3.1-rasm. Talab va narx o’rtasidagi bog’liqlik grafigi.
2. Daromadlar miqdori. Daromad xarid qobilyatini belgilaydi. Daromadning talabga ta’siri jihatidan tovarlar ikki guruhga ajraladi: birinchisi, kundalik tovarlar bo’lib, bularga talab daromad kamaygan sharoitda ham ortib boradi, chunki boshqa qimmatroq tovarlar xaridi kamayganidan ularga talab oshadi. Masalan, oila daromadi yuqori paytda kir yuvish parashogini olar edi, uning daromadi 25 % ga qisqarib ketdi, endi u 2000 so’mlik parashok o’rniga 800 so’mlik kir sovunidan foydalanadi endi, iste’molchilar daromadini oshishining talabga ta’sirini o’rganish uchun, quyidagi 3.2-rasmni qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |