Mavzu: Laboratoriya jixoz(isitish, o‘lchov, optik asbob)lari. Ko‘rgazmali qurollar, ularning turlari va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish metodikasi.
Reja:
Kirish.
Ko‘rgazmali qurollarni joylash, butlash va saqlash.
Tabiatni o’rganishda tabiiy tarqatma materiallardan foydalanish.
Xarita va globus. Proektsion apparatlar.
Tajribalar o’tkazish uchun jihozlar. O’lkashunoslik burchagi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
"Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta'limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin"
Sh.M.Mirziyoyev.
Tabiatshunoslik-tabiatdagi turli hodisa va jarayonlami obyektiv bilimlaming rivojlanishini va uni insonning ta’sir kuchi bilan tizimga soladi. Tabiatshunoslikda kuzatish, tajriba o‘tkazish yordamida fanlarni o‘rganadi, uning natijasi dunyoning tabiiy-ilmiy ko‘rinishini ilmiy bilimlami bir tizimga soladi. Tabiatshunoslikning maqsadi-tabiatdagi hodisa va jarayonlami, o‘rganadi, tahlil qiladi va aniqlaydi. Haqiqatni bilish uchun his qilishning ahamiyati va idrok etish murakkab falsafiy savoldir. Fanda haqiqiy deb hisoblangan narsalar yoki ma’lumotlar tajriba natijasida qayta ko‘rib isbotlanadi. Tabiatshunoslikning asosiy qoidalari tabiat iqlimini emperik kuzatuvdan o‘tkazishdir.Tabiatshunoslikni ongli ravishda organik va noorganikka bo‘lamiz, aslida, tabiatdagi narsalar tirik va notirikka bolinadi. Tabiatshunoslikda quyidagi zanjir hosil bo‘ladi. Fizika, kimyo noorganik (notirik tabiat) organik (tirik tabiat) biologiya.Tabiatdagi hodisalar quyidagi tartibda boradi: Astronomiya Geologiya Geografiya Biologiya. Bu fanlar tabiatshunoslikning poydevori bo‘lib hisoblanadi, ammo bugun yangi-yangi fan bo‘g‘imlari paydo bo‘lmoqda, shunday yangi bo‘g‘im-psixologiya fani hisoblanadi, unda ko‘pgina tushunchalar aql, ong bilan idrok etiladi.
Tabiatshunoslikning uchta bosh yo‘nalishi bor.
1. Juda katta, kengni о ‘rganish.
2. Juda kichkinani о ‘rganish.
3. Juda murakkabni о ‘rganish.
Juda kattani astronomiya fani o‘rganadi, astronomik asboblar yordamida Borliqni o‘rganib, bizni nima kutayapti, biz Borliq bilan birgamizmi yo‘qmi va boshqa savollarga javob topishga harakat qiladi. Juda kichkinani fizika o‘rganadi. Atomlar va zarralar dunyosi, tuzilishi, hodisalar, kuch, saqlanish qonuni va boshqalar. Juda murakkabni biologiya fani o‘rganadi, tirik hujayralar, kimyoviy elementlar, ko‘p hujayralilar, genetika tafakkur tirik va atomlar dunyosidagi bog‘lanish, kosmosning ta’siri va boshqalar.
«Tabishunoslik va uni o‘qitish metodikasi» kursi institut va universitetlaming boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlar fakultetlarida o‘qitiladi. Fanning vazifasi yashab turgan dunyomizda voqelik to‘g‘risidagi amaliy bilimlarni o‘rganish, ushbu voqelikni kuzatish va bu jarayonda olingan natijalami ilmiy jihatdan bir tizimga solishdan iborat. «Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi» kursining maqsadi - amaliy fanlarda empirik kuzatishlar orqali inson tafakkuri doirasidagi bilimlarni o‘rganish, aniq xulosalar chiqarish va ilmiy xulosalardan insonlarning ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash yo‘lida foydalanish.
Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga tarbiyalovchi ta’lim tizimini tushunib olish, tabiatshunoslikni o‘qitish asoslarini, uning uchun xos bo‘lgan shakl, metod va uslublarini, o‘quvchilaming bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishlariga yordam qilish kabi amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi.
Tabiat haqida juda ko‘plab ma’lumotlardan kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlami, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o‘lka tabiati ni va boshqalami ochib beruvchi, ta’lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o‘quv materiali tanlanadi. O‘qitishning muntazamliligi, ya’ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o‘yinlar (bu boshlangich sinflardagi o‘qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta’limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi maydonchasidagi ish va unumli mehnat bilan bogianishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o‘quvchilar uchun ulaming yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zamratiga qarab o‘quv materialining tushunarli boiishi bilan belgilanadi. Chunonchi:
- bizning maktab, uy hayvonlari va parrandalari, atrofimizdagi olam (1-2-sinflar);
- yer usti va yer osti suvlari, tabiiy o‘simliklar, madaniy o‘simliklar, sogiom boiay desangiz(3-sinf);
- yer - Quyosh sistemasidagi sayyora, Yer yuzi tabiatinin xilma-xilligi, Vatanimiz bo‘ylab sayohat (4-sinf) aks ettimvchi materialni izchillik bilan o‘rganishni talab qiladi.
Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo‘yicha oddiy (elementar) maiumotlami beradi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili o‘qitish jarayonida turli sezgilardan: ko‘rish, eshitish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O‘quvchilar buyumni qanchalik darajada idrok qilishsa, ulaming shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik
to‘la va chuqur bo‘ladi. Ko‘rgazmalilik tamoyili o‘qitish maqsadlariga mos bo‘lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o‘rganish esa o‘quvchilami chinakam ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Mashg‘ulotlarda turli xil ko‘rgazmali qurollami qo‘llash o‘quvchilaming fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ulaming diqqatini safarbar etadi. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar o‘qitishning hamma bosqichlarida: o‘quvchilaming yangi materi alni idrok qilishlarida, bilimlami mustahkamlashda, tekshirish hamda
amaliy faoliyatda va ishda qo‘llashlarida, mehnat ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilishda tatbiq etiladi. Ko‘rgazmalilik qoidalaridan foydalanishning asosiy vazifasi o‘quvchilaming bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof
olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o‘qitishni nazarda tutadi. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ko‘rganlaridan hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to‘g‘ri tushuncha va xulosalar hosil boMishiga yordam beruvchi qimmatli bilimlar olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |