1-jadval
2019 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi
mlrd.so‘m
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Summa
|
Ulushi (foizda)
|
1
|
2018 yil bazaviy xarajatlari
|
58 683,2
|
54,8
|
2
|
Indeksasiyalash xarajatlari
|
11 953,1
|
11,2
|
3
|
Qo‘shimcha xarajatlar
|
36 482,0
|
34,1
|
|
shundan,
|
|
|
3.1.
|
ish haqini tabaqalashtirilgan tarzda oshirish
|
5 135,3
|
4,8
|
3.2.
|
qo‘shimcha dastur va tadbirlar
|
31 346,8
|
29,3
|
|
JAMI
|
107 118,4
|
100,0
|
2020 yil uchun Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi 2019 yil uchun tasdiqlangan 58 683,2 mlrd.so'm bazaviy xarajatlarga (jami xarajatlarni 54,8 foizi), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning qarorlari va topshiriqlariga asosan 36 482,0 mlrd.so'm (jami xarajatlar parametrining 34,1 foizi) hamda ish haqi, kommunal to'lovlar, yoqilg'i va boshqa mahsulotlarni narxlarini oshishi hisobiga talab etiladigan 11 953,1 mlrd.so'm (jami xarajatlar parametrining 11,2 foizi) qo'shimcha xarajatlarni qo'shilishidan tashkil topgan.
Davlat byudjeti loyihasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarning aks ettirilganligi 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirish dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 25027,2 mlrd.so'm (2019 yilda 22 084,3 mlrd.so'm) mablag'lar nazarda tutilgan.
Xususan:
1) aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun jami 1 167,4 mlrd.so'm, jumladan:
- kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam va 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqa oluvchilar sonini oshirishga 643,5 mlrd.so'm;
- un va non mahsulotlari narxini oshirilishi munosabati bilan aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish uchun 523,9 mlrd.so'm;
2) 2017-2021 yillarda maktabgacha taъlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Dasturi doirasida 1 654,8 mlrd.so'm;
3) ichimlik suvi taъminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi doirasida 1 100,5 mlrd.so'm;
4) shahar, tuman va poselkalarni obodonlashtirish (liftlarni yangilash, tashqi yoritish va issiqlik taъminoti tizimlari, ichki yo'llarni taъmirlash) ishlarini amalga oshirish uchun 695,2 mlrd.so'm;
5) qishloq va shahar hududlarini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish asosida aholining turmush sharoitini yuksaltirishga yo'naltirilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlari doirasida 500,0 mlrd.so'm;
6) sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish Dasturlari (onalik va bolalik tizimi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, skrining, onkologik kasalliklar, VICh infektsiya, nevrologik va gemodializ xizmatlari, birinchi sanitar, tez tibbiy va ixtisoslashgan yordam xizmatlari) doirasida 468,8 mlrd.so'm;
7) aholini haq to'lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb etish uchun jamoat ishlari jamg'armasi orqali 414,0 mlrd.so'm;
8) aholi bandligini taъminlash Dasturi doirasida Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi orqali 300,0 mlrd.so'm;
9) keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shu jumladan protez-ortopediya buyumlari bilan taъminlash kompleks chora- tadbirlari doirasida 192,7 mlrd.so'm;
10) 2017-2021 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to'plash, saqlash, yo'q qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi doirasida yangi tashkil qilingan “Toza hudud” davlat unitar korxonalariga texnikalar xarid qilishga 163,4 mlrd.so'm;
11) davlat teatrlari, muzeylari va madaniyat uylari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek madaniy meros obъektlarini restavratsiya qilish va qayta tiklash dasturlari doirasida 236,8 mlrd.so'm;
12) innovatsion faoliyat, ilmiy-tadqiqot muassasalarining zamonaviy faoliyati va infratuzilmasini kompleks rivojlantirish Dasturini amalga oshirishga 27,3 mlrd.so'm mablag'lar yo'naltirilishi ko'zda tutilmoqda.
Byudjet kodeksining 73-moddasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg'armalarini shakllantirish maqsadlari va ulardan foydalanishdagi vakolatlar belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg'armasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zahira jamg'armalari xarajatlari 908,6 mlrd.so'mni tashkil qiladi yoki joriy yil ko'rsatkichlariga nisbatan 1,3 barobarga ortiq mablag'lar ajratilmoqda.
Davlat rivojlanish dastur (Investitsiya dastur)lariga kiritiladigan loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2020 yil Davlat byudjeti loyihasi parametrlarida jami 11 930,3 mlrd.so'm mablag' ko'zda tutilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |