Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari.
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli.
Ichki va tashqi muvozanat modeli.
Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Ochiq iqtisodiyot - jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. Ochiq iqtisodiyot unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqlanadi: Ochiq iqtisodiyotda jami taklifning qoʻshimcha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochiq sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari bilan birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; Ochiq iqtisodiyotda fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.
Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtai nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish "ortiqcha" pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hozirgi sharoitda turli bozorlarning ochiqlik darajasi ham bir xil emas.
Ayrim holatlarda yuqori darajada tovarlar, xizmat bozorlari, kam miqdorda kapitallar bozori, undan ham kam miqdorda esa mehnat bozorlari erkinlashtiriladi.
Milliy iqtisodiyotlarning bir-birlariga nisbatan oʻsib boruvchi ochiqligi iqtisodiyotni milliylashuvi jarayonining ajralmas, boshlangʻich qismidir. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirib, mahsulot va xizmatlar sifatining oʻsishiga va ishlab chiqarish harajatlarini pasayishga olib keladi. Koʻp mamlakatlar Ochiq iqtisodiyotga oʻtishda roʻy beradigan xavf-xatarlar boʻlishini hisobga olib, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishda bojxona bojlari stavkalarini qaytadan koʻrib chiqishga, import va eksportga miqdoriy kvotalar va litsenziyalar belgilashni takomillashtirishga, valyuta nazorati olib borishga ahamiyat beradilar. Bundan tashqari, xalqaro darajalarda mamlakatlar oʻrtasida xolisona taqsimot, harajatlarni eng kam darajaga olib kelish orqali xoʻjalik faoliyatini milliylashtirish boʻyicha mexanizmlarni topish ishlari ham izlanadi.
Dunyoning hech bir mamlakati tashqi iqtisodiy aloqalar va munosabatlardan uzilgan holatda emas. Shu sababli to’liq makroiqtisodiy model o’zida ham ichki, ham tashqi bozorlarda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni majassam etishi lozim.
Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida barcha ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar ushbu mamlakat ichkarisida sotilsa va barcha xarajatlar uch qismga: iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlariga bo’linsa, ochiq iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulotning ma’lum bir qismi chet elga eksport qilinadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, xarajatlarga to’rtinchi unsur sifatida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning eksporti (chet elliklarning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari) ham kiritiladi.
Kichik ochiq iqtisodiyot va katta ochiq iqtisodiyot o’zaro farqlanadi.
Kichik ochiq iqtisodiyot katta bo’lmagan mamlakat iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini o’z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta’sir ko’rsata olmaydi. Kichik ochiq iqtisodiyot jamg’armalari va investitsiyalari-jahon jamg’armalari va investitsiyalarining juda kichik miqdorini tashkil etganligi sababli jahon moliyaviy bozorlaridagi shart- sharoitlarga ko’ra belgilangan jahon foiz stavkasi bu iqtisodiyotda belgilab berilgan (ekzogen) ko’rsatkich sifatida qabul qilinadi.
Katta ochiq iqtisodiyot ko’lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir. Katta ochiq iqtisodiyot jahon jamg’armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik qilayotan yirik mamlakat (AQSh, XXR, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshq.) iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko’rsata oladi.
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog’langan. AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi ro’l o’ynamaydi.
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valyutadan foydalanishni ko’zda tutadi. U to’lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o’z aksini topadi.
Monetar va fiscal siyosat olib borilayotganda, siyosatchilar o’z mamlakatlari chegaralaridan tashqaridagi mamlakatlarga nazar solishadi. Xatto mahalliy rivojlanish ularning yagona maqsadlari bo’lsada, ular uchun dunyodagi boshqa mamlakatlardagi o’rganish muhim hisoblanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro oqimi, kapitalning xalqaro oqimi iqtisodiyotga chuqur yo’llar bilan ta’sir qiladi. Hatarga qaramay, siyosatchilar bunday ta’sirlarga e’tibor qaratishmaydi.