma-xillik bo'lishi va buning natijasida birining kamchiligi ikkinchi usul yordamida to'ldirilishi mumkin bo'ladi.
Yuqoridagi fikrlarimizni davom ettirgan holda, xorijda mijozning kreditga layoqatliligini baholashning quyidagi usullari mavjud:
Aqshda potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashda va kredit riskini minimal darajaga olib kelishda “5 C” yondashuvni qo’llashadi.8
customer character-mijozning obro’si;
capacity to pay-to’lovga qobilyatlik;
capital-kapital;
collateral-ta’minot;
current business conditions and goodwill – iqtisodiy holat va uning samaradorligi.
Buyuk Britaniyada esa “PARTS” yondashuvidan foydalanishadi.9
purpose-maqsad;
amount-miqdor;
repayment-asosiy qarz va foizlarni to’lovga qobilyatliligi;
term -muddat;
security-ta’minot.
Angliya kliring banklarida asosan, “PARSER” va “CAMPARI” kabi yondashuvlardan keng foydalaniladi. Chunki, bu yondashuvlarda mijozning to’lovga qobilyatliligi kengroq tahlil qilinadi.10
PARSER:
Person-mijoz obro’si;
amount-miqdor;
repayment-to’lovga qobillik;
security-ta’minot;
expediency-maqsadlilik;
remuneration-qarz berganlik uchun olinadigan daromad ya’ni foiz stavka. CAMPARI:
character-mijoz obro’si;
ability-qarz oluvchining biznesini baholash;
_________________________
8,9,10 http://www.grandars.ru (iqtisodiyotga oid ma’lumotlar ensiklopediyasi) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
means-qarz olishga ehtiyojning tahlili;
purpose-maqsadi;
amount-miqdor;
repayment-to’lovga qobillik;insurance -ta’minot.
Albatta, bu kabi yondashuvlar bir-biriga mazmunan bog’liq deb aytishimiz mumkin va ularning mamlakatimizdagi kredit berish tamoyillariga o’xshash deb aytishimiz ham mumkin. Bu esa mamlakatimizda kredit riskini pasaytirishda xorij tajribalaridan foydalanilayotganining yorqin bir misoli deb aytamiz.
XULOSA
Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda kredit riskini boshqarish bo'yicha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda.
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e'tibor beriladi. Chunki, kredit portfelining to'g'ri tashkil qilinishi banklarning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi.
Kredit riskini boshqarishning asosiy yo'nalishlari qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
Kredit risklarini darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni baholash va bartaraf etish.
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini va uning moliyaviy ahvolini aniqlash, kredit riskini bashorat qilish.
Muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so'ndirish choralarini ishlab chikish.
Kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidligini va daromadliligini ta'minlash.
Kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo'lib turish.
Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, respublikamizning yirik tijorat banklarida kreditlarning asosiy qismini ma'lum tarmoqlarga mansub korxonalarda to'planganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, kreditlarni ayrim mulk shaklidagi mijozlarda to'planishi bank uchun yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Masalan, davlat korxonalarining mulk shakli o'zgarishi bilan unga berilgan kreditni qaytarishda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan banklarda kredit riskini kamaytirishga erishish mumkin:
Tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiyasini kengaytirish va kredit qo'yilmalaridan samarali foydalanish banklarni universallashtirishda va
raqobatbardoshligini oshirishda yordam beradi hamda kredit riskini pasaytirishni ta'minlaydi.
Bank likvidligini boshqarishda va Markaziy bank tomonidan iqtisodiy normativga rioya etish maqsadida jalb qilingan va joylashtirilgan mablag'larni muddati bo'yicha diversifikatsiya qilish natijasida, o'z kredit operatsiyalarini rejalashtirishga yordam beradi. Bu bilan tijorat banki zarur bo'lgan likvidlilik darajasini ushlab turgan holda maksimal darajada yuqori daromadga erishadi.
Kredit portfelini shakllantirish jarayoni optimal kredit siyosatini aniqlash nuqtai-nazaridan uning diversifikatsiyalanishini ko'zda tutadi. Kreditlarning bir necha mijozlar ichida jamlanish darajasi va kreditlashning umumiy hajmi oshishi bilan bank kredit riski ham o'sib boradi.
Shuning uchun banklar doimo bir-biridan mustaqil bo'lgan ko'p sonli mijozlarga ozroq hajmdagi kreditlarni taqdim qilishga harakat qilishlari lozim. Bundan tashqari, kreditlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha diversifikatsiyalashlari maqsadga muvofiqdir:
muddatlari bo'yicha (qisqa va uzoq muddatli qo'yilmalar salmog'ini iqtisodiyotda kutilayotgan o'zgarishlarga va depozitlar muddatlariga bog'liq holatda tartibga solish);
maqsadli yo'nalish bo'yicha;
ta'minot bo'yicha;
kredit uchun o'rnatilgan foiz stavkasi bo'yicha (qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi);
tarmoqlar bo'yicha.
Kredit siyosati bank kredit resurslarining risk darajasini, kreditlarning ta'minlanganlik darajasini, kreditlarning hududlar va tarmoqlar bo'yicha jamlanganligini, kreditlashning manbalari bo'yicha, mulk shakli bo'yicha tizimli tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim.
Tijorat banklari kreditlari hajmini oshirish, uning yuqori sifat ko'rsatkichlariga erishishini ta'minlash bevosita ularning kreditlardan ko'riladigan
zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlashga bog'liq.
Kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining amaldagi darajasiga baho berish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
bank tomonidan berilgan kreditlarning to'g'ri tasniflanganligiga;
zahira ajratmalarini tasniflash asosida kreditlarning toifalariga mutanosib ravishda tashkil etilganligiga;
foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar bo'yicha hisoblangan va muddati o'tgan foizlarni o'z vaqtida va to'liq tijorat bankining balansidan chiqarilganligiga.
Tijorat banklarida sindikatlashgan kredit, overdraft kreditlaridan keng foydalanishi lozim. Bir loyihani bir necha kreditorlar tomnidan moliyalashtirilish bilan kredit riskini pasaytirishga erishish mumkin.
Tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishning ustuvor yo'nalishlariga qat'iy amal qilish lozim, jumladan:
tijorat banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda yoki sohada to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik;
tijorat banki tasniflangan kreditlari tarkibida “standart” toifasidagi kreditlarning salmog'ini 90 foizdan past bo'lmasligiga erishish;
kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlash kerak.
O’ylaymizki bu takliflar kredit risklarini boshqarishda, kredit portfeli sifatini yanada oshirishda hamda banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlarning sifatini yanada takomillashishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |