Reja: kirish innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar



Download 256,5 Kb.
bet4/6
Sana21.10.2022
Hajmi256,5 Kb.
#855034
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyaviy barqarorlik

3.Sanoat korxonalarini moliyalashtirish manbalari
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi. Korxonani moliyalashtirish manbalari quyidagi -rasmda tasvirlangan.



Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- ichki manbalardan moliyalashtirish;
- jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
- qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
- aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.

2-rasm. Korxonani moliyalashtirish manbalari
Ichki manbalar sifatida korxonaning o‘z mablag‘lari – foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi.
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
2. Qarzli investitsiyalar:
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- korxona olingan qarz uchun foizlar to‘laydi;
- korxona kreditor uchun zarur va maqbul kafolatlarni beradi;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi:
- moliyaviy investorga ulushni sotish;
- strategik investorga ulushni sotish;
- venchurli moliyalashtirish;
- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif qilish (IPO);
- qimmatli qog‘ozlarni yopiq (xususiy) joylashtirish;
- horijiy moliya bozorlariga chiqish;
- bank kreditlari, kredit liniyalari, ssudalar;
- tijorat (tovar) krediti;
- davlat krediti (investitsion soliq krediti);
- obligatsiyali qarz;
- loyihaviy moliyalashtirish;
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash;
- lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
- tadqiqotlar va ishlanmalar to‘g‘risida kelishuvlar;
- davlat tomonidan moliyalashtirish;
- veksellarni chiqarish;
- o‘zaro hisob-kitoblar;
- barter;
- boshqalar.
4. Sanoat korxonalarida investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari shakllanishini boshqarish hisoblanadi.
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi.
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:

  • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;

  • amortizatsiya ajratmalari;

  • mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;

  • asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;

  • nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar.

Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar;

  • korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning, yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;

  • yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

  • maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;

  • qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari.


Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish