Reja: Kirish i-bob. Asosiy qism



Download 155,6 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2022
Hajmi155,6 Kb.
#599736
1   2   3   4
Bog'liq
Dasturlash tillarida satriy kattaliklar bilan ishlash kurs ishi

I-bob.Asosiy qism
1.Dasturlash tillari tarixi
Dasturlash tillari tarixi — dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematik belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan.
Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi.
Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi.
XX asr davomida kompilyatorlar nazariyasi boʻyicha olib borilgan izlanishlar yuqori darajadagi dasturlash tillarini yaratishga olib keldi, ular koʻrsatmalarni uzatish uchun qulayroq sintaksisdan foydalanadilar.
Mashina kodlari va assembler
Kompyuterning elektron qurilmalari ishlashning fizik tamoyillari shundan iboratki, kompyuter faqat bir va noldan iborat buyruqlarni — kuchlanishning pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina kodini idrok eta oladi. Kompyuterlar rivojlanishining dastlabki bosqichida odam kompyuterga tushunarli tilda, mashina kodlarida dasturlar tuzishi kerak edi. Har bir koʻrsatma birliklar va nollarning turli kombinatsiyasi sifatida ifodalangan opkod hamda operand manzillaridan iborat edi. Shunday qilib, protsessor uchun har qanday dastur oʻsha paytda birlar va nollar ketma-ketligi sifatida qaragan.
Keyinchalik kompyuter bilan muloqot qilish amaliyoti shuni koʻrsatdiki, bunday tilni oʻzlashtirish qiyin va noqulaydir. Uni ishlatganda 1 yoki 0 ni notoʻgʻri ketma-ketlikda yozib koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyish ehtimoli juda yuqori edi. Dasturni boshqarish juda qiyin boʻlgan. Bundan tashqari, mashina kodlarida dasturlashda kompyuterning ichki tuzilishini, har bir blokning ishlash prinsipini yaxshi bilish kerak edi va bunday tildagi eng yomon narsa shundaki, bu tildagi dasturlar — birlar va nollarning juda uzun ketma-ketligi mashinaga bogʻliq, yaʼni har bir kompyuter uchun oʻz dasturini tuzish kerak edi va mashina kodlarida dasturlash juda koʻp narsa: vaqt, ish va dasturchining eʼtiborini oshirishni talab etardi.
Tez orada mashina kodini yaratish jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab dasturlarni yozish uchun mnemonik til — Assembler tilidan foydalanila boshlandi. Assembler tili mashina kodini inson uchun qulayroq shaklda koʻrsatishga imkon berdi: buyruqlar va bu buyruqlar bajariladigan obyektlarni belgilash uchun buyruqning mohiyatini aks ettiruvchi ikkilik kodlar oʻrniga harflar yoki qisqartirilgan maxsus soʻzlar qoʻllanilgan. Masalan, assembler tilida ikkita raqamni qoʻshish boʻyicha koʻrsatma add soʻzi bilan ifodalanadi, uning mashina kodi 000010 tarzida boʻladi.
Assembler quyi darajadagi dasturlash tilidir. Quyi darajadagi dasturlash tili, bu muayyan turdagi protsessorga yoʻnaltirilgan va uning xususiyatlarini hisobga oladigan dasturlash tili demakdir. Bunday holda, „quyi“ „yomon“ degani emas, balki bu shuni anglatadiki, til operatorlari mashina kodiga yaqin va maxsus protsessor koʻrsatmalariga qaratilgan boʻladi. Assemblar tilining paydo boʻlishi dasturchilarning hayotini sezilarli darajada osonlashtirdi, chunki endi ular koʻzda miltillovchi nollar va birlar oʻrniga oddiy tilga yaqin belgilardan iborat buyruqlar bilan dastur yozishlari mumkin edi. Oʻsha vaqt uchun bu til innovatsiya edi va mashhur edi, chunki u kichik dasturlarni yozishga imkon berardi, bu esa oʻsha davr mashinalari uchun muhim mezon sanalgan.
Ammo u orqali yirik dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish murakkabligi boʻlganligi bois uchinchi avlod tillari hisoblanmish yuqori darajadagi tillarning paydo boʻlishiga olib keldi. Ammo assemblerdan foydalanish shu bilan tugamadi, u bugungi kungacha tor doiralarda mashhur boʻlib kelmoqda. Hozirgi vaqtda u dasturlarning alohida qismlarini yozishda yoki baʼzan dasturlarning oʻzini yozishda qoʻllaniladi. Misol tariqasida, drayverlar, oʻyinlar va operatsion tizimlar yuklagichi (bootloader)ni yozishda assemblerga murojaat etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, bu til hakerlar orasida ham mashhurdir, chunki bu tilda yozilgan dasturning tezligi yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dastur tezligidan ancha yuqori boʻlishidadir. Buning sababi shundaki, assemblerda yozilgan dastur hajmi juda kichik boʻladi. Antivirus ishlab chiquvchilari oʻz dasturlarining baʼzi modullarida assemblerdan ham foydalanadilar[

Download 155,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish