Konusli maydalagich materiallarni yirik, o`rta va mayda yanchish uchun ishlatiladi. Jarayon asosan ezish va sindirish usullarida olib boriladi.
Maydalash qurilma qobig`i va konussimon shakldagi aylanuvchi kallak orasida amalga oshiriladi (7.5-rasm). Konussimon, aylanuvchi konus qurilma o`rtasidan ma’lum masofada chetga o`rnatilgan, ekstsentrik aylanma harakat qiladi. Aylanuvchi konus qobig`ining bir tomoniga yaqinlashsa, ikkinchi tomonida qobiq va konus kallak orasidagi masofa ko`payadi va u erdan maydalangan materiallar to`kiladi.
Afzalliklari - unumdorligi katta, material uzluksiz ezish va bukish natijasida maydalaniladi, bir me’yorda, shovqinsiz ishlaydi (maxovik kerak emas) va maydalash darajasi yuqori.
Kamchiliklari - qurilma murakkab, narxi qimmat, tikka konusli qurilmaning balandligi katta.
Bolg`ali maydalagich hayvon suyaklari va boshqa qattiq jismlarni maydalash uchun qo`llaniladi (7.6-rasm). Ushbu mashina siqiq zarba berish usulida ishlaydi. Unda, bolg`a 2 tez aylanadigan disk 3 ga sharnir orqali biriktirilgan. Material bunker orqali mashinaga yuklanadi va bolg`alar bilan maydalanadi. Maydalangan material kolosnikli panjara 6 dan o`tib, mashinadan to`kiladi. Maydalangan material o`lchamlari kolosnikli panjara teshiklarining o`lchamlari bilan belgilanadi.
Dezintegratorda disklarning kontsentrik aylanalari bo`ylab savalash tserjenlari o`rnatilgan. Birinchi diskning har bir qatoridagi savalash tserjenlari boshqa diskning ikki qatoridagi tserjenlar orasida kichik tirqish qoldirib joylashtirilgan bo`ladi (7.7a-rasm).
Yuklovchi bunker 5 orqali material mashinaga yuklanadi va aylanuvchi savalash tserjenlar zarbasi ta’sirida material maydalanadi.
Maydalangan material mashinaning patski qismida joylashgan to`kish shtutseri orqali chiqariladi.
Diskning aylanish chatsotasi 200...1200 min-1. Bu turdagi mashinalar ish unumdorligi 0,5...20 t/soat.
Dismembrator. Bunday qurilmalarda bitta aylanuvchi baraban 1 bo`lib, unga bir nechta tserjen – bila 6 lar o`rnatilgan, ikkinchi, qo`zg`almas baraban funktsiyasini qopqoq 3 bajaradi (7.7b-rasm). Ushbu qonqoqning ichki yuzasiga tserjen 5 lar mahkamlangan. Maydalanayotgan material voronka 4 orqali qurilmaga yuklanadi. Dismembrator o`rtasiga tushgan sochiluvchan material markazdan qochma kuch ta’sirida vintsimon harakatga keltiriladi. Baraban 1 aylanuvchi o`q 2 ga o`rnatilgan bo`ladi va u bilan birga teshikli yoki tiqishli xalqasimon panjdara ichida harakatlanadi.
Panjara teshiklaridan o`tmagan materiallarni tserjen 5 lar yordamida juda kichik o`lchamli bo`lakchalar darajasigacha maydalash mumkin. Dismembrator barabanining diametri 250...6000 mm va aylanish chatsotasi 2500...3800 ayl/min – oralikda bo`lishi mumkin.
D ismembratorlarning dezintegratordan farqi shundaki, diskning faqat bittasi aylanuvchan bo`ladi. Ikkinchi disk vazifasini mashina qopqog`i (qobig`i) bajaradi. Unda ham kontsentrik aylanalar bo`ylab tserjenlar joylashtirilgan. Bu qurilmalar rezina-texnika sanoat korxonalarida mel va kaolinni maydalash, hamda ko`mir kukunini olish uchun ishlatiladi.
Zarbali maydalagich afzalliklari: tuzilishni sodda va ixcham; ish unumdorligi va maydalash darajasi yuqori; ishonchligi katta.
Kamchiliklar: qurilma detallarining edirilishi yuqori; ko`p chang hosil bo`lishi; energiya sarfi katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |