To‘pni oyoqlar bilan ushlang. Polga o‘tirib oyoqlar bilan kichkina to‘pni ko‘tarib, tashlab, ushlab, aylantirib turish. Faqat uni qo‘llar bilan ushlamaslik kerak.
To‘pni dumalating. O‘rindiqqa yoki pol ustiga oyog‘ingiz panjasini tennis to‘piga qo‘yib dumalating. Keyin oyoq panjasini uchidan toki tovongacha, so‘ng tovondan oyoq uchigacha dumalating.
Sharik va halqachalar bilan o‘yin. Polga o‘tirib oling, oldingizga o‘nta halqachalarni terib qo‘ying. Halqachalar oldida kichik shariklar qo‘ying. Har bir shariklarni halqalar ichiga bittadan qo‘yib chiqing: beshtasini o‘ng oyoq panjalarida, beshtasi chap oyoqda. Keyin shariklarni qo‘lingiz bilan olib halqalar oldiga qo‘yib chiqing. Shunday qilib yana shu mashqlarni qaytaring.
Oyoq bilan ip bog‘lang. Polga oyoqlarni tizzadan bukib o‘tiring, tizzalarni yon tomonlarga yozib, oyoq panjalarini orasiga qalam yoki cho‘pga ip bog‘langan bo‘lsin. Ipli cho‘pni oyoq barmoqlari yordamida qalamga bog‘lab chiqing. Yana qog‘oz ustiga oyoq panjalarini qo‘yib qalam bilan qog‘ozga chizma yozing.
(2-amaliy mashg‘ulot)
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi bolalarning jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, ular sog‘lig‘ining mustahkamlanishi, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladagan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg‘ulotlar harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazilishi mumkin.
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimning ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadn. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishi, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngida asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish yoki tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |