Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida (2007 yil 3 aprel, 71 - sonli). Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan. Yuqorida ko'rsatilgan huquqiy xujjatlar asosida o'quv jaraenida talabalarga "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining barcha yo'nalishlari bo'yicha keng manoda tushunchalar berildi.
Xulosa
Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o‘ziga xos jihatlarini, harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir.
Trenerning yosh zonalarini bilishi ko‘p yillik mashq jarayonini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko‘p yillik mashg‘ulotning oqilona tizimi qurishda e’tiborga olish zarur bo‘lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik – taktik faoliyatlarni sifatli o‘zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o‘rganish lozim.
Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zahirasi mavjud bo‘ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta’sirotlar tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyat-larini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta’sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog‘onasida o‘sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to‘la namoyon bo‘lishiga yordam beradi. 2-jadvalda maktab yoshidagi bolalar harakat faoliyatlarining rivojlanishidagi sezgi bosqichlari topografiyasi berilgan.
Yuqoridagi qatorda o‘g‘il bolalarda harakat faoliyati rivojlanishining sezgirlik bosqichlari, pastki qatorda esa qizlardagi xuddi shunday bosqichlar ko‘rsatilgan. Mazkur ma’lumotlarning hisobga olinishi trenerga u yoki bu jismoniy qobiliyatlarning o‘sishidagi to‘xtab qolishlarga barham berish imkoniyatini yaratadi.
Jismoniy qobiliyatlar tushunchasiga aynan harakat faoliya-tining namoyon bo‘lishi bilan birga bu namoyon bo‘lishning o‘ziga xosligini belgilovchi ruhiy – fiziologik xususiyatlar ham kiradi.
Kuchning miqdoriy o‘lchami sifatida mushak zo‘riqishining kattaligi xizmat qiladi; tezkorlikning o‘lchami – mushak qisqa-rishlari tezligi, uning yashirin davri, shuningdek, muayyan masofa kesmasida harakatlanish tezligi; chidamkorlikniki – mushak ishining bajarilish davomiyligidir. Periferik harakat apparati, ichki organlar faoliyatining holati, biokimyoviy jarayonlar har bir jismoniy sifatning namoyon bo‘lishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Jismoniy sifatlarning takomillashuvida ongli irodaviy nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tezlik chidamliligining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ish jarayonida tang holatni engib o‘tish malakasi 400-1500 m ga yugurishdagi muvaffa-qiyatni jiddiy darajada oldindan belgilab beradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning tuzilishga xos asoslari tayanch – harakat apparati, markaziy va periferik asab tizimi, ichki a’zolardagi ijobiy morfologik hamda biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Demak, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi somatik hamda vegetativ faoliyatlarning muvofiqligiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqador ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |