Ishchi stansiyalarga faqat operatorlarga qayta ishlash natijalari jo‘natiladi. Zamonaviy MBBT serverda saqlanuvchi protseduralar va triggerlar ham ishga tushurilishi mumkin. Saqlovchi protsedura va triggerlar MBBT yadrosi bilan birgalikda MBBT serverini tashkil qiladi. Saqlanuvchi protseduralarga ishchi stansiyalardagi ilovalardan ham murojaat qilsa bo‘ladi. Bu amaliy dastur kodi hajmini kamaytirishga imkon beradi va ishchi stansiyalardan SQL – operatorlar oqimini kamaytirish imkonini beradi, bu esa kerakli SQL – operatorlar guruhini saqlovchi protseduralarda kodlash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |