Boshqa joydan mehmon boʻlib kelgan kishilar uchun vaqtincha yashab turishga moʻljallab qurilgan maxsus bino. Dastlabki Mehmonxona koʻrinishidagi bi-nolar Ossuriyada (mil. av. 10-a.) boʻlgan. Bu turdagi binolar turli xalqlarning yashash sharoitlari bilan bogʻliq ravishda turlicha atalgan. Mac, Oʻrta Osiyoda karvonsaroy, rabot, «zoviya», arablarda «xon», Rossiyada «Gostiniy dvor», «korchma», Fransiya va Ispaniyada «taverna», «xarchevna», inglizlarda «inna», yaponlarda «ryokan» kabi. 18-a. dan boshlab Fransiyada «otel» nomi bilan yuritila boshladi va h. k. Keyinchalik bu nom boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Otel tipidagi Mehmonxonalar ilk bo Rossiya (Moskva)da 1879-y. qurilgan (mas, «Grand-Otel» M. si, u 1959-y. «Moskva» M. si bilan birlashtirilgan). Oʻrta Osiyoda dastlabki M. Toshkentda 1905-y. qurilgan («Natsional», keyinchalik «Sharq» deb nomlangan). Aholining madaniy va maishiy sharoiti oʻsishi, savdosotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbilarmonlarning oʻzaro uchrashuvlari turli turdagi Mehmonxonalar qurilishini tezlashtirdi, shuningdek, poytaxt shaharlarida, dam olish maskanlarida, tarixiy yodgorliklar yaqinida ham koʻplab Mehmonxonalar qad koʻtardi. Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib «Le Meridian Toshkent», «Oʻzbekiston», «Turon», «Afrosiyob», «Chorsu», «Buxoro», «Interkontinental», «Sheraton», «Dedeman silkraud», «Grand mir» va b. mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli Mehmonxonalar («Lokomativ», «Sayohat», «Kosmos» va b.), umumiy Mehmonxona, turistlar Mehmonxonasi, yoʻlovchilar (aeroport, vokzal, avtovokzal va b.) M. si, sportchilar Mehmonxonasi, avtoturistlar Mehmonxonasi (motel, kempin va b.), zamonaviy klass, razryadga boʻlingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablariga javob bera oladigan Mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
Mehmonxona
Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorlik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olib «Le Meridian Toshkent», «Oʻzbekiston», «Turon», «Afrosiyob», «Chorsu», «Buxoro», «Interkontinental», «Sheraton», «Dedeman silkraud», «Grand mir» va b. mehmonxonalar bunyod etildi. Bundan tashqari, turli vazirlik va idoralarga qarashli Mehmonxonalar («Lokomativ», «Sayohat», «Kosmos» va b.), umumiy Mehmonxona, turistlar Mehmonxonasi, yoʻlovchilar (aeroport, vokzal, avtovokzal va b.) M. si, sportchilar Mehmonxonasi, avtoturistlar Mehmonxonasi (motel, kempin va b.), zamonaviy klass, razryadga boʻlingan (4 va 5 yulduzli), jahon talablariga javob bera oladigan Mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |