3. Libixning pessimum qonuni. Ekologik omilning yoqimli ta’sir darajasi optimumdan uzoqlashib borgan sari u organizmga yoqimsiz tuyula boshlaydi va hatto zarar ham byera boshlaydi. Uning zarar byeradigan darajasi omilning ekologik pessimumi deyiladi. Masalan: havodagi ozon gazining optimal miqdori 0,0001 mg/l bo‘lib, bunday havo odam uchun yoqimli va shifobaxsh hisoblanadi. Biroq, havoda ozon miqdorining ko‘payishi organizmga salbiy ta’sir qiladi - bu miqdor 0,02-0,03 mg/l bo‘lganida esa odamning nafas yo‘llari yallig‘lanib, zotiljam kasalligi kelib chiqishi mumkin. Qonunni nemis kimyogari YUstus Libix asoslagan.
Ekologik omillarning “hayot faoliyati omili” koordinatalardagi mintaqaviyligi
3 Ekologik omillarning organizmlarga ta’sir ko‘rsatish qonuniyatlari
Ekologik omillarning organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri turlicha bo‘lsada, ular quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi:
1. Organizmning turli funksiyalariga bitta omil ta’sirining turlicha bo‘lishi. Alohida olingan bir omil bir organizmning turli funksiyalariga turlicha ta’sir qiladi. Masalan: havo haroratining 40-450S issiq bo‘lishi sovuqqonli hayvonlarda (masalan, sudralib yuruvchilarda) modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, lekin shu bilan birga ularning harakatchanligini susaytiradi, ya’ni organizmning to‘laqonli yashashiga xalaqit byeradi.
Organizmlar o‘zining hayot faoliyatidagi barcha jarayonlarni saqlab qolish uchun ularni omillarning optimal ta’siriga moslashtirishga harakat qiladi. Bunga misol qilib, qushlarning mavsumiy ko‘chib yurishlarini, dyeraza oldidagi o‘simlik o‘zining yaproqlarini yorug‘lik tushadigan tomonga qaratishi (fototropizm) va shu singarilarni keltirish mumkin.
2. Muhit omillari ta’sir kuchining turli individlar uchun turlicha bo‘lishi. Organizmlarning muhit omillari ta’sir kuchiga bardosh doirasi bir turga mansub individlarda ularning fiziologik holati, yoshi va jinsiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan: tegirmon kapalagining lichinkasi 70S sovuqda halok bo‘lgani, holda, uning voyaga etgan individi 220S, tuxumlari esa 270S gacha sovuqqa chidaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ekologik valentlik alohida olingan bir individga ko‘ra tur miqyosida kengroq bo‘ladi.
3. Organizmda muhitning turli omillariga moslashish turlicha bo‘lishi. Organizmning ekologik valentligi muhitning turli omillariga nisbatan turlicha bo‘ladi. Masalan; biror evrityerm organizm harorat o‘zgarishining keng diapazoniga bardosh byeraolgani holda, u bosim, sho‘rlik va shunga o‘xshagan boshqa omillarning o‘zgarishiga bardoshsiz bo‘lishi mumkin. Organizm moslasha oladigan omillar turining miqdori organizmning «ekologik spektri» deyiladi.
4. Ekologik spektrning har xil turdagi organizmlarda har xil bo‘lishi. Muhit omillarining xilma-xilligiga moslasha olish imkoniyati har xil turda har xil bo‘lib, bu imkoniyat hatto bir-biriga yaqin turlarda ham bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi omillarga nisbatan moslashish turlararo bir-biriga yaqin kelishi mumkin, lekin ular muhitning barcha omillariga aynan bir xil moslasha olmaydi, ya’ni har xil turdagi organizmlarning ekologik spektri har xil bo‘ladi.
5. Omillarning birgalikda ta’sir qilishi. Organizmlarning alohida olingan biror bir omilga moslashuvida boshqa omillarning ham ta’siri bo‘ladi. Masalan: jazirama issiqqa bardosh byerish quruq iqlimda nam iqlimga ko‘ra oson kechadi. Havoning namligi yuqori bo‘lgan joyda uning namligi past joyga qaraganda sovuqqa bardosh byerish oson. Demak, organizmning issiqqa moslashuvida ham, sovuqqa moslashuvida ham muhitning ikkala omili, ya’ni harorat va namlik, birgalikda ta’sir qiladi.
Ammo birgalikda ta’sir qiladigan omillarning ta’sir darajasi hech qachon bir xil bo‘lmaydi, doimo ularning biri asosiy, boshqalari esa unga qo‘shimcha ya’ni to‘ldiruvchi sifatida harakat qiladi. SHuni aytish kyerakki, organizm uchun omillarning barchasi ham zarur va hech qachon bir omilning o‘rnini boshqa omil bosa olmaydi. Masalan: mutloq quruq tuproqka ekin ekib, unga issiqlik, yorug‘lik, ozuqa va boshqa barcha omillarni etarli qilib byerganimiz bilan u ekin ko‘karmaydi, chunki bu yerda namlik omilining ta’siri etishmaydi.
6. Omillarning cheklovchi ta’siri. Organizm yashashi uchun zarur bo‘lgan omillarning ko‘pchiligi yashash uchun qulay bo‘lsa-yu, ularning birortasi optimumdan uzoqlashib, kritik nuqtaga etsa, bunday sharoitda organizm yashayolmaydi. Bunday omil cheklovchi omil hisoblanib, organizmning o‘sha joyda yashashiga imkoniyat byermaydi. SHuning uchun ham, aytish kyerakki, cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishini belgilaydi.
CHeklovchi omillar abiotik, biotik va antropik bo‘lishi mumkin. Bularni quyidagi birnechta misollar bilan tushunib olish mumkin. Masalan: biror tur o‘z arealini shimolga kengaytirganida u o‘z arealini iqlimning kritik nuqtasigacha kengaytirishi mumkin. Undan narida esa iqlimning cheklovchi omili ta’sir qilib, boshqa kengaytirishga imkon byermaydi. Demak, bu yerda sovuq harorat cheklovchi abiotik omil hisoblanadi. Biror geografik maydonda kuchli raqibning yashashi u yerga kuchsiz organizmning kirishiga yul byermaydi. Bunda cheklovchi omil biotik bo‘lib, u o‘sha kuchli raqib hisoblanadi. Don ekiladigan maydonlar atrofidagi daraxtlarda dala va uy chumchuqlarining ko‘plab uyalarini ko‘rish mumkin. Ammo insonning bu daraxtlarni yo‘qotishi yoki maydonga don ekmasligi chumchuqlarni bu yerni tashlab ketishga majbur qiladi. Bunda cheklovchi omil antropik omil ya’ni inson faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
SHunday qilib, cheklovchi omillar organizmlar hayotining kaliti hisoblanadi. CHeklovchi omillarning ta’siri joy va vaqtga ko‘ra o‘zgarib turadi. SHuning uchun ham bu omillarni yaxshi o‘rganish organizm hayotini to‘g‘ri boshqarish, o‘simlik va hayvonlarni parvarishlash, ulardan mo‘l biomahsulot olish va bir yerdan boshqa ko‘chirib, iqlimlashtirish imkonini byeradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Garin V.M., Klyonova I.A., Kolesnikov V.I. – Ekologiya dlya texnicheskix
vuzov. Rostov-na-Donu, «Feniks», 2003
2. Nikolaykin N. I. i dr. – Ekologiya. M. «Drofa», 2005
3. Rozanov S. I. – Obshaya ekologiya. Sankt-Petyerburg-Moskva-Krasnodar,
«Lan», 2005
4. Chyernova N. M., Bilova A. M. – Ekologiya. M. Prosveshenie», 1988
Do'stlaringiz bilan baham: |