Reja: Kirish I bob. Undosh tovushlar va harflar haqida umumiy ma'lumot. I


II BOB. Undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi



Download 25,43 Kb.
bet5/8
Sana30.06.2022
Hajmi25,43 Kb.
#719442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5386838993000208078

II BOB. Undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi.
Ushbu bobda hozirgi o`zbek adabiy tilida undoshlar tasnifini 2-sinf darsligi misolida ko`rib chiqildi va o`zbek tilidagi undoshlarning o`xshashliklari va farqli jihatlarini o`rganildi.

II.1. J, X, H va harf birikmasi bilan ifodalangan undosh tovushlarni o'rgatish metodikasi.
Tovush murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta'rif bеrilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar orqali hosil qilinadi.
Shunga e'tibor bеrish kеrakki, adabiy tilning fonеtikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutqidagi har xillik yo‘qoladi. Shuningdеk, fonеtik tushunchalarni puxta o‘zlashtirmagan o‘quvchi orfografik (imloviy) tushunchalarga ham ega bo‘lmaydi.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar hosil qilinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
jo'ja, jajji so' zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) hamda,
jurnal, vijdon so'zlaridagi j tovushi (jarangli , sirg'aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi.
J j harfi. Jiyan, jo’ra kabi so’zlarda til oldi qorishiq portlovchini ifodalasa,chetdan kirgan , gijja,ajdar kabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.
Ko'pchilik o'quvchilar x va h undoshlarini qo'llash jarayonida xatoga yo'l qo'yishadi. Ba'zan bu xatolar o'qituvchilarning o'zlarida ham uchrab turadi.
Avvalo, o‘quvchilarga “h” va “x” undoshining talaffuzi yaxshilab tushuntiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida — un paychalari o‘rtasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladigan, jarangsiz sirg‘aluvchi bog‘iz tovushi “h” hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‘aluvchi “x” tovushlarining talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‘rsatiladi.
Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.
Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…
Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Shohista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida...
Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.
Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six...
Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-hoyat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.
To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod...
Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.
Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och...
Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivojlantiriladi.
Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriIadi.
X x harfi xalq, axborot, baxt; H h harfi hamma, hosil, ehson, isloh kabi so‘zlardagi muayyan tovushlarni ifodalash uchun yoziladi.
Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. 1-2-sinflarda esa bu olingan bilimlar so'zlarni yozish, o'qish, ko'rish orqali yanada mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch half birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s'h (is'hoq) tarzida o'qiladigan hoIatga to'xtalmaydi.
Sh sh harfi shahar, shimol, shoshmoq, osh, bosh kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovushni ifodalash uchun yoziladi. Sh harfi ikki tovushni ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
Ch ch harfi chumoli, choy, achchiq, soch kabi so‘zlarda til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovushni ifodalash uchun yoziladi.
2-sinf davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya'ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo'g'in va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir. Ng ng harfi ko‘ngil, tong, ong so'zlarida ifodalanadi.
O'rganilgan bilim, ko'nikmalar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, tovushni ifodalaydigan j , tutuq belgisi ( ’) va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich.


Download 25,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish