Reja: Kirish Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma‘lumotlar



Download 1 Mb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi1 Mb.
#912573
1   2   3   4
Bog'liq
5,Logometrni qo\'llanilish

Asosiy tushunchalar
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan, ular uchun yong‘in xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;
olovli ishlar — uchqun hosil bo‘lishi, ochiq alangadan foydalanish bilan bog‘liq ishlar (elektr payvandlash, gaz payvandlash, yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kesish, kavsharlash lampalaridan foydalanish, bitum eritish va uchqun chiqarish bilan bog‘liq boshqa ishlar);
texnologik jarayon — modda va mahsulotlarning xususiyatini va (yoki) holatini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi;
odamlar ommaviy bo‘ladigan obyekt — bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ko‘p odamlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan xona, bino, inshoot (turar joylar bundan mustasno);
yong‘inga qarshi oraliq — yong‘in tarqalishining oldini olish uchun binolar va (yoki) inshootlar oralig‘idagi belgilangan masofa;
yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari — yong‘inni avtomatik tarzda aniqlash va o‘chirish, tutunni chiqarish, xabar berish, yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, shuningdek, odamlarni va moddiy boyliklarni yong‘indan himoya qilish uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalar.
Tashkiliy-texnik tadbirlar
6. Tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar hamda ushbu Qoidalarning talablariga har bir obyektda rioya etilishini va bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
b) tarkibiy tuzilmalar nizomlarida va obyekt xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni nazarda tutish;
v) obyekt bo‘yicha buyruq bilan:
obyektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va erga ulash moslamalarini, aloqa va xabar berish vositalarini, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning obyektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash;
har bir obyekt uchun uning yong‘in xavfliligiga ko‘ra yong‘inga qarshi rejimini belgilaydigan yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlash;
olovli va boshqa yong‘in xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ular bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
obyektning xodimlari o‘rtasida yong‘in sodir bo‘lgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash;
g) tegishli yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish orqali xodimlarni yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘rgatishni va ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq yong‘in-texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish;
d) yong‘in sodir bo‘lganda uning sababini, sodir etilishi va rivojlanishi (tarqalishi) sharoitlarini, yong‘in kelib chiqishida va yong‘in xavfsizligi talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rish;
e) ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq yong‘in xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi ma’lumotlardan iborat axborot stendlarini tashkil etish, shuningdek, ular o‘z vaqtida yangilanishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy obyektlarda, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yong‘in xavfi muhitini paydo qilishga qodir bo‘lgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan obyektlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida yong‘in-texnik komissiyasi tuzilishi hamda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq obyektning yong‘in xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Yong‘inda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yong‘inlarni samarali o‘chirish, shuningdek, yong‘inga qarshi himoya vositalari joylashgan joylarni belgilash maqsadida bir vaqtning o‘zida qavatida 10 nafardan ortiq odamlar bo‘ladigan bino va inshootlarning (turar joylardan tashqari) yo‘laklari va evakuatsiya yo‘llarining ko‘rinadigan joylarida quyidagilar:
ushbu Qoidalarga 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan yong‘in vaqtida binoni tark etish evakuatsiya rejasi (sxemasi) o‘rnatilgan bo‘lishi;
davlat standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yong‘in xavfsizligi belgilari joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
9. Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yong‘in nazoratining hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilishga;
b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yong‘in xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga;
v) yong‘inni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga xabar berishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yong‘inni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rishga.
10. Obyektlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq soz holatdagi yong‘inga qarshi texnik himoya vositalari, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari va boshqa yong‘in texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
11. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar eshiklarining (darvozalarining) tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq portlab yonish va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarning hamda zonalar sinfining belgisi o‘rnatilishi kerak.
12. Portlab yonish va yong‘in xavfliligi bo‘yicha “A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qo‘shimcha ravishda ushbu Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining ma’lumot kartasi o‘rnatilishi kerak.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish