O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
5110100 - matematika yo‘nalishi 19.01-guruh talabasi
Otajonova Odinaxon Muxtorjon qizining Matematik analiz fanidan
“Ko'p o'zgaruvchili funksiyaning xususiy xosilalari”mavzudagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Farg‘ona 2021
REJA
KIRISH I BOB FUNKSIYANING XUSUSIY XOSILALARI
1.1-§. Ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi.
1.2-§. Funksiyaning xususiy hosilalari Funksiyaning diffrensiali.
II BOB YUQORI TARTIBLI XUSUSIY XOSILA 2.1-§. Yuqori tartibli xususiy hosila va differensiallar.
2.2-§. Bir necha o‘zgaruvchi funksiyasining ekstremumlari.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Jismoniy va ma`naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir.
Sh.M. Mirziyoyev Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasbkori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi”,- degan edi.
Matematik analiz – matematika sohalaridan biri. Matematik analiz takomilashib va rivojlanib boruvchi apparatga ega bo’lib, bu apparat asosini differensal va integral hisob tashkil qiladi. Matematik analiz matematikaning bo’limi sifatida XVIII- asr oxirida shakillanadi. Matematik analizning tadqiqot predmeti funksiyalardan yoki o’zgaruvchi miqdorlar orasidagi bog’lanishlardan iborat.
Bu kurs ishida asosiy masala to’plamlar haqida to’liq ma’lumot berishga qaratilgan. To’plamlar qanday bo’lishi , qanday turlarga bo’linishi, nuqtali va o’lchovli to’plamlarni farqi haqida gapirilgan. Avvalo to’plamning o’lchovi nima ekanligini haqida ma’lumot berib o’tilgan. Kurs ishining maqsadi: Matematik analiz kursining “Ko’p o’zgaruvchili funksiyaning xususiy hosilalari” mavzusini chuqur o’rhanish. Kurs ishining ob’ekti: Barcha oliy o’quv yurtlarining Fizika Matematika Fakultetlarini Matematika yo’nalishlarida matematik jarayon. Kurs ishining predmeti:Ko’p o’zgaruvchili funksiyaning qay darajada kengligi Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga doir ma’lumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish;
Matematik analiz “Ko’p o’zgaruvchili funksiya” mavzusini chuqur o’rganish;
Ko’p o’zgaruvchili funksiya haqida asosiy tushunchalar;