Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
beg’araz kelib tushish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra.
Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to’langan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
bojxona bojlari va yig’imlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
nomoddiy aktivlar ob’ektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga ko’ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |