Artish mashinasi. Gorizontal, bir kamerali artish mashinasi 7.10-rasmda ko`rsatiligan.
Ayrim hollarda kameralar soni bir nechta bo`lishi mumkin. Kamera tsilindrik qobiqdan iborat bo`lib uning ichida metal to`r parda joylashtirilgan. Јobiq va to`r parda orasida halqasimon kanal bor. Јobiq o`qi bo`ylab artish kurakchali rotor o`rnatilgan. To`r parda va kurakchalar orasida zarur o`lchamli tirqish bo`lib, u erda maydalash va edirilishi natijasida material maydalanadi. Chunonchi, kurakchalarni materialga son-sanoqsiz urilishi natijasida hosil bo`layotgan bosim ta’sirida artish jarayoni amalga oshiriladi.
Yuguruvchi tegirmon, odatda 2 ta tegirmon toshi va maydalanayotgan material solinadigan jom 2 lardan tarkib topgan.
Tegirmon toshlari vertikal o`qlarga o`rnatiladi va u bilan birga aylanadi.
Undan tashqari, jom uchidagi material bilan ishqalanish natijasida tegirmon toshlari gorizontal o`qi atrofida ham aylanadi. Maydalash jarayoni ezish va edirilish usullarini hisobiga bo`ladi.
Јo`zg`almas jomli va uzatmadan aylanuvchi tegirmon toshli, hamda uzatmadan aylanuvchi jomli va qo`zg`almas tegirmon toshli yuguruvchi tegirmonlar bor. Oxirgi turdagi tegirmon tez yurar (20...50 min-1) mashina deb hisoblanadi.
Ushbu mashinalarda maydalangan materialni to`kish, markazdan qochma kuch ta’sirida, avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Sharli tegirmonlar mayin yanchish uchun ishlatiladi (7.11-rasm).
Ushbu tegirmonlar bir vaqtning o`zida shar va material bilan yuklanadi. Sharlar ko`pincha po`lat, diabaz, chinni va boshqa materiallardan yasaladi. Ularning diametri maydalanayotgan material o`lchamlariga bog`liq.
O datda po`lat sharlar diametri 35...175 mm bo`ladi va tegirmon hajmining 30...35% sharlar bilan to`ldiriladi.
Tegirmon aylanishi paytida, devor va sharlar ishqalanishi natijasida sharlar aylanish yo`nalishida tepaga ko`tarilib boradi. Ushbu hol, ko`tarilish burchagi materialning tabiiy qiyalik burchagidan ortmaguncha davom etadi, so`ng esa sharlar patsga qarab dumalaydi.
Aylanish tezligi ortishi bilan markazdan qochma kuch va ko`tarilish burchagi ko`payadi. Sharlar og`irligi markazdan qochma kuchdan ko`payishi bilan sharlar patsga, parabolik traektoriya bo`ylab tushib ketadi.
Agarda, aylanish tezligini yanada oshirsak, markazdan qochma kuchlar shunchalik ko`payadiki, sharlar tegirmon bilan birgalikda aylana boshlaydi.
Sharlar tushib ketmaydigan tegirmonning chegaraviy aylanish chatsotasi quyidagi formuladan topadi:
(7.22)
Odatda tegirmonning aylanish chatsotasi nc ning 75% ga teng deb qabul qilinadi va ushbu formuladan aniqlanadi.
(7.23)
bu erda D - baraban diametri, m.
Tegirmonning ish unumdorligi Q (t/soat) quyidagi tahminiy formuladan hisoblab topiladi:
(7.24)
bu erda V-baraban hajmi, m; K - xom-ashyo bo`laklarining o`rtacha o`lchamiga bog`liq proportsionallik koeffitsienti, K=0,41...1,31.
Afzalliklari: universal, maydalash darajasi yuqori, ishlatishda havfsiz va qulay.
Kamchiliklari: qo`pol, og`ir, foydali ish koeffitsienti kichik, yanchish vositalari ham uqalanib maydalanilayotgan materialni ifloslantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |