Hudud Gaz Taminoti Andijon filiali suyiltirilgan gaz taminoti jarayoni
Hozirgi kunda respublikamizdagi 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda. Shundan 3 million 300 mingta uy-joy, 83 mingga yaqin ulgurji iste’molchi tabiiy, 2 million 760 ming aholi xonadonlari esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
Bu haqda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashi ishtirokida tashkil etilgan konferensiyada aytib o‘tildi.
Ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda esa 500 so‘mdan yetkazib berilyapti. Joriy yilning 1 avgustidan esa aholiga beriladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun bir xil — 800 so‘m yetib belgilanmoqda.
Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda bitta iste’molchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) etkazib berish hamda texnologik yo‘qotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.
Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar bo‘yicha xonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni etkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda joriy yilning 1 sentyabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.
Iste’molchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun etkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Gaz ta’minoti tashkiloti va aholi o‘rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish bo‘yicha shartnoma 2 nusxada tuziladi.
Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga taqsimlash va etkazib berish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha ob’ektlariga taqsimlash va etkazib berish sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzmasdan etkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.
Suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga etkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sig‘imlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud bo‘lganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida bo‘sh ballonlarni to‘ldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha etkazib beriladi.
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi to‘g‘risida” 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-son qaroriga muvofiq “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarish hajmlarini yiliga 200,0 ming tonnaga ko‘paytirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qarori bilan:
2018-yil 1-avgustdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun “Hududgazta’minot” AJ va/yoki uning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz sotishning yagona chakana narxi belgilanganligi;
kundalik hayotda iste’mol qilishga aholi uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga sotiladigan tabiiy gaz narxining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgarishi tartibi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarning:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJning — suyultirilgan uglevodorod gazi iste’mol qiladigan ijtimoiy soha obyektlariga aholiga belgilangan narxlarda 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish to‘g‘risidagi;
“O‘zbekneftgaz” AJning — 2018-yilda 3-ilovaga muvofiq jadval bo‘yicha maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-yilgi suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish va sotish balanslari ko‘rsatkichlarining choraklik va oylik bajarilishi jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
5. Belgilansinki:
kundalik hayotda iste’mol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “Hududgazta’minot” AJ va/yoki uning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari orqali amalga oshiriladi;
suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta’minlash uni aholi va ijtimoiy soha obyektlarigacha yoki olis hududlarda joylashgan hududiy gaz ta’minoti tashkilotlarining maishiy gaz ballonlarini almashtirish punktlari va aylanma maishiy gaz ballonlari orqali yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
temir yo‘l transportida tashiladigan suyultirilgan uglevodorod gazini gaz to‘ldirish stansiyalariga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun mas’uliyat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Hududgazta’minot” AJga yuklanadi;
“Hududgazta’minot” AJ suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini sotib olish, servis xizmati ko‘rsatish va davriy tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha yillik xarajatlarni tasdiqlaydi;
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli davriy tekshiruvdan o‘tkazishni tashkil qilish uchun mas’uliyat “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilar, jumladan, suyultirilgan uglevodorod gazini birja savdolarida sotib oluvchi va shartnomaviy narxlarda sotuvchi korxonalar uning normativ hujjatlar bilan belgilangan sifati uchun javob beradilar.
6. “Hududgazta’minot” AJ:
texnologik uskunalar va maxsus texnikani xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlari belgilangan tartibda ajratilgan hajmlar doirasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan uzluksiz ta’minlanishini;
zamonaviy priborlar va hisoblash usullarini joriy etgan holda suyultirilgan uglevodorod gazining qat’iy hisobi yuritilishini, pul tushumlari to‘liqligini, suyultirilgan uglevodorod gazi yo‘qotilishini, asossiz va nooqilona sarflanishini qisqartirish choralari ko‘rilishini;
ikki oy muddatda suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va sotish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va sotishda o‘g‘irlik va suiiste’mollarning oldi olinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmlarini o‘lchash vositalari ustidan metrologik tekshirish va nazoratni ta’minlasin
8. “O‘zneftgazinspeksiya” suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va saqlash obyektlarini montaj qilish va ishlatishda hamda uning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishida texnologik talablarga rioya etilishi qat’iy nazorat qilinishini ta’minlasin.
9. “O‘ztransgaz” AJning 2018-yil avgust-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida har bir iste’molchini suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olish va hisob-kitoblar uchun individual elektron kartalar bilan ta’minlashni nazarda tutadigan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazining avtomatlashtirilgan hisobi va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha tajriba loyihasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zneftgazinspeksiya” va “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish hamda suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan maqsadda oqilona ishlatishni ta’minlash ishlarini tashkil qilsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror hamda tasdiqlangan Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun va mohiyati keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
12. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |