Reja kirish халқаро ҳисоб-китоблар шакллари ва улар бўйича ҳисоб-китобларни амалга ошириш тартиби



Download 169,12 Kb.
bet5/14
Sana06.06.2022
Hajmi169,12 Kb.
#642721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Soyibjonov

Baho valyutasi - bu tovarning bahosi ulchanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. Shartnomada ko’rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni yetkazib berish xarajatlari kiradi. Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud:

  1. Qat’iy belgilangan baholarni o’rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda urnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o’zgarmasdan koladi.

  2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo’lsa, ularning biron-bir tovar birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va h.k.) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi.

  3. Baho qat’iy belgilab qo’yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlaming bahosi keskin o’zgarsa, belgilangan baho o’zgartiriladi.

  4. Tovarlar bahosi katiy belgilab qo’yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o’zgarish bo’lgan taqdirda belgilangan baho o’zgartiriladi. Bu usul, ko’pchilik xoUarda, asbob-uskunalarni sotishda qo’llaniladi.

  5. Aralash shakl. Tovarlaming ma'lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma'lum qismi o`zgartiriladigan baholarda sotiladi.

To’lov valyutasi - bu haqiqatda import qiluvchining majburiyati to’lanadigan valyuta. Agar, to’lov valyutasi nobarqaror valyuta bo’lsa, unda shartnomada tovarlaming bahosi barqaror valyutada ulchanadi.
To’lov shartlari - bu to’lov naqd valyutalarda yoki naqdsiz shaklda, ochiq hisob-rakamlari orqali, kredit shaklida yoki veksellar orqali amalga oshirilishi mumkinligini kelishiyu olishdir.
Xisob kitob shakli - bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni olib boradilar. Bunday operatsiyalarga xalqaro operatsiyalar deyiladi.
Xalqaro operatsiyalar xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni, ssuda kapitali bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi subyektlarni, turizm, xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotish, valyutani ayriboshlash, chek, veksel, inkassatsiya, uchun bank aktseptlarini qabul qilish bilan shug’ulllanuvchi mijozlar tomonidan talab qilinadigan xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro operatsiyalardan banklarga tushadigan daromadning eng asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromad tashkil qiladi.
Xalqaro savdoni bank tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, veksel bo’yicha va aktsept kreditlarini, bank ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllariga lizing, faktoring va forfeytinglash kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro operatsiyalarning yana bir turi bu- banlarning valyuta operatsiyalari hisoblanadi. Bankning bir valyutani boshqa valyutaga almashtirish bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar valyuta operatsiyalari deyiladi. Ularni amalga oshirish zarurati borligining asosiy sababi xalqaro savdo , xalqaro kredit va xizmatlar bo’yicha hisolashishlarda yagona to’lov vositasiga ega bo’lishi zarurligi hisoblanadi.
Xalqaro hisob-kitoblarnin vujudga kelishi va takomillashib borishi birinchi navbatda, tovar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining rivojlanib milliy doiradan chetga chiqiqishi hamda baynalminallashuvi bilan bog’liq. Xalqaro hisob-kitobda tovarlarni ishlab chiqarish va sotish davrining bir – biriga mos kelmasligi natijasida qiymatlarning alohida harakati yuzaga keladi. . Xalqaro hisob-kitoblar tovar va xizmatlar bo`yicha tashqi savdoni, mamlakatlararo kredit va kapitallar xarakatini, chet elda obektlarni qurish, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy yordam berish va boshqa turdagi notijorat operatsiyalarni o`z ichiga oladi
Xalqaro hisob-kitob – bu turli mamlakatlardagi yuridik va jismoniy shaxslarning o`zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqa qilishligi natijasida yuzaga keladigan pulli talab va majburiyatlar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirish mexanizmidir. Xalqaro hisob-kitob, bir tomondan, mamlakatlararo qabul qilingan qonuniy hujjat va ananalarga rioya qilsa, ikkinchi tomondan, tijorat banklarining xar kunlikamaliy faoliyatida muhim o`rin tutadi. Xalqaro hisob-kitoblarda asosiy ro`lni jahonda yetakchi bo`lgan yirik banklar o`ynaydi. Ularning Xalqaro hisob-kitobga tasir ko`rsatish darajasi ushbu banklar joylashgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalar masshtabi, moliyaviy holati, biznes olamida erishgan obro`si kabi muhim iqtisodiy ko`rsatkichlarga bog`liq. Banklar o`zaro hisob-kitob operatsiyasini bajarish uchun “nostro”(ushbu bankning xorijiy bankdagi) yoki “Vostro” (xorijiy bankning ushbu bankdagi) Hisobvarag`ini ochish orqali chet ellik banklar bilan o`rnatilgan vakillik munosabatidan va chet eldagi bo`linmalardan foydalanadilar. Vakillik kelishuvidahisob kitob yuritish tartibi, komissiya miqdori, sarflangan mablag`larni to`ldirish usuli kabi muhim masalalar hal qilinadi. Xalqaro hisob-kitoblarni o`z vaqtida samarali amalga oshirish uchun banklar turli valyutalarda bajarish kerak bo`lgan to`lovlarning tarkibi va muddatiga mos ravishda valyuta pozitsiyalarini tashkil qiladilar., o`z valyuta zaxiralari bo`yicha diversifikatsiya jarayonini olib boradilar. Mumkin qadar yuqori daromad olishga intilish banklar “nostro” hisobvarag`ida minimal mablag` qoldig`ini joylashtirib, jahonning ssuda kapitallar bozoriga, shu jumladan evrobozorga, valyuta aktivlarini joylashtirishni yaxshi ko`radi.
Xalqaro hisob-kitob borasidagi banklarning faoliyatini, bir tomondan, halqaro qonun qoida va ananalar ko`rinishidagi hujjatlar yoki alohida mamlakatlarning o`zaro kelishuvi asosida tartibga solinadi.
Xozirgi davrda mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarda qo‘llaniladigan hisob-kitoblarning quyidagi shakllari mavjud
1. Bank o`tkazmasi
2. Ochiq hisoblar bo`yicha hisob-kitoblar
3. Inkasso
4. Hujjatlashtirilgan akkreditiv
5. Chek va veksellar
Xalqaro hisob-kitoblarning quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. Importyor va eksportyorlar hamda ularning banklari tashqi savdo shartnomai shartlaridan tashqarida bo’lgan rasmiylashtirish, jo’natish, tovardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar va to’lov hujjatlarini qayta ishlash, to’lovlarni amalga oshirish bilan bog’liq ma'lum bir munosabatlarga kiradilar. Ularning o’rtasidagi majburiyatlar hajmi va javobgarlik taqsimoti hisob-kitobning aniq bir shakliga bog’liqdir.
2. Xalqaro hisob-kitoblar me'joriy milliy huquqiy dalolatnomalar hamda Xalqaro bank qoidalari va udumlari bilan muvofiqlashtiriladi. AQShdagi birxillashtirilgan savdo Kodeksi hisob-kitoblarga, shu jumladan xalqaro hisob-kitoblarga aloqador me'yorlarni o’z,ichiga_olgan.
3. Xalqaro hisob-kitoblar soddalashtirish ob’yektidir, bu xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi hamda bank operatsiyalarining universallashuvi bilan asoslangandir. 1930 va 1931 yillarda Jenevada bo’lib o’tgan konferensiyalarda veksel va chek muomalalari borasidagi qonunchilikni soddalashtirishga hamda ulardan xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish murakkabliklarini bartaraf etishga qaratilgan Xalqaro "Veksel" va "Chek" konvensiyalari qabul qilingan. Veksel bo’yicha birxillashtirilgan qonun ko’pchilik mamlakatlarda ushbu boradagi milliy qonunchilikning zamini bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro savdo huquqi bo’yicha BMT ning Komissiyasi veksel qonunchiligining yanada soddalashtirilishini amalga oshiradi. XX asrning boshida Parijda tashkil etilgan Xalqaro savdo palatasi dokumentar akkreditivlar va inkasso uchun Soddalashtirilgan qoidalar hamda udumlarni ishlab chiqadi va chop etadi. Masalan, inkasso bo’yicha dastlabki qoidalar 1936 yilda ishlab chiqilgan hamda 1967, 1978, 1995 yillarda qayta ishlangan edi (1996 yilning yanvar oyidan boshlab kuchga kirgan). Dunyo banklarining ko’pchiligi akkreditiv va inkasso bo’yicha mazkur Soddalashtirilgan qoidalarga qo’shilishi to’g’risida e'lon qildilar.
4. Xalqaro hisob-kitoblar odatda dokumentar xarakterga ega, ya'ni moliyaviy va tijorat hujjatlari mavjud bo’lgandagina ijro etiladi. Moliyaviy hujjatlarga oddiy va o’tkaziladigan veksellar, cheklar, to’lov tilhatlari kiradi. Tijorat hujjatlari tarkibiga esa: a)schyot-fakturalar; b)mahsulot jo’natilganligi yoki uni yuklashga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (konosamentlar, temir yo’l, avtomobil' va aviatsiya yuk hatlari, pochta kvitantsiyalari, aralash yuk tashishlarga bo’lgan kombinatsiyalashgan transport hujjatlari); v)dengiz (daryo, okean) orqali yuk tashishlarni sug’urtalovchi sug’urta kompaniyalari yoki ular agentlarining sug’urta hujjatlari, chunki eksportga mo’ljallangan yuklar odatda sug’urta qilinadi; g)boshqa hujjatlar - tovarlar kelib chiqishi, og’irligi, sifati yoki tovarlar tekshirilganligi hamda ular chegarani bosib o’tganligi to’g’risida guvohlik beruvchi sertifikatlar, firibgarlik va boshqa shu kabi qonunbuzarliklarni oldini olish maqsadida importyor mamlakat bojxona xizmatlarini yukning maqsadi haqida habardor etish uchun bojxona hamda konsullik schyot-fakturalari kiradi. Bank yuqorida zikr etilgan hujjatlarning mazmuni va taxlamining butligini tekshiradi. Shu bilan birgalikda bir qator tashkilotlar (Xalqaro savdo palatasi, Parij, SVIFT va boshqalar) tomonidan elektron shartnomalari, elektron moliyaviy instrumentlar va hisob-kitoblar (shu jumladan akkreditivlar), elektron transport hujjatlari tushunchalarini o’z ichiga olgan elektron "qog’ozsiz" savdo texnologiyasi-konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
5. Xalqaro to’lovlar turli valyutalarda amalga oshiriladi. Shu sababli ular valyuta operatsiyalari, valyutalar oldi-sotdisi bilan yaqindan bog’liqdir. Ularni amalga oshirilish samaradorligiga valyuta kurslarining dinamikasi ta'sir etadi.
6. Xalqaro savdo palatasi tomonidan chop etilgan kafolatlar - (demand guarantees)ning Soddalashtirilgan qoidalari qo’llaniladi. Mazkur hujjatning matni tuzilayotgan kafolat matniga kiritilishi zarur bo’lgan asosiy qoidalarni o’z ichiga olgan, ular quyidagilar:
- agarda kafolat beruvchiga mukofot to’lanmagan bo’lsa kafolatni talab qilib olib bo’lmaydi;
- e'tirozni taqdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar (odatda benefitsiar banki tomonidan tekshiriladi);
-kafolat muddati tugashini ko’rsatuvchi sana va benefitsiar tomonidan hujjatlarni kafolat beruvchi bankka taqdim etish sanasini qayd etilishi;

Download 169,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish