ll bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasasida psixolog, bolaga qiyinchiliklarni yengishga yordam bersa, bolani tinchlantira olsa, mehribonlik, g’amxo’rlik bilan munosabatda bo’lsa, ijtimoiylashuvdagi muammolarini kamaytirish va yengib o’tishiga imkoniyat yaratiladi.
Mashhur oilaviy terapevt Virdjiniya Satir bolani kuniga bir necha marotaba quchoqlashni tavsiya etadi. Uning fikricha, 4 marotaba bag’riga bosish har bir insonga faqatgina yashash uchun kerak ekan, yaxshi kayfiyat uchun esa kuniga 8 marotaba bag’riga bosish kerak ekan! Bola intellektual rivojlanishi uchun esa kuniga 12 marotaba uni quchoqlash kerak! Va shuni bilingki, bu nafaqat bolaga, kattalarga ham kerak. Bolaga ushbu narsalar o’sayotgan organizmga ovqat kerak bo’lganidek judayam zarur. Ular bolani psixologik rivojlantirib, hissiy oziqlantiradi.
Agar bola shu qo’llab quvvatlashni olmasa, hissiy muammolar, xulqida kamchiliklar, tengdoshlariga qo’shila olmaslik holatlari kuzatiladi, hattoki, asab-psixik kasalliklar vujudga keladi. Shu sababli ota-onasi yo’q va ijtimoiylashishga qiynalayotgan bola bilan ishlash jarayoni pedagoglardan sabr, mehr va bola tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvni talab qiladi. To’g’ri yo’sinda olib borilgan tarbiya natijasida bola o’zini nazorat qilish, atrofidagi insonlarga mehrli munosabatda bo’lishni o’rganadi, ruhiy jihatdan sog’lom o’sadi, mustaqil fikr yuritadi va katta hayotga dadil qadam qo’yishga tayyorlanadi.
Xulosa
YUNICEF tomonidan rasmiy ma’lumotlarni global darajada o’rganish shuni ko’rsatadiki, Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi muassasalarda yashayotgan bolalar soni hamon yuqori bo’lib qolmoqda - har 100ming boladan 666 tasi. Bu dunyo miqyosidagi ko’rsatkichdan – 100ming boladan 120tasi – besh barobar yuqoridir.
2016 yildagi rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda har 100ming boladan 255tasi internat muassasalarida tarbiyalanadi. Bu raqam mintaqadagi ko’rsatkichdan past bo’lsa-da, global ko’rsatkichga nisbatan ancha yuqoridir.
Ekspertlarning fikriga ko’ra, internat shaklidagi muassaslardagi boalalar sonini qisqartirish muhimdir. Buning uchun bolaning oilasiga yordam berish yoki, zarur hollarda, muqobil oila vasiyligini ta’minlash kerak.
O’zbekiston prezidentining yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori va tegishli reja hukumatning bolaning mehribon va g’amxo’r oila sharoitida o’sish huquqini ta’minlashga sodiqligini yaqqol namoyish etadi.
O’zbekiston sharoitida ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Pedagog yoki ijtimoiy xodimning bu yo’sinda to’g’ri yo’nalishda ishlashi va kelgusidagi salbiy holatlarni oldini olish uchun biz quyidagi tavsiyalarni beramiz:
bola himoyasi uchun mas’ul bo’lgan barcha tashkilotlar ishtirokida O’zbekistonda bolalarga vasiylik va homiylik qilish tizimini isloh qilish uchun keng qamrovli strategiyani ishlab chiqish;
O’zbekistonda bolali oilalarga maqsadli yordam ko’rsatish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
oilani qo’llab-quvvatlash xizmatlarini yanada rivojlantirish zarur, chunki professional ijtimoiy xodimlar oilalarga malakali yordam ko’rsatishlari mumkin, shu yo’sinda bolani oiladan ajratishning oldi olinadi;
ijtimoiy xizmat sohasidagi professional pedagog xodimlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, shuning uchun sohada kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berish kerak;
ijtimoiy ish o’quv dasturini yaratish.
Maqsad institutsional yondashuvga asoslangan tizimdan oila muhitiga asoslangan tizimiga o’tishdir. Buning uchun ijtimoiy xizmatlarni va zarur nafaqalarni taqdim etish orqali bolalar va oilalarga ijtimoiy yordam ko’rsatishni kuchaytirish lozim. Bunday sa’y-harakatlar oilalarning ehtiyojlarini qondirishni hamda muammolarni erta bosqichlarda hal qilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |