Reja: Kirish Pul kredit siyosati haqda Pul kredit siyosatini elemtlari Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi



Download 160 Kb.
bet5/5
Sana27.01.2023
Hajmi160 Kb.
#903571
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatining to’lov

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi. Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:





  • foiz kanali;

  • kredit kanali;

  • valyuta kursi kanali;

  • inflyatsion kutilmalar kanali;

  • aktivlar bahosi kanali.

Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo‘yicha tahlillar ular orasida barqaror bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O‘zbekiston sharoitida cheklangangini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin. Xususan, banklararo pul bozorida tijorat banklari faolliyatining sustligi va operatsiyalar hajmlarining kichikligi foiz kanalining samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug‘ilganda Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan.


Likvidlik taqdim etish va jalb qilish bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari turlarining kengaytirilishi Markaziy bankning asosiy operatsiyalari bo‘yicha foiz koridorini shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli darajada mustahkamlab boradi.

Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko’p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.


Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o‘zgarish ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o‘rnatishlari va kelajakda ish haqi o‘zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda, mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va tashkilotlar tomonidan maxsulot va xizmatlar narxlarini shakllantirilishida namoyon bo‘ladi. Bunda, kelajakda inflyatsiya darajasining oshishini kutayotgan korxona va tashkilotlar narxlarni oshiradi, bu esa joriy inflyatsiya darajasining o‘sishiga olib keladi. Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali yuqorida keltirilgan to‘rtta kanallarning barchasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasining shakllanishi ko‘p jihatdan kelajakda kutilayotgan stavkalar darajasiga bog‘liqdir. Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning markaziy bank maqsadli ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi jamiyatda inflyatsiyani markaziy bank tomonidan to‘la nazoratga olish borasidagi shubhalarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug‘dirishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish Markaziy bankning kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga jamoatchilik ishonchini oshirish va shu asnoda ijobiy inflyatsion kutilmalar shakllanishiga erishishni talab etadi.


Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kelajakda narxlar o‘zgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish, shuningdek, mazkur kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni atroflicha o‘rganish maqsadida 2018 yildan boshlab Markaziy bank tomonidan iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o‘rganish yuzasidan kuzatuvlar va so‘rovlar olib borish amaliyoti joriy qilindi. Bunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o‘rganish, tahlil qilish va ularni modellashtirish salohiyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Amaldagi pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va zamonaviy bozor insturmentlarini joriy etish Inflyatsion targetlash rejimiga jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.


Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda global pandimiya davrida barcha mamlakatlar iqtisodiyoti inqiroz davrini boshdan kechirdi hamda bu inqiroz o’z riski bilan barcha davlatlarni iqtisodiy qattiy choralar ko’rishiga olib kedi. Shu o’rinda har bir davlat epidemiya boshlangan davrdan boshlab qattiy karantin joriy etdi, aholining uyda bo’lganligi iqtisodiy qatlam tadbirkorlik faolyatlarini to’xtatilganligi, chegaralar yopiq qolganligi mamlakatlarga iqtisodiy xavflar tug’dirdi. Aholini karantin vaqtida to’lov qobilyati pasayganligi, iqtisodiy faolyat sekinlagani sababli banklar o’z likvidligini taminlanishi va pul kredit siyosati amal qilishi katt risk ostida bo’ldi. Shu bilan bir qatorda davlatlar choralar ko’rishdi bujjet va jamg’armalardan pul ajratishdi. Bu davrda pul kredit siyosatini to’g’ri va oqilona amalga oshirish juda ham muhum bo’lgan jihat. Bu borada davlatimizda epidimiolagik vaziyatni hisobga olgan holda kredit imkoniyatlar tadbirkorlarga berildi bank faolyatida risk yuqori bo’lib ketmasligi uchun Markaziy Bank hamda tegishli vazirliklar tomonidan choralar ko’rildi. Pandemiya davrida narxlar barqarotligini taminlash, yuqori infilatsiyani oldini olish hamda pu kredit siyosatini oqilona amalga oshirish juda ham muhum bo’ldi va bu davrda mamlakatimiz davom etayotgan pandemiya va unga qarshi choralarni muntazam amalga oshirib kelmoqada. Xalqaro moliya tashkilotlari barcha davlatlarga kredit mablag’lari orqali ko’mak berdi. Pandemiya davrida infilatsion targetlash tizimiga o’tishimiz bub u davrdagi murakkab ishlardan biridiz. 2020- yil davrda jahon iqtisodiyoti -4.4 daraja pasayganligi pragnoz qilindi. Tadbirkorlik faolyati -5.8 darajaga pasayganligini ko’rishimiz mumkun. 2021 yilda jahon iqtisodiyoti 5.2 darajaga o’sishi prognoz qilingan. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasida ham iqtisodiy rivojlanish yuqori bo’lishi kutilgandir. Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi.
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi. Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.Makroiqtisodiyot. Darslik. - T.: TDIU, 2004, 240 b.


2. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T: «O’qituvchi»,1994
3. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar Strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi


Foydalanilgan internet saytlari
www.O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasining rasmiy sayti.
www.O'zbekiston Milliy axborot agentligi.
WWW.bamm .ru
WWW.edu.uz


Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish