X U L O S A
Ma'lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan shar bir shaxs har tomonlama yetuk rivojlangan bo'lishi lozim, afsuski, ba'zi kishilar o'zida ruhiy, ma'naviy va jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan holda bo'lmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, o'sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog'liqdir. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Ljtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni, inson organlari va sistemalarining biologik rivojini har doim va har yerda ichki talab tarzida ifodalaydi.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo'llaniladigan shar qanday tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog'langandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bog'liqligini dialektik ,materialistik ,falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o'sha eski bahsni hozir ham davom ettirishga urunuvchilar mavjud bilib, odam tanasining tashqi ko'rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta'sir bilan o'zgartirish kiritish mumkin emas deb, tarbiyaning rolini inkor etadilar. Jismoniy tarbiya jarayoni qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan garmonik rivojlanishini yo'lga qo'ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan.
Jismoniy tarbiyaning sog'lomlashtirishga yo'naltirilganligi printsipi shug'ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg'ul bo'lishida ularning sog'ligiga javob berish ma'suliyatini e'tiborga olishni taqazo etadi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug'ullanuvchilarning sog'ligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga ham javob beradilar.
Vrach va pedogog nazorati ostida jismoniy mashqlardan tog'ri foydalanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto'g'ri foydalanish esa sog'likga salbiy ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun biologiya xususiyatlari-yoshi, jinsi sog'ligini sistemali hisobga olish, vrach va pedogogik nazorat tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy mashqlar haqida qisqasha so'zida "salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish "ekanligini ta'kidlaydi. Ovqatlanish, uyqu dam olish rejimining kun tartibida sistemali jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlardan keyingi o'ringa qo'yadi.
Maromli, me'yorida erkin harakatlar qilish-ya'ni jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish kasallikni yo'qotish uchun hech qanday davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib o'tadi. Erkin, me'yoridagi maromli harakat uzluksiz chuqur nafas olishni yo'lga qo'yadi. Bu degani, organizm muskullari va to'qimalarini kislorod bilan yetarli darajada ta'minlaydi. Mashq qilgan, mashq ko'rgan organizm o'zidagi «ortiq» chani vujudga kelishi, uning chiqarib tashlanishiga keragidan ortiq energiya sarflamaydi.
Shaxsni har tamonlama rivojlantirish printsipi ijtimoiy hayotga ishlab chiqarish va harbiy ishini amalga oshiradigan har tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi. Bunday har tamonlama jismoniy, ma'naviy yetuk jismoniy rivojlangan shaxslarni tarbiyalash mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |