Qisqa xulosalar
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo'lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Biznes va tadbirkorlikda biznesning chiziqli pogʻonali boshqaruvi korxonalari boshqaruv tarkibining chiziqli-pog'onali, chiziqli-shtabli, funksional, chiziqli-funksimml, dasturli-maqsadli, matritsali turlari mavjud.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng samarali usul bo'lib, ikki pogʼonali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi usuli hisoblanadi. Bu usulning samarasi uning oddiyligi hamda rahbar va bajaruvchi o'rtasidagi munosabatlarning to'gndan-to'gri bogʼanganligidadir.Boshqaruvning matritsali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o'zida, loyiha bo'yicha boshqarish, shuningdek funksional organida xizmatda bo'ladi hamda ikki yoqlama bo'ysunadi. Bu tarkibning o'ziga yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:
boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi;
qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;
korxonaning ichki va tashqi sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o'zgarishiga tezda ko'nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
chiziqli bo'ysunish vositasida bo'lim ichida byurokratiyaga bo'lgan moyillikni birqadar so'ndiradi va hokazo.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to'g'risida yakuniy xulosalarga kelar ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham rasmiy tarkib deb bo'lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o'z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragbatlantirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishishimiz lozim. // Xalq sozi gazetasi, 2006 yil, 11 fevral.
Qosimova M.S., Xodiev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S., Kichik biznesni boshqarish. Oquv qollanma. T.: Oqituvchi, 2003.
Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. M.: INFRA-M, 2004.
Maly biznes. Organizatsiya, ekonomika, upravlenie: Ucheb. posobie dlya vuzov / Pod red. prof. V.Ya.Gorfinkelya, V.A. Shvandara. 2-e izd., prereb. i dop. M.: YuNITI-DANA, 2003.
Internet veb-saytlari
www.biznes.ru
www.business.com
www.businessbuy.ru
www.businesspress.ru
www.gendirector.ru
www.rambler.ru
www.rg.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |