Reja: kirish. I. Bob. Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyag oid ma'naviy va axloqiy qarashlari



Download 153 Kb.
bet8/9
Sana22.06.2022
Hajmi153 Kb.
#692906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA

Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. SHu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.

XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.

Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, SHarq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, SHarq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.

Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasavvuf ilmi bo’yicha Yusuf Hamadoniy qo’lida chuqur ta’lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

2.2. "Turkiy guliston yohud axloq" asarida ta’lim tarbiya haqida.


Nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir.


Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar. Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy gulitson yohud ahloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi haq insonlarning asl hilqatda itsе'dod va qobiliyatli, yaqshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lеkin bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq hulqdan saqlanib, go'zal hulqlarga odatlanib katta bo'lsa, bahtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, ahloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har hil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi»-dеb ta'kidlaydi. Alisher Navoiyning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. Uning fikricha jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir. Shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi. Mana shu o’rinda Alisher Navoiyning bir baytlarini keltirib o’tsak:

Ulga erur tiflga shoista ish


Bilki kichiklikda erur parvarish
Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf
El boshiga chiqquncha topdi sharaf

Bunga endi ozgina tushuncha berib o’tsak: Tifl ya’ni bolani kichikligidan yaxshi tarbiyalash, sadaf qatoriga kirgan qatra durlar singaridir va odamlar orasida uluglanishi, ezozda bo’lish sharafiga muyassar bo’ladi. Xuddi shuningdek, ota-ona go’yo sadaf, bolalar esa ularning bag’ridagi qatralar-durlardir.


Tarbiya – «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o’ldug’indan shul xususda bir oz so’z so’ylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o’rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o’sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga «yaxshi xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta qilmog’i lozimdur. Zeroki, «Hassinu axloqiko’m» amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg’a amr o’linganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo’lishining asosiy panjasi tarbiyadur.
Axloqimizning binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordur, ba’zilar «tarbiyaning axloqqa ta’siri yo’q, insonlar asl yaratilishida qanday bo’lsalar, shunday o’sarlar, tabiat o’zgarmas», – demishlar.
Yomon xo’ tuzalmaydi darmon ila, Ipak o’lmas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon, Bo’lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan».
Lekin bu so’z to’g’ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqga, albatta, ta’siri bo’ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan, jon ila chiqar», mana bu so’z to’g’ridur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Beshikdan to mozorga borguncha ilm o’rgan», – demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: – «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’lidur», – demish. Shariati islomiyada o’z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayn, o’z millatining yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg’ambarimiz: «Bolalaringizni yetti yoshida namozga o’rgatingiz. Agar o’n yoshida o’qimasa uringiz», – demishlar.

Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,


Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo’lmas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G’ayrat aylang o’tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidek yo’q oshyoni tarbiyat.

Emdi ochiq ma’lum bo’ldiki, tarbiyani tug’ulgan kundan boshlamak, vujudimizi quvvatlandurmak, fikrimizi nurlandurmak, axloqimizi go’zallandurmak, zehnimizi ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», – deb javob bersak, bir kishi deyurki, «qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qo’li to’qmoq onalarmi? O’zlarida yo’q tarbiyani qaydan olib berurlar», der . Mana, bu so’z kishining yuragini ezar, bag’rini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak , qaysi ota? To’ychi, uloqchi, bazmchi, do’mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko’zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o’zlarini o’qitmak, tarbiya qilmak lozimdur», – der. Mana bu so’zni eshitgach, umid qo’llari qo’ltuqg’a urilur.


Xayr, bo’lmasa muallimchi desak, «Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o’qumagan, «usuli ta’lim» ko’rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o’zlari dorilmuallimin»larda o’qimaklari, so’ngra dars bermaklari lozimdur», – der. Mana bu so’z insonni hayrat daryosiga g’arq qilur.
Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o’z vazifalarini bilub, nafslaridan kechub, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilub, imtihon birla o’qutmaklari lozimdur», – der. Mana bu so’z har kimni «Alisloh» demakga majbur qilur. Bo’lmasa hukumat-chi? desak, «xayr , hukumat hammaning otasidur. O’z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim, shuning uchun bizning Rusiya hukumati o’gay bo’lsak ham, har yerda bizlar uchun ham maktablar ochub, bolalarimizni tekin o’qitur. Lekin o’zimiz ish bilmagan, yalqov, uyda onamiz tarbiyasi, otadan pul tarbiyasi, muallimdan axloq tarbiyasi, mudarrisdan funun tarbiyasi ko’rmaganimizdan, hukumat maktablaridan ham o’z hissalarimizni ololmaymiz», – der. Mana bu so’z bizlarni tarbiyadan mahrum, huquqning na ekanin bilmaganlig’imizni bildirur.
Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi axloqindadur», – demishlar.
Agar bir qushning yosh bolasin olib,
Bo’lur tarbiyat birla yo’lga solib.
Onasin olib asrag’on birla rom,
Qilmas kishi sa’y qilsa mudom.
Kerak tarbiyat yoshlikdan demak,
Ulug’ bo’lsa lozim kelur g’am yemak.
Egur bemashaqqat kishi navdani,
To’g’unchi egur kuydirib kavdani.

Albatta Avloniy bobomiz bejizga tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat homi falokat masalasidur deb ta'riflab òtmaydi. Biz òzbek xalqi birinchi navbatda qayda bòlmasin tarbiyamiz bilan ajralib turamiz òzligimizni òzbek ekanligimiz tarbiyamiz orqali namayon bòladi deb òylayman. Et bilan tirnoqni bir biridan ajratib bòlmaganidek ta'lim va tarbiyani bir biridan ajratib bòlmaydi, biz yosh avlodga qanchalik etiborli bòlib ilmga yònaltirsakgina bizni ertangi kunimizga bòlgan ishonchimiz mustahkam bòladi. Donishmand allomalarimiz aytganidek bolaga tarbiyani ona qornidan boshlash kerak aks holda



XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar kechayotgan hozirgi kunlarda talabalarning milliyma‘naviy merosimiz asosida ma‘naviy rivojlantirish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Chunki, yoshlarning ma‘naviy tarbiyasida Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi olimlari merosidan foydalanish yanada samarali bo‘lishiga olib keldi. Haqiqatdan ham bu ma‘naviy merosimiz turli pedagogik muammolarni hal etishda, eng muhimi, ma‘naviy barkamol insonni rivojlantirish va bu bilan pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ulkan imkoniyatlarga egadir.
Barkamol avlod sifatlarini shakllantirish tizimi O‘zbekiston tarixi, falsafa, etika, metodika fanlari bilan o‘zaro aloqada o‘qitish jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Bu borada pedagogika kursini o‘qitishning turli xil yo‘llari, usul va vositalari ayniqsa katta imkoniyatlarga ega.
Talabalarni IX-XV asrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar hayoti, ilmiy faoliyati, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasiga oid fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish natijasida ular ongi va xulqida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Tadqiqot jarayonida talabalar qanday yashash, o‘qish va ishlash kerakligiga namuna, o‘rnak bo‘la oladigan allomalarning ilg‘or fikr va g‘oyalari bilan tanishtirish imkoniyatlari ochib berildi; ular ongi mutafakkirlar turli ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarda qanday faoliyat ko‘rsatganligi haqidagi bilimlar bilan boyitildi; talabalarning ma‘naviy sifatlarni tarbiyalash haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengaytirildi; Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti hamda Ma‘mun akademiyasi mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiya masalalarini talqin qilishda uning ustuvorligiga ishontirildi va isbotlandi; kasbiy va ma‘naviy sifatlarini tarkib toptirish uchun tinimsiz mehnat hamda shaxsiy sifatlarini takomillashtirib borish zaruriyati tushuntirildi. Talabalarda o‘zining buyuk yurtdoshlari, dunyo ilm-fani, jumladan Ma‘naviyat asoslari fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar bilan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi; Vatanga muhabbat, uning tarixi, an‘analari, xalq pedagogikasi xazinasiga qiziqishi orttirildi; xalqimizning buyuk allomalari merosini mustaqil ravishda yanada chuqurroq o‘rganishga ishonch hosil qilindi.
Hozirgi davrda yosh avlodning intellektual va ma‘naviy jihatdan rivojlantirmay turib jamiyat taraqqiyotiga erishib bo‘lmaydi. Bu borada O‘rta Osiyo mutafakkirlarining jtimoiy ta‘limoti katta ahamiyatga ega ekanligi o‘zining ilmiy isbotini topdi. Ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida O‘rta Osiyoda mutafakkirlarining ijtimoiy ta‘limoti talabalar ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashga doir fikr va g‘oyalari o‘z davri jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda keyingi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasida aql-idrok, bilim, yaratuvchilik, ijodkorlik, xulq-odob, insoniy munosabatlar, mehnatsevarlik, sog‘lom turmush tarzi kabilarni tarkib toptirishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi asoslab berildi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida tarbiya tizimida o‘ziga xos umumiylik mavjud bo‘lib, bu umumiylik iymon-e‘tiqod, ona-Zamin, Vatanga muhabbat, erksevarlik, adolat, xalqparvarlik, insonparvarlik, xulq-odob qoidalari bosh g‘oya tarzida fikrlar mahsuli bo‘lib, talabalarning ma‘naviy sifatlarini tarbiyalashda o‘ziga xos uyg‘unlik kasb etadi.
Ta‘lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida mutafakkirlarimiz ijodini o‘rganish asosida yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, mehnatevarlik tuyg‘ulari shakllanadi.
Bu borada ta‘lim-tizimiga texnologik yondoshuv, yangi pedagogik texnologiyalardan, ta‘limning eng ilg‘or tajribalaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sharq mutafakkirlariningta‘lim-tarbiyaga oid qarashlari yordamida talaba yoshlarda ijobiy insoniy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan samarili foydalanish har bir o‘qituvchining muhim vazifasidir.
SHarq mutafakkirlariningasarlari yordamida yoshlarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi.
SHarq mutafakkirlari ijodini o‘rganish yordamida yoshlarda milliy g‘oyani shakllantirishning maqbul tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy yetish;
- hayotni anglashga qiziqish hissini o‘stirish, atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish;
- Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish;
- SHarq mutafakkirlarining didaktik asarlari yordamida o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar uyushtirish;
- O‘quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan tashviqottarg‘ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish;
- Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o‘quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini ta‘minlash hamda o‘quvchi shaxsini kamol toptirish.
-Mutafakkirlarimiz ma‘naviy merosi yordamida o‘quvchilarda mafkuraviy immunitetni yaratish.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish