Reja kirish inson taraqqiyoti konsepiyasining yuzaga kelishi va shakllanishi. Ta'lim inson taraqqiyotining asosi sifatida. Mingyillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risida gapirib bering


Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil)



Download 63,65 Kb.
bet3/4
Sana14.07.2022
Hajmi63,65 Kb.
#799785
1   2   3   4
Bog'liq
1 Inson taraqqiyoti konsepiyasining yuzaga kelishi va shakllani

Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil)

  • Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti (1996 – yil)

  • Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 – yil)

  • Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazishdagi roli (1998 – yil)

  • O’zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o’tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 – yil)

  • Kichik va o’rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 – yil)

  • Markazsizlashtirish va inson taraqqiyoti (2005 – yil)

  • Salomatlik barcha uchun: O’zbekistonning yangi mingyillikdagi asosiy maqsadi (2006-yil)

  • O’zbekistonda ta’lim: talab va taklif mutanosibligi (2007-2008 yillar)

    O’tgan davrga nazar tashlaydigan bo’lsak, ma’ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o’z aksini topayotganligini ko’ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ’ib qilishga yo’naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitish orqali ta’lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasidir. Hozirgi kunda o’qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo’llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o’quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o’qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo’lgan strategiya haqida talabalar va o’qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.
    2. Bugungi kunda ta'lim inson va jamiyatni rivojlantirishning eng muhim omiliga aylangan. Ta'lim muassasalari madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, kasbiy tayyorgarlikning asosiy shakliga aylangan. Ta'lim shaxs tomonidan bilimlarni egallashiga xizmat qiladi, unga ijtimoiy me'yorlarni o‘zlashtirishga yordam beradi, iqtisodiy faol hayotga kirishida dastak bo‘ladi.
    Ta'limning insonning ma'naviy va intellektual ehtiyojlarini va qobiliyatini shakllantirishga ta'siri nuqtai nazaridan uni o‘zaro bog‘liq uch: shaxs, davlat va jamiyat nuqtai nazaridan qarab chiqish qabul qilingan.
    Shaxsiy darajada – bu insonning o‘zligini to‘la namoyon qilish, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatidir. Shu bilan birga ta'lim umumiy va kasb bilimlarini egallashga ham xizmat qiladi. Bilimli inson ma'naviy jihatdan boy, uning hayoti faqat moddiy qadriyatlardangina iborat emas. Ta'lim shaxsga o‘zining ma'naviy extiyojlarini qondirish, hayotini to‘laqonli va uyg‘un qilish imkonini beradi.Ekspertlarning hisoblab chiqishlariga ko‘ra, hozirgi davrda jismoniy kapital ulushiga jahon bo‘yicha o‘rtacha milliy boylikning 16,0% to‘g‘ri keladi. Ayni paytda milliy boylikda inson kapitalining ulushi 64,0%, tabiiy kapitalning ulushi 20,0 % ni tashkil qiladi.
    Iqtisodiy rivojlanish darajasi ortishi bilan inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi ortib boradi. Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada mazkur salmoq 80,0 % ga yetgani huddi shundan dalolat beradi. Jahon hamjamiyati va alohida davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi stategiyasida ta'limga insonni rivojlantirish konsepsiyasining eng muhim tarkibiy qismi sifatida yondashiladi.
    Ta'lim insonni rivojlantirishning eng muhim omili sifatida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va gumanitar muammolar butun majmuasini hal etishga katta ta'sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ular qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
    ● har bir mamlakatda hozirgi davr uchun munosib bo‘lgan aholi turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlash;
    ● ish bilan samarali bandlikni ta'minlash;
    ● barqaror rivojlanishni ta'minlash;
    ● ijtimoiy tengsizlik darajasini pasaytirish;
    ● fuqarolik jamiyati tarkibini mustahkamlash;
    ● inson va xar taraflama amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasiga muvofiq:
    “Har kim ta'lim olish xuquqiga egalar. Bepul umumiy ta'lim olishdavlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” .
    “Ta'lim to‘risidagi” Qonunda ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilingan.
    Ta'lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardani iboratdir:
    ● ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
    ● ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
    ● umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi;
    ● o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
    ● ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
    ● davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
    ● ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
    ● bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;
    ● ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
    O‘zbekistonda ta'lim sohasini chuqur isloh qilish 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bilan bog‘liqdir. Ushbu hujjatda quyidagilar qayd qilinadi:
    “O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'nviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
    Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy єqdriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatda ta'lim sohasini isloh qilish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi:
    ● respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
    ● mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;

    ● davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi;


    ● milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
    ● O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e'tiborining mustahkamlanib borayotganligi.O‘z mohiyati va mazmuni bo‘yicha noyob hisoblangan mazkur dastur 12 yillik ta'limga o‘tish hamda uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan .

    Download 63,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish