O’rinbosar tovarlar narxi. O’rinbosar tovarlar substitut tovarlar ham deyiladi.Agar bir tovar narxining o’sishi boshqa tovarga talabni oshirsa, bunday tovarlar bir-birini to’ldiruvchi tovarlar deyiladi.
4.Xaridorlarning didi. Har xil istemolchi yoki oila har xil tovarlarni afzal ko’radi, bu esa ularning shakllangan didiga bog’liq bo’ladi.
5.Xaridorlar soni. Xaridorlarning oz yoki ko’p bo’lishi va ularning xarid qobilyati talabga ta’sir etmay qolmaydi. Xaridorlar qanchalik ko’p bo’lsa, talab shuncha ortadi.
6.Xaridorlarning o’zgarishlarni kutishi. Muayyan paytda narx yoki daromadning o’zgarishi kutilsa, bu talabga albatta ta’sir ko’rsatadi.
SHunday qilib, talabga xilma xil omillar ta’sir qiladi, lekin ular orasida narx va daromad asosiydir.
Taklif va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif – muayyan vaqtda bozorga chiqarilgan va keltirilishi mumkin bo’lgan hamda ma’lum bir narx qo’yib sotiladigan jami tovarlardir.
Taklif barcha ishlab chiqarilgan mahsulot emas, balki uning sotishga mo’ljallangan qismidir. Masalan, dehqon xo’jaligida 100 tonna don yetishtirilgan bo’lsa, shundan 10 tonnasi xo’jalikda yem uchun qoldirildi, 2 tonnasi ishchilarga hadya etildi, bozorga 88 tonna tushdi , manashu don taklifni tashkil etadi.Taklif talabga qarab o’zgarib turadi.Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi.
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko’rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog’liqdir. Tovarga bo’lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog’liqdir. Taklif miqdori narxdan tashqari boshqa omillarga ham bog’liqdir: Taklif o’zgaruvchanligiga narxdan tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
1. Resurslar narxi. Resurslar narxi xarajatni o’zgartirib foydani ko’payishiga ta’sir ko’rsatadi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Mukammal va yangi texnologiya resurslar qimmatlashgan sharoitda ham resurslarni tejashni ta’minlab, xarajatlarni kamaytiradi
3. Boshqa tovarlar narxi. Tovarlar xilma-xil bo’lganidan ular bir-birining o’rnini bosadi. SHu sababli bir tovar narxining o’sishi boshqa o’rinbosar tovar taklifini o’zgartiradi.
4. Narxning o’zgarish ehtimoli. Narxning oshishi kutilsa, tovar taklifi qisqaradi, narx oshguniga qadar tovar bozorga chiqarilmay turadi.narx pasayish xafi bo’lsa, narx oshguniga qadar tovar bozorga chiqarilmaydi.
5. Tovar ishlab chiqaruvchilar soni. Ishlab chiqaruvchilar qancha ko’p bo’lsa, ular shunchalik ko’p tovarlarni taklif etadilar. CHunki ular ishlab chiqarishni kengaytirib ko’proq daromad olishga intiladilar. Ishlab chiqaruvchilar sonining oshishi, umumiy taklif chizig’ini o’ngga siljitadi.
6. Moliya vositalari. Soliqlar xarajatga kiradi.SHu boisdan soliq stavkalari ortsa, taklifga ta’sir ko’rsatadi.
Taklif elastikligi hamma tovarlarga xos emas, shunday noyob tovarlar ham borki, ya’ni qaytadan yaratib bo’lmaydigan tvarlarni narxi qanchalik oshmasin, baribir taklifi ko’paymaydi.Noyoblik xususiyatiga ega bo’lgan yer, yer osti boyliklari, adabiyot va san’at asarlarining narxi qanchalik oshmasin ularni taklifi ko’paymaydi, chunki ular betakrordir.
SHu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |