Reja: kirish risk tushunchasi uning mohiyati va turlari


RISK TUSHUNCHASI UNING MOHIYATI VA TURLARI



Download 153,7 Kb.
bet2/7
Sana12.07.2022
Hajmi153,7 Kb.
#783417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs oxirgisi

1. RISK TUSHUNCHASI UNING MOHIYATI VA TURLARI

Risk tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda riskga boshqacha bir nazar bilan qaralsa, qonunchilik hujjatlarida boshqa jihatdan qaraladi. Rus tili lug‘atida tavakkalchilik so‘zi “risk” deb atalib, qadimiy grek so‘zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o‘limiga, mol-mulklarining cho‘kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib o‘tmoq” ma’nosini anglatadi.


Kundalik hayotimizda har birimiz noaniqlikni aks ettiruvchi bir nechta vaziyatlarga duch kelamiz. Kelajakda nima sodir bo’lishini bilmagan paytimiz bu noaniqlik har doim paydo bo’laveradi. Qachonki, bu kabi noaniqlik bizning qarorlarimiz va amallarimiz, sog’ligimiz, yoki moliyaviy holatimizga ta’sir qiladigan bo’lsa, bunday noaniqlik risk deb ataladi. Noaniqlik riskning paydo bo’lishida muhim o’rin tutadi, lekin uning yolg’iz o’zi yetarli emasdir.
Masalan, siz uyingizga 10 ta mehmon kelishi mumkinligini tahmin qilayapsiz. Siz yana bu mehmonlarni haqiqatda 8 ta yoki 12 ta bo’lishini ham bilasiz. Agar sizga nechta mehmon kelishi (8, 10 yoki 12 ta) sizni havotirga solmasa, unda bunday vaziyatni biz faqat noaniqlik deb aytishimiz mumkin. Ammo, sizning ixtiyoringizda taom tayyorlashda yetarlicha mablag’ bo’lmasa va siz uchun nechta mehmon tashrif buyurishi haqidagi aniq ma’lumot siz uchun juda muhim bo’lsa, unda bu kabi noaniqlik siz uchun riskni ifodalaydi.
Odatda, biz kutayotgan natija salbiy bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan vaziyatlarni riskli deb atashga odatlanib qolganmiz. Masalan, agarda siz mablag’laringizni tashkilotning aksiyalariga investitsiya qiladigan bo’lsangiz, aksiyalarning bahosi keskin ravishda tushib ketish holatida siz o’z mablag’laringizni yo’qotishdan risk qilasiz. Agar aksiyalarning bahosi oshadigan bo’lsa, aksincha, siz daromad ko’rasiz va mamnun bo’lasiz.
Moliya nazariyalarida risk deganda, kutilishi munkin bo’lgan yoki hohish yoki istakdagi natijadan musbat yoki manfiy farqni tushunish mumkin. Hayotda shunday vaziyatlar uchrab turadiki, istalgan kutilishi mumkin bo’lgan natijadan farq ya’ni o’zgarishlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, boyagi holatda siz 8 ta mehmon keladi deb faqat 8 kishi uchun tushlik tayyorlagan bo’lsangizu, lekin aslida, 10 ta mehmon kelsa siz qaysidir mehmonlarni och qolib ketishidan risk qilasiz. Agar siz 12 ta kishi uchun tushlik tayyorlasangiz aslida esa 8 ta kishi keladigan bo’lsa siz ortiqcha xarajat qilish riskiga duchor bo’lasiz.
Kundalik turmushda ko’pchilik odamlar riskdan qochishadi, ya’ni bir nechta teng sharoitlarda baland riskdan ko’ra minimal riskni afzal ko’radi. Shunday bo’lsada, bu kabi harakatlari uchun mos qo’shimcha haq olishini kutayotgan bo’lishsa, odamlar o’zlariga shu riskni qabul qilishga tayyor bo’lishadi. Risk darajasi va qo’shimcha haq to’lovi hajmi har bir shaxsning individual hohishlariga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotda, hayotda bo’lganidek, biz hech qachon kelajakda nima sodir bo’lishini aniq ayta olmaymiz va riskni umuman chetlab o’tish imkoniyatimiz ham bo’lmaydi. Lekin, bir qancha vositalar orqali biz uni minimumga olib kelishimiz mumkin.
Tahlil maqsadlaridan kelib chiqgan holda, tadbirkorlar duch kelishi mumkin bo’lgan riskning bir nechta turlari bor. Quyida biz eng umimiy riskga ega bo’lgan manbalarni keltirib o’tamiz. 2

  1. Kasallik, o’lim, ishga qobilyatsizlik-bu kabi risklarga ko’pincha yakka tartibdagi tadbirkorlar va shirkatlar ta’sirchandir. Bu kabi risklar qo’shimcha xarajatlarni talab qilibgina qolmay, butun bir biznesni tugallanishiga ham olib kelishi mumkin.

  2. Aktivning ishonchsizlik riski-bu kabi riskga yakka tartibdagi tadbirkorlar va yirik korxonalar ham duch kelishi mumkin. Masalan, yong’in, o’g’irlik, texnologik jarayonlar natijasida aktivning manaviy eskirishi, iste’mol xaridlardagi

_________________________
2 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 60 стр.
did o’zgarishi, ko’chmas mulk bozoridagi narxlar tushishi va boshqalar.

  1. Moliyaviy risk-moliyaviy aktivlarning daromadlilik darajasi o’zgarishi bilan kuzatilayotgan risk. Bu kabi risk manbalari noaniqligi, moliyaviy aktivlar emitentlari faolyiati bilan bog’liq bo’ladi (hukumat, tashkilot va boshqalar). Moliyaviy risklar yana kutilmagan inflatsiya darajasi paydo bo’lganda, foiz stavkalarini belgilovchi qonun hujjatlariga o’zgartirshlar kiritilganda, moliyaviy bozorda hukumat tomonidan intervensiya qo’llanilganda paydo bo’lishi mumkin.

  2. Qonun hujjatlari o’zgarishi riski-normativ huquqiy hujjatlarga o’zgartirishlar kitilganda - buning natijasida tadbirkorlik muhitiga ta’sir qilish riski.

  3. Axborot riski-buxgalter hisobidagi qo’llaniladigan usullarning ideal emasligi, biznesda qaror qabul qilishda axborotning mavjud emasligi yoki haqqoniy emasligi, axborotning simmetrik emasligi natijasida vujudga keladigan risk.

  4. Valutaviy risk-xalqaro shartnomalarda ishtirok etadigan tashkilotlarda ko’pincha vujudga keladigan risk. Asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, milliy valuta kursining tushishi inflatsiya darajasini oshirishdagi ta’siri. Bu esa barcha tadbirkorlik subyektlariga birdek ta’sir qilishi.

  5. Siyosiy risk-bu ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin kuzatiladi. Masalan, mamlakat liderining hukumatdagi o’rni shunchalik yuqori bo’lishi mumkinki, uning oddiy kasal bo’lib qolishi yoki o’limi bozorga katta ta’sir qilishi mumkin.

Risk bilan bog’liq barcha daromad va xarajatlarni aniqlash jarayoni hamda uni pasaytirish maqsadida chora tadbirlar ishlab chiqish va qaror qabul qilish riskni boshqarish deb ataladi. Shu narsa muhimki, barcha chora tadbirlar risk hodisalari sodir bo’lishidan oldin yoki ayni o’sha paytda qo’llanilgan bo’lishi kerak.
Shuni tushunish kerakki, riskni boshqarish mahorati asoslangan qarorlar qabul qilinishi bilan bo’gliqdir. Bu qarorlar hozirgi sharoitda mavjud bo’lgan eng foydali va aniq axborotlarga asoslangan bo’lishi kerak. Amaliyotda oddiy omad bilan uzoqni ko’zlab qilingan qarorlar natijalari o’rtasidagi farqni aniqlash mumkin bo’lmaydi.
Korporativ boshqaruvda risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  1. Riskni aniqlash.

  2. Riskni boshqarish.

  3. Riskni kamaytirish choralarini ishlab chiqish.

  4. Natijani baholash.

Riskni aniqlash subyektning asosan qanday risklarga ko’proq ta’sirchan ekanligini aniqlash va ular orasidagi bog’lanishni topishdan iborat bo’ladi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, riskni boshqa kompleks aktivlar yig’indisi va vaziyatlar bilan aloqadorligidagi ta’sirini o’rganish kerak bo’ladi. Masalan, tovar va xizmatlarni, homashyoni import qilish hisobidan ishlab chiqaruvchi va kelgusida eksport qiluvchi tashkilot valuta riskiga ta’sirchan deb aytishimiz mumkin. Chet mamlakatdan import qilinadigan homashyo va eksport qiladigan tovar va xizmatlar bahosi uzoq muddatli kontraktlarda aniq fikserlangan xorijiy valutada bo’ladi. Istalgan kelajakdagi valuta kursidagi o’zgarishlar bir xilda import qilinadigan homashyo va tayyor mahsulotning milliy valutadagi bahosiga bir xil ta’sir qiladi. Lekin, valuta kursidan yuzaga kelgan umumiy risk 0 ga teng bo’ladi, chunki uni ko’proq daromad va xarajatlar orasidagi farq ya’ni foyda qiziqtiradi, ya’ni xarajatlarning oshishi realizatsiya qilinadigan tovarlar bahosi bilan kompensatsiya qilinadi.
Riskni baholash bu uning miqdoriy o’lchovi hisoblanmay, u bilan bog’liq barcha xarajatlarni aniqlash ham tushuniladi. Riskni boshqarishda, riskni baholash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Uni aniqlashda eng birinchi bo’lib bizlarga axborot kerak bo’ladi. Bu kabi axborot tarixiy ma’lumotlarga tayanishini ko’rishimiz ham mumkin. Masalan, investor mablag’larini kompaniyaning aksiyalariga tikmoqchi, bunda u aksiyalarninig bahosini tushib ketishidan xavotirda bo’ladi. Bizlar yuz foiz aniqlik bilan kelajakda qanday holatlar va vaziyatlar yuz berishini bilmaymiz, lekin statistik analiz metodidan foydalangan holda, bizlar uning aksiyasining tarixiy o’zgarishlariga baho bergan holda aksiyalarning kelajakdagi bahosini bashorat qilishimiz mumkin.
Boshqa bir usul esa fundamental tahlilga asoslangan metod bo’lib unda korxonaning barcha loyihalarning daromadlilik darajasini unga ta’sir qiluchi kutilayotgan natijalarni bozor qiymati bilan farqi orasida aniqlanadi.
Har bir holatda ham riskni aniqlashda sifatli va miqdoriy tahlil amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Faqat birgina investor uchun uni uddalay olish qiyin hisoblanadi. Axborotga ega bo’lish katta xarajatlar, vaqt va asosiysi tajribani talab qilishi mumkin. Shuning uchun, moliyaviy vositachilarga murojat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korporativ boshqaruvda riskni kamaytirishning asosiy 4 ta yondashuv mavjud:

  • riskni chetlab o’tish;

  • nazorat va zararlarni oldini olish;

  • risk to’lovi;

  • riskni o’tkazish.

Riskni chetlab o’tish deganda investor yoki tadbirkor riskga moyil kelishuvlarda ongli ravishda ishtirok etmaydi. Bu kabi yondashuvni barcha risklar uchun qo’llab bo’lmaydi. Masalan, inflatsiyaning keskin ravishda o’sishi barcha tadbirkorlik subyektlariga ularning qaysi sohada ekanligidan qat’iy nazar ularga bir xilda ta’sir qiladi.
Nazorat va zararlarni oldini olish deganda mahsus harakatlar evaziga zararlar qiymatini minimumga olib kelish tushuniladi. Masalan, korxonaning aksiyalar bahosining kunlik pasayish tendensiyasi kuzatilgan paytda, investor o’z aksiyalarini imkoni boricha oldinroq sotishga harakat qiladi natijada, u zararlarni minimumga olib kelganini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Risk to’lovi deganda biz tadbirkor ongli ravishda bu riskni o’ziga qabul qiladi va unga tegishli ravishda rezervlar tashkil qiladi va bu rezerv orqali risklarni to’lash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Riskni o’tkazish bu eng tarqalgan va qiziqroq usullardan biri hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, tadbirkor o’z risklarini hamasini yoki bir qismini boshqa shaxslarga yoki boshqa aktivlarga o’tkazadi. Riskni o’tkazishni aosiy 3 usuli
mavjud. Ularga xedjirlash, sug’urtalash va diversifikatsiya kiradi. Ularning har biriga quyida alohida to’xtalib o’tamiz.
Riskni kamaytirish choralari aniqlangandan so’ng eng kam xarajat talab qiladigan variantlar qidirilishi kerak bo’ladi. Masalan, tadbirkor riskni kamaytirish yo’lini sug’urtalash usulidan foydalanadigan bo’lsa, u shunday sug’urta tashkilotini topish kerakki, unda tadbirkor talablariga javob bera oladigan eng kam xarajat talab qiladigan sug’urta xizmatini aniqlash kerak bo’ladi.
Vaqt o’tgan sayin va vaziyatlar o’zgargan sharoitlarda yangi bir axborot vujudga keladi. U esa yuqorida qabul qilingan qarorning to’g’riligiga ta’sir qilishi mumkin bo’ladi. Bunda yana qo’shimcha risklar paydo bo’lishi yoki eskilari yo’q bo’lishi mumkin. Riskni boshqarish egiluvchan jarayon egiluvchan bo’lishni talab qilib, qarorlar uzluksiz tahlil qilib borilishi kerak. Aks holda, tadbirkor kutilamgan xarajatlarga duchor bo’lishi mumkin.
Riskni o’tkazishning eng sodda ko’rinishi riskli aktivni sotishdan iboratdir. Masalan, agar siz biror bir uyning mulkdori bo’ladigan bo’lsangiz, unda siz 3 xil turdagi riskga duch kelasiz. Yong’in, tabiiy ofatlar va kelajakda ko’chmas mulkning bahosining tushib ketishi. Uyni sotgan holda siz bu risklarni boshqa shaxsga ot’kazgan bo’lasiz. Lekin, bu kabi riskni o’tkazish usuli mulkdorga ma’qul bo’lmasligi mumkin.
Sotuvga yaxshi alternativ tanlovga biz yong’in va tabiiy ofatdan sug’urtalashni olishimiz mumkin. Bunday holatda mulkdor faqat bitta risk ya’ni baholar kamayishidan havotirlanadi.
Riskni o’tkazishda eng katta o’rinni moliyaviy tashkilotlar egallaydi. Ularga sug’urta kompaniyalari, tijorat va investitsion banklar, fondlar va brokerlik kantoralarni misol qilishimiz mumkin.
Riskni xeyjerlash usulidan foydalanilganda, bizlar riskni kamaytirish maqsadida amalga oshirgan chora tadbirlarimiz natijasida undan kutilishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olibgina qolmay, biz undan kutilishi mumkin bo’lgan daromadni ham yo’qga chiqarramiz. Masalan, fermer bahorda bug’doyni sotish shartnomasini kuzdagi hosil uchun oldindan belgilandan narxda tuzdi. Bunda u
kuzda bug’doyning bahosi tushib ketish riskidan holi bo’lgani kabidek, u bug’doyning shartnomada belgilangan narxdan oshib ketishidan ko’rishi mumkin bo’lgan daromadni ham yo’qga chiqardi.
Sug’urtalash deganda qandaydir muddat uchun oldindan qilingan to’lov evaziga kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni oldini olish tushuniladi. Bu to’lov sug’urta premiyasi deb ataladi.
Shuni ta’kidlash joizki, sug’urtalashda xeyjerlashga nisbatan kelajakda olinishi mumkin bo’lgan daromad yo’qotilmaydi.
Masalan, tadbirkor chetdan tovarlarni import qilgan holda milliy bozorda uni qayta sotish bilan shug’ullanadi. Import shartnomasiga ko’ra u 10000$ni uch oydan so’ng to’lashi kerak. Binobarin, u tovarni milliy bozorda sotgani sababli uning biznesi valuta riskiga moyildir. Agar uch oydan so’ng dollar kursi oshadigan bo’lsa, tadbirkor ma’lum bir zararga uchraydi. Bu risk xeyjerlash yoki sug’urtalash orqali bartaraf etilishi mumkin.
Xedjirlash holatida, tadbirkor kelajakda (uch oydan so’ng), dollar sotib olish shartnomasini bugun tuzadi. Shartnomada esa valuta kursi aniq belgilanib qo’yiladi. Agar uch oydan so’ng dollar kursi oshsa, tadbirkor valuta kursi o’zgarishidan zarar ko’rmaydi. Agar valuta kursi tushadigan bo’lsa, tadbirkor dollarni arzonroq sotib olishdan keladigan daromaddan quruq qoladi.
Sug’urtalash holatida, tadbirkor optsion sotib olishi mumkin. Unga ko’ra, tadbirkor optsionda belgilangan kurs bo’yicha dollarni sotib olish huquqiga ega bo’ladi ya’ni majburiyat emas. Agar uch oydan so’ng dollar kursi optsionda belgilangan kursdan past bo’lsa, tadbirkor yo’qotadigan narsa optsion sotib olish uchun ketgan mablag’ summasi bo’ladi. Agar dollar kursi baland bo’lsa, tadbirkor qo’shimcha foydaga erishadi, ya’ni optsionda belgilangan kurs unga bozor kursidan arzonroq tushadi.
Diversifikatsiya deganda umumiy portfel riskini kamaytirish maqsadida bir nechta riskli aktivlarni sotib olish tushuniladi.
Masalan, bank o’z mablag’larini dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonaga
yo’naltirishni muqobil deb bilyapti ya’ni uni kreditlamoqchi deylik. Chunki, bu
soha korxonalarni yangi turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. Natijalar ijobiy bo’ladigan bo’lsa, korxona kelajakda o’z foydasini ancha oshirishi mumkin. Korxonaning salbiy yoki ijobiy natijaga erishish ehtimoli bir xil. Bank o’z mablag’larini 3 xil ko’rinishda diversifikatsiya qilishi mumkin:

  1. Bir nechta dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash.

  2. Bir nechta turli-tuman dorilarni ishlab chiqaruvchi bitta korxonani kreditlashi.

  3. Dori ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyalashtiruvchi fondlarga mablag’larni yo’naltirish.

Agar bank kredit portfelidagi ba’zi korxonalar kutilgan natijaga erishmasa va zararga yuz tutsa, unda boshqa korxonalarning ijobiy natijalari evaziga bu zararlar qoplanadi.
Agar bank kredit portfelidagi barcha korxonalarning bir xilda ijobiy yoki salbiy natijaga erishish ehtimoli bir xil bo’lsa, unda ular bir - biri bilan ideal ijobiy korelyatsiyaga uchraydi deb aytishimiz mumkin.


  1. 1-rasm. Riskning portfelga kiruvchi aktivlarning miqdoriga nisbatan bog’liqligi3

  2. ________________________________

  3. Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек 2003, 68 стр


Riskni diversifikatsiya qilish orqali uni pasaytirishda, portfeldagi aktivlarning turli-tumanligidan tashqari ularning ulushiga ham bog’liqdir.
Shuni aytish kerakki, istalgan riskni ham diversifikatsiya orqali kamaytirib bo’lmaydi. Masalan, iqtisodiy inqiroz barcha korxonalarga birdek ta’sir qiladi. Oldini olib bo’lmaydigan risk sistematik risk deb ataladi. Aksincha, oldini olish mumkin bo’lgan risk esa nosistematik risk deb ataladi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko’pgina insonlar riskga borishga tayyorlar. Agar ularga buning evaziga yetarli miqdorda kompensatsiya oladigan bo’lishsa albatta. Mantiqan, qanchalik risk baland bo’lsa, unga yarasha kompensatsiya ham shunchalik yuqori talab etiladi.
Masalan, qimmatli qo’gozlarga bo’lgan risk qanchalik yuqori bo’lsa, investorlar undan shunchalik yuqori daromad talab qilishadi. Uning grafigini quyidagicha tasvirlash mumkin.


2-rasm. Riskning daromad bilan muttanosibligi4


Sistematik risk bilan qimmatli qog’ozning daromadlik darajasi orasidagi bog’liqlikni ko’rsatuvchi chiziq qimmatli qog’ozning bozor chizig’i deb ataladi. Bu chiziqning og’ish burchagi qanchalik katta bo’lsa qimmatli qog’ozning risklilik darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
__________________________
4 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 69 стр
E’tibor beringki, biz faqat qimmatli qog’ozlarning talab qilinadigan daromadligi bilan sistematik risk bilan taqqosladik, bunda bizlar investorning portfeli ideal diversifikatsiya qilingan deb olganmiz.
Yuqorida biz riskga umumiy ta’rif berib, uning mazmun mohiyatini, turlarini, boshqarish metodlari, daromadlik bilan muttanosibligini va uni kamaytirishning yo’llari bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endilikda, mavzuimiz bilan bevosita bog’liq bo’lgan bank risklari, aniqrog’i kredit risklani bilan tanishamiz.
Hozirda, Bazel II standartlariga ko’ra bank risklarini quyidagi yirik guruhlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin.
Bevosita bank risklari:

    1. Kredit riski.

    2. Bozor (foiz, valuta va boshqalar) riski.

    3. Operatsion risk.

    4. Likvidlik riski. Umumiy risklar:

  1. Tarmoqli risklar.

  2. Mamlakat yoki hudud riski.

Kredit riskiga ta’rif beradigan bo’lsak, kredit riski bu – bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytmasligi hamda ularga hisoblangan foizlarni to‘lashda yuzaga keladigan muammolarning yuzaga kelishi deb aytishimiz mumkin.
Kredit riski likvidlik riski bilan bevosita bog’liqdir. Kredit portfelining muddati bo’yicha qay darajada shakllantirilganligi, passivlarning strukturasining qay holatda ekanligidan, biz bankning aktivlari va uning majburiyatlarininng qay darajada balanslashganligiga baho berishimiz mumkin. Bu esa bankning likvidlik darajasi bilan bog’liqligini aytishimiz mumkin.
Bozor riski deganda, iqtisodiyotdagi 4 ta yirik bozorlardagi (qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar bozori, aksiyalar bozori, tovar va

valuta bozori) narxlarning o’zgarishidan kelib chiqadigan riskni nazarda tutushimiz mumkin.
Operatsion risk ichki tizimdagi muamolardan kelib chiqadigan xatoliklardan yuzaga keladigan, hodimlarning xatti-harakatidan yuzaga keladigan yoki firibgarlik, tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan risklar tushuniladi.


Download 153,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish