Nazorat savollari
Turli yosh bosqichlaridagi psixologik-pedagogik diagnostikaning vazifalari nimalardan iborat?
Psixologik-pedagogik diagnostika qilishda qanday metodologik tamoyillarga amal qilish lozim?
3. TPPK ga nimalar kiradi?
4. TPPK a’zolari tomonidan bolani tekshirishning qanday turlari o‘tkaziladi?
4..
Psixologik-pedagogik diagnostika psixologik-pedagogik me’yorlar asosida avvalam bor kamchiliklarning simptomatikasini (simptomologik daraja) aniqlashga karatiladi. Masalan, nutqiy buzilishlar tahlilining simptomologik darajasi bolalar nutqi rivojlanmaganligining tashqi belgilari (simptomlari)ni tavsiflash, nutqning yetarli darajada rivojlanmay qolgan komponentlari (to‘liq rivojlanmaganlik, fonetik-fonematik rivojlanmaganlik va x.k.)ni aniqlash imkonini beradiki, bu, o‘z navbatida, bolalarni tegishli guruhlari yoki muayyan turdagi maktabga yo‘llash uchun asos vazifasini o‘taydi. Shunday kilib, nutq buzilishlarining simptomologik darajasini aniqlash avvalam bor guruhlarni shakllantirish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni xal etishga yordam beradi va nutq patologiyasi harakterini aniqlash uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
Qanday psixologik tekshirish metodi yaratilmasin, u muayyan talablarga rioya qilinishini ko‘zda tutadi. Psixodiagnostik metodikalarning sifatini baholashda eng muhim mezonlar qatoriga validlik va ishonchlilik kiradi.
Validlik (inglizcha validity - xaqiqiy, yaroqli, kuchga ega bo‘lgan) - test nimani o‘lchayotganini va qanchalik yaxshi o‘lchayotganini ko‘rsatadigan tushuncha. Psixologik diagnostikada validlik metodika haqidagi ma’lumotlarning majburiy va eng muhim qismi bo‘lib, Validlik o‘z ichiga quyidagilar oladi:
test natijalarining sinovdan o‘tayotgan shaxs haqida har xil boshqa manbalardan olingan (kuzatish, ekspert baholar, ishonchliligi belgilangan boshqa metodikalar natijalari va x,.k.) ma’lumotlar bilan o‘zaro moslik darajasi haqidagi ma’lumotlar;
o‘rganilayotgan belgining rivojlanish istiqboli qanchalik asoslaiganligi haqidagi fikrlar; shaxsning o‘rganilayotgan xatti-harakatlari yoki o‘ziga xos xususiyatlarining muayyan psixologik tuzilmalar bilan bog‘liqligi.
Validlik, shuningdek, metodikaning kimlarga anik yo‘nalganligi (sinalayotganlarning yoshi, ta’lim darajasi, ijtimoiy-madaniy aloqadorligi va x.k. testdan foydalanishda olingan xulosalarning asoslanganlik darajasini ham tavsiflaydi.
Psixodiagnostik metodikalarning muhim sifatlaridan biri ularning ishonchliligidir. Psixodiagnostik tadqiqot natijalari odatda ko‘plab xisobga olinmaydigan omillar ta’siriga uchraydi. Bular sinalayotganlarning emotsional holati, charchaganligi, xonaning yoritilganligi, sinovdan o‘tayotganlarning tekshirilishga va boshqa vaziyat o‘zgarishlariga tayyorlik darajasi va x.k. bo‘lishi hamda tekshirish natijalariga bir omillar ta’sirini kuchaytirishi yana boshqalarining ta’sirini zaiflashtirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |